Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi



Yüklə 300,44 Kb.
səhifə2/104
tarix12.01.2022
ölçüsü300,44 Kb.
#82822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
5 sinf tarix fanidan konspekt

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Kirish.“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”

Vatan arabcha so’z bo’lib, ona yurt degan ma’noni anglatadi. Vatan – bu, siz tug’ilgan makon. Kindik qonimiz to’kilgan tuproq. Vatan bu oltin beshikdir. Vatan – yurakdagi javohir.

Vatan – Siz ta’lim olayotgan maktabingizdir. O’ynab-kulib yashayotgan shahringiz. Jonajon qishlog’ingizdir. Agar onangiz sizni dunyoga keltirgan bo’lsa, ona – Vataningiz sizni kamol toptiradi.

Tarix – arabcha so’z bo’lib, “o’tmish”, “o’tgan voqealar haqida hikoya” degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, yunon tilida “tadqiqot”, “voqealar bayoni” ma’nolarini bildiradi.

Tarix – odamlar yer yuzida qachondan beri yashayotganligi, eng qadimgi zamonlardan to hozirgacha bosib o’tgan hayot yo’li, bugungi hayotni qanday qurganligi haqida ma’lumot beradi.

Tarixni o’rganish orqali ajdodlarimizning uzoq va yaqin o’tmishda nima bilan mashg’ulot bo’lganliklarini, qanday hayot kechirganliklarini hamda qanday tarixiy voqealar yuz berganligini bilib olamiz.

Sajdagoh – tiz cho’kib va bosh egib tuprog’I ko’zga surtiladigan muqaddas, aziz joy.


Yüklə 300,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə