Darsga qo’yiladigan talablar. Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bo’lgan talablarda o’zining aniq ifodasini topadi


o’zaro suhbatlarda o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma`lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar



Yüklə 83 Kb.
səhifə4/9
tarix24.12.2022
ölçüsü83 Kb.
#97801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Darsga qo’yiladigan talablar. Dars rivojlanishining asosiy tende

o’zaro suhbatlarda o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma`lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar;

bolalar birgalikda, yig`ilganlarida bir-birilari bilan do’stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga o’quv materiallarini o’zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag`rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o’rganadilar2.

Burhoniddin Zarnuji (XII asr) «Bilim olish yo’lida o’quvchiga maslahatlar» nomli o’zining ilmiy asarida dars olib borish bo’yicha tavsiyalar beradi. Uning ko’p yillik dars o’tish tajribalari asosida mazkur ilmiy asar yaratilgan va XX asrgacha o’ziga xos pedagogika darsligi sifatida Markaziy Osiyo madrasalarida foydalanilib kelingan. Asarda maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi kerakligi yoziladi. O’qituvchi maktabda darsga tushinish va o’zlashtirish mumkin bo’lgan o’quv materiallarini tanlab olishi, darsda o’rganiladigan materiallarni tushuntirib berishi kerak. O’quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ikki marotaba takrorlanganda o’zlashtirilsin. Shuning uchun u katta matnlarni qismlarga bo’lish va boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi3.

_________________
XV asrda jamoali o’qitishni tashkil etish g`oyasini Muhammad Tarag`ay Ulug`bek davom ettiradi. Mutafakkir o’zining madrasalarida individual mashg`ulotlar tizimini bekor qiladi va «jamoa» sinf-dars tizimiga yaqin bo’lgan shaklini joriy qiladi. Umumiy ma`ruzani 50—70 nafar kishidan iborat katta guruhga odatda, o’z sohasida mashhur bo’lgan olim mudarris (o’qituvchi-professor) o’qiydi, amaliy mashg'ulotlarni esa 10—15 kishidan iborat kichik guruhda kichik mudarris (o’qituvchi) olib boradi. O'qitishning muhim metodlari munozara va tortishuvlar hisoblangan . Samarqand madrasasida ma`ruzalarni allomaning o’zi va Qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, Ali Qushchi, Avaz Kirmani kabi va boshqa mashhur olimlar o’qiganlar. Muhammad Tarag`ay Ulug`bek va uning izdoshlari tomonidan matematika, metafizika, astronomiya, geografiya, tarix fanlaridan yangi darsliklar yaratildi, bu darsliklar oddiy va tushunarli shaklda yozilgan. Lekin «jamoa» usulida ham o’zining salbiy tomonlari bo’lgan. Jamoa usulida XX asr maktabida mashhur bo’lgan guruhli- laboratoriya metodida bo'lgani kabi o'zlashtirishini individual xususiyati hisobga olinmagan. Yaxshi o’zlashtirmagan ba`zi shogirdlar ham ilg`orlar qatorida bir qo’llanmani o’rganishdan boshqasini o'rganishga o’z- o'zidan o’tavergan, kerakli bilimni egallay olmagan holda madrasani bitirib chiqadilar.
Individual-guruhlishakliningmazmunimashg`ulotlarnio’qituvchibiro’quvchibilanemas, balkitayyorlikdarajasiturlichabo’lganturliyoshdagibolalarguruhibilanolibborishidaniboratedi. O’qituvchi navbat bilan har bir o’quvchidan o’tilgan materialm so’raydi, yangi savollarni tushuntiradi, mustaqil ishlash uchun individual topshiriqlar

beradi, qolgan bolalar o’z ishlari bilan shug`ullanadilar. O’qishni bunday tashkil etishda, bolalar mashg`ulotlarga yilning turli davrlarida hamda kunning turli vaqtlarida kelishlari mumkin bo’lgan.


Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə