Dars turi : noan`anaviy



Yüklə 19,42 Mb.
səhifə2/4
tarix03.02.2022
ölçüsü19,42 Mb.
#83407
1   2   3   4
Kapelyarlik hodialari

Dars turi : noan`anaviy
Metodi : savol-javob,aqliy hujum, diagrammasi,klaster
Jihozi: AKT,rasm,tarqatmalar
I-bosqich :tashkiliy qism salomlashish,yo`qlama qilish

II-bosqich : o`tgan mavzuni so`rash savol-javob



Yangi mavzu bayoni

Suyuqlik ichidagi har bir molekula o'zini o'rab olgan boshqa molekulalar bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi. Suyuqlik molckulalari bir-biriga shunchalik yaqin joylashganki, ular orasidagi masofa ortib borishi bilan ta'sir kuchlari kamayib boradi va ma'lum masofadan keyin nolga teng bo'lib qoladi. Suyuqlik ichida biror molekulani tanlab, uning atrofida markazi shu molckulada yotgan shunday R radiusli sfera o'tkazaylik. Biz tanlagan molekula shu sfcra ichida yotgan hamma molekulalar bilan ta'sirlashadi. Agar molekulaning ana shu sferadan tashqarida yotgan molekulalar bilan la'sirini hisobga olmasa ham bo'lsa, bu sfcrani molekular ta'sir sferasi, R ni esa molekular ta'sir radiusi deb ataladi. Molekulyar ta'sir radiusi taxminan 10-9 m ga yaqin bo'ladi.

Suyuqlikning ichki qismida turgan M1, va M2, suyuqlik sirtida turgan M3 molekulalar atrofida molekular ta'sir sferasini chizaylik

soni suyuqlikdagi molekulalar sonidan kam bo'ladi. Ravshanki, M2 va My molekulalarga ta'sir qilayotgan kuchlarning teng ta'sir etuvchisi suyuqlik ichiga tomon yo'nalgan boiadi. Shunday qilib, qalinligi R bo'lgan sirtga yaqin qatlamdagi har bir molekulaga suyuqlikning ichiga qarab yo'nalgan kuch ta'sir qiladi. Suyuq­likning sirtqi qatlami bulun suyuqlikka bosim beradi. Bu bosim qatlamning yuz birligida yotgan barcha molekulalarga ta'sir qiluvchi kuchlarning yig'indisiga teng. Bu bosim ichki yoki molekular bosim deb ataladi. Molekula suyuqlikning ichkarisidan sirt qatlamiga o'tganida sirt qatlamida ta'sir qiladigan kuchlarga qarshi ish bajarishi kcrak. Bu ishni molekula o'zining kinetik energiyasi hisobiga bajaradi va bu ish molekulaning potensial energiyasini oshirishga sarf boiadi. Molekula sirt qatlamidan suyuqlikning ichkarisiga o'tganda uning sirt qatlamida cga bo'lgan potensial energiyasi molekulaning kinetik cnergiyasiga aylanadi. Shunday qilib, suyuqlikning sirt qatlami qo'shimcha potensial encrgiyaga ega bo’ladi, deyish mumkin.

Har qanday moddani o'z holiga (erkin) qo'yib berilsa, u eng kichik potensial cnergiyaga mos kcladigan vaziyatni egallaydi. Bu uning muvozanat vaziyati boiadi. Binobarin, o'z holiga qo'yib berilgan suyuqlik muvozanat holatini egallash uchun sirt qatlamini qisqartirishga harakat qiladi. Shuning uchun suyuqlik sirtini qisqarishga intiluvchi larang tortilgan elastik pardaga o'xshatish mumkin. Suyuqlik sirtining bunday tarang holatini sirt tarangligi deb ataladi. Suyuqlikning sirt qatlamida fikran L uzunlikdagi doiraviy konturni ajrataylik (2II-Z» rasm). Kontur bilan chegaralangan suyuqlik sirtining qisqarishga intilishi shunga olib keladiki, shu konturni hosil qiluvchi suyuqlik molekulalarini kontur ichidagi molekulalar tortadi. (Nyutonning uchinchi qonuniga ko'ra konturning tashqarisida yotgan molekulalar ham konturni hosil qiluvehi molekulalarni kattaligi xuddi shunday, lekin qarama-qarshi yo'nalgan kuehlar bilan tortadi.) Tortish kuchlari suyuqlik sirtiga urinma va konturga tik bo'Iadi. Suyuqlik sirtini chcgaralovchi konturga ta'sir qiluvchi tortishish kuch-larining yig'indisi F sirt taranglik kuchi deyiladi. Bu kuch kontur bo'ylab joylashgan molckulalarning soniga, molekulalar soni esa o'z navbatida konturning L uzunligiga proporsional bo'Iadi:

Sirt taranglik koeffitsiyenti suyuqlikning tabiatiga va tempe-raturaga bog'liq bo'Iadi. Temperatura ortishi bilan suyuqlikning molekulalari orasidagi o'rtacha masofa ortgani uchun sirt taranglik kocfRtsiycnti kamayadi. Sirt taranglik koeffitsiyentiga boshqacha ta'rif bcrish ham mumkin. Buning uchun quyidagi tajribani ko'z o'ngimizga keltiraylik (212-rasm). П- simon bukilgan simga siljishi mumkin bo'lgan / uzunlikdagi ab simni kiydiraylik. Shu hosil bo'lgan ramkani so-vunli suvga tushirsak, ramka bilan chega­ralangan sirt sovunli suv pardasi bilan qoplanadi. Pardani kattalashtirish uchun ab simga sirt taranglik kuchiga qarshi F kuch bilan ta'sir qilisli kerak. Ramkaning ab tomoni h masofaga siljigan bo'lsin. Pardani kattalashtirish uchun bajarilgan ish quyidagiga tcng bo'ladi:




Shunday qilib, suyuqlik ho'llovchimi yoki ho'llamaydiganmi, bundan qat'i nazar, suyuqlik sirti egri (qavariq yoki botiq) bo'lar ekan. Idish tor bo'lganda suyuqlik sirti chekkalarining egrilanishi suyuqiikning butun sirtini egallaydi va uni butunlay egrilangan holatga keltiradi. Radiusi juda kichik bo'lgan shisha nay-kapillarni suyuqlik ichiga tushiraylik. Suyuqlik ho'llovchi bo'lsa, kapillarda uning sirti ko'tariladi (214- a rasm) va aksincha, ho'llamaydigan bo'lsa, kapillarda suyuqlik sirti idishdagi suyuqlik sirtidan pastda bo'ladi (214-6 rasm). Bunday egrilangan sirt tnenisk deyiladi. Kapillarda suyuqlik sathi balandligining o'zgarishi kapillarlik deb ataladi. Agar suyuqlik sirti yassi bo'Imasa, u qisqarib, yassi sirtga intiladi va, ravshanki, ichki bosimdan tashqari P qo'shimcha bosim hosil bo'ladi. Sirt qavariq bo'lganda qo'shimcha bosim P ichki bosim yo'nalishida (215- a rasm), sirtbotiq bo'lganda ichki bosimga qarama-qarshi yo'nalishda la'sir etadi (215- b rasm).



Qo'shimcha bosimning kattaligi a sirt taranglik kocffitsiyentiga va sirtning R egrilik radiusiga bog'liq bo'ladi. Suyuqlikning sirti sferik bo'lgan holda qo'shimcha bosimning kattaligi quyidagiga tengligini ko'rsatish mumkin


Bu ifodani 1805- yilda fransuz fizigi va matematigi Laplas nazariy ravishda chiqargan va u Laplas formulasi deb ataladi. Demak, kapillar radiusi qancha kichik bo'lsa, qo'shimcha bosim shuncha katta bo'ladi, binobarin, suyuqlik sathi idishdagi suyuqlik sathiga nisbatan shuncha yuqori ko'tariladi (ho'llovchi suyuqlik uchun) yoki shuncha past tushadi (ho'llamaydigan suyuqlik uchun).


S hunday qilib, kapillarda suyuqlikning ko'tari/ish (yoki pasayish) balandligi sirt taranglik koeffitsiyentiga to'g'ri, kapillar radiusiga leskari proporsional bo'lar екаn.





Shunday qilib, sirt taranglik koeffitsiyenti miqdor jihatidan suyuqlik sirtini bir birlikka о 'zgartirish uchun zarur bo’lgan ishga teng ekan.

Parda sirtini kattalashtirishda AA bajarilgan ish hisobiga suyuqlik sirtining potensial cnergiyasi ortadi. Shuni qayd qilish kerakki, parda cho'zilganida sirlga chiqayotgan molekulalarning potensial energiyasi ortadi, ularning issiqlik harakati kinetik energiyasi esa shunga mos ravishda kamayadi. Natijada parda cho'zilganda biroz soviydi. Parda qisqarganda esa aksincha isiydi. Suyuqlik sirtining qisqarishida sirt potensial energiyasining kamayishi hisobiga ish bajariladi. Shunday qilib, parda sirtining o'zgarishi parda tem-peraturasining o'zgarishiga olib keladi. Bu esa, o'z navbatida, sirt taranglik koeffitsiyentining o'zgarishiga sabab bo'Iadi. a ni o'z-garmas saqlash uchun parda sirtini izotermik cho'zish yoki qisqartirish kerak bo'Iadi. Buning uchun pardani shunday sekinlik bilan cho'zish yoki qisqartirish kerakki, uning temperaturasining o'zgarishi atrof-muhit bilan bo'ladigan issiqlik almashinishi natijasida kompensatsiyalanadi.

Ayrim suyuqliklar qattiq jismni ho'llasa, boshqalari ho'lla-maydi. Buning sababini tushunish uchun 213-rasmga e'tibor beraylik. Idishga quyilgan suyuqlik molekulalari o'zaro ta'sir-lashislidan tashqari, suyuqlik sirtidagi bug' molekulalari bilan hamda idish (qattiq jism) molekulalari bilan ta'sirlashadi.

Suyuqlik bilan uning sirtidagi bug' molekulalarining o'zaro ta'sirini e'tiborga olmasak ham bo'ladi. Biroq suyuqlik bilan u solingan qattiq jism molekulalari orasidagi tutinish kuchlari hisobga olinarli darajada katta bo'ladi.

Agar qattiq jism molekulalari bilan suyuqlik molekulalarining tutinish kuchlari suyuqlik molekulalarining o'zaro tutinish kuchlaridan katta bo'lsa, suyuqlik qattiq jism bilan tegishish chegarasini orttirishga harakat qiladi. Bunday suyuqliklar qattiq jismni ho'llovchi suyuqliklar deyiladi. Qattiq jism sirti bilan suyuqlik sirtiga o'tkazilgan urinma orasidagi 0 burchak chegaraviy (chekka) burchak deyiladi. Ho'llovchi suyuqliklarda bu burchak П/2 dan kichik bo'ladi (213- a rasm). Idish devorlari yaqinida suyuqlik sirti egrilanadi

Agar suyuqlik molekulalarining o'zaro tortishish kuchlari qattiq jism molekulalari bilan suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish kuchlaridan katta bo'lsa, u holda suyuqlik o'zining qattiq jism bilan tegishish chegarasini kamaytirishga harakat qiladi va iloji boricha qattiq jismdan chctlashadi. Bunday suyuqliklar qattiq jism­ni ho'llamaydigan suyuqliklar deyiladi. Ho'llamaydigan suyuqliklarda chegaraviy burchak 0 > П/2 bo'ladi (213-6 rasm).



Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Suyuqlik xossalarani tushuntiring.

2.Sirt taranglik koeffisenti nimalarga bog’liq.

3. Tomchilar qo’shilishida nima sodir bo’ladi.

4. Parda kengayishida bajarilgan ish.




Yüklə 19,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə