Darsga qo’yiladigan talablar. Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bo’lgan talablarda o’zining aniq ifodasini topadi


K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog`langan quyidagi uchta qismini ajratib ko’rsatadi



Yüklə 83 Kb.
səhifə6/9
tarix24.12.2022
ölçüsü83 Kb.
#97801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Darsga qo’yiladigan talablar. Dars rivojlanishining asosiy tende

K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog`langan quyidagi uchta qismini ajratib ko’rsatadi:

ilgari o’rganilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni anglashni amalga oshirish va o’quvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadliko’rsatmani yaratishga qaratiladi. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga go’yoki «eshik» hisoblanadi.

asosiy masalani hal etishga yo’naltiriladi va darsning muhim, markaziy qismi hisoblanadi.

amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratiladi.

____________________
XVI—XVII asrlarda G`arbiy Rusiyada birodarlik va diniy-ma`rifatparvarlik deb ataluvchi tashkilotlar paydo bo’ladi.
Darsni tashkil etish ilmiy asoslarini ishlab chiqishga A.Disterveg ham katta hissa qo’shdi. U o’qituvchi va o’quvchining faoliyatiga taalluqli o’qitish tamoyillari va qoidalari tizimini ishlab chiqdi, o’quvchilarning yoshi imkoniyatlarini hisobga olishning zarurligini asoslab berdi.

Ta’limning sinf-dars tizimi alohida o’quv fanlarini o’qitish metodikasi va didaktikasiga oid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini ko’rsatib berdi.

Afzalliklari: yaxlit o’quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta`minlovchi aniq tashkiliy tizim: jaravonlarning oddiy boshqarilishi: muammoning jamoa bo’lib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlashjarayonida bolalar o’rtasida o’zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati; o’qituvchining o’quvchilar va ularning tarbivasiga doimiy emotsional ta`sir ko’rsatishi; ta’limning emotsionalligi (zero, o’qituvchi bir vaqtning o’zida o’quvchilarning katta guruhi bilan ish olib boradi), o’quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi, bilimsizlikdan bilimlarni o’zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi.

Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni o’rtacha darajada o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun mo’ljallanganligi, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o’zlashtiruvchi o’quvchilar qobilivatlarining rivojlanish surpatining ortga surilishi; o’qituvchi uchun o’qitish mazmuni va o’qitish sur’atlari hamda metodlari bo’yicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchilikning yuzaga kelishi; katta va kichik yoshli o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan o’quvchilarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o’qitish shakli yuzaga keldi (AQSHda Batov, Yevro’ada Maingeyms tizimi).

Yevropa va AQSHda, XX asr boshida o’quvchilarning individual, faol, mustaqil o’quv ishlarini ta`minlashga qaratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905-yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o’qituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. Uni ba`zan laboratoriva yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.

Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: o’quv faoliyatining muvaffaqiyati maktabda ishlash sur’atining har bir o’quvchining imkoniyatlari, ularning qobiliyatlariga moslashtirilishiga bog`liq; ta’lim faoliyati ustun turadigan o’qishni an’anaviv tashkil etish o’quvchining mustaqil o’quv faoliyatining markaziy hisoblanishi o’qituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan tashkil etishdan iboratligi sinf laboratoriyalarining ustaxonalar bilan almashtirilishi, darslarning bekor qilinishi o’qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, o’quvchining laboratoriva yoki ustaxonalarda o’qituvchidan olingan topshiriq asosida mustaqil shug`ullanishlari va zarur bo’lgan paytda o’qituvchidan yordam so’rashlari.


Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə