Darsning mavzusi: IV-V asrlarda Xioniylar va Kidariylar. Darsning maqsadi



Yüklə 13,67 Kb.
tarix16.02.2023
ölçüsü13,67 Kb.
#100916
Xioniylar va Kidariylar


Sinf: 7 - “B”________________

Darsning mavzusi: IV-V asrlarda Xioniylar va Kidariylar.
Darsning maqsadi:
Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga ilk o’rta asrlarda aholining ijtimoiy tuzumi va davlatlarning vujudga kelishi shart sharoitlari, ularning turmush tarzi haqida umumiy tushunchalar berish.
Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni millatlararo totuvlik, tinchlik ruhida tarbiyalash, jahonda bo’layotgan o’zgarishlarga to’g’ri munosabat bildirishni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish.
Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar
Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma, doska, bor, siyosiy xarita
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu: IV-V asrlarda Xioniylar va Kidariylar davlati.

Xorazm davlatini tashkil topishi. Zaiflashib borayotgan Qang‘ davlatidan birinchi bo‘lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni mahalliy afrig‘iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qila boshlaydi. III asr o‘rtalarida Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan qadimgi Tuproqqal’a shahar xarobasining o‘rnida bo‘lgan.
III asr o‘rtalarida Xorazm davlatini Afrig'iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qiladi.
III asr o‘rtalarida O’rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko‘chmanchi Xion nomli qabilalarning hujumi boshlanadi.
Xioniylar davlati. Xioniylar 353-yilda o‘z hukmdori Grumbat boshchiligida Sug‘dga bostirib kiradilar. So‘ngra ular Eronda tashkil topgan va tobora kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to‘qnashadilar.Dastlabki janglardayoq sosoniylar shohi Shopur 11(309-319) xionlylardan yengiladi. So‘ngra o‘zaro sulhga kelishilib, hatto ular o‘rtasida ittifoqlik nikoh orqali yuzaga keladi. O’rtadagi ittifoq goh buzilib, goh tiklanib turadi.
Nihoyat, IV asrning 70-yillarida O'rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o‘matildi. Sirdaryo bo'yiaridan to Amudaryo havzasigacha cho‘zilgan keng maydonda xioniylarning kuchli davlati qaror topadi. Bu davlat 120 yildan oshiqroq hukmdorlik qiladi.
Kidariylar davlati. V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko‘chmanchi chorvador aholi — toxarlar kirib keladi. Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo'lib, Kidar ismli hukmdor ularga yo'iboshchi edi. Shuning uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Tez orada kidariylar Amudaryo havzasi hamda g‘arbiy va janubiy Sug‘d yerlarini ishg‘ol etib, Xioniylar davlatining janubiy qismida o‘z hukmronligini o‘matganlar. Balx shahri esa bu yangi davlatning poytaxtiga aylantirilgan.

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Yüklə 13,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə