Darsning mavzusi: Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari



Yüklə 218,5 Kb.
səhifə2/2
tarix13.01.2022
ölçüsü218,5 Kb.
#82857
1   2
Olmoshlar-Dars-ishlanmasi

Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu bayoni o’quvchilarga "Aqliy hujum" usuli orqali quyidagi savollarni berish bilan boshlanadi:

1. To'g'ri yozish qoidalari tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?

2. Qanday so’zlar qo’shib yoziladi?

3. Qanday qo’shma so’zlar ajratib yoziladi?

4. Ajratib yozilsa, nega qo’shma so’z deyiladi?

5. Qanday so’zlar juft so’zlar deyiladi?

6. Qanday so’zlar takroriy so’zlar deyiladi?

7. Qanday so’zlarga sodda so’zlar deyiladi?

O’quvchilar savollarga ilgari o’zlashtirgan bilimlari asosida javob berishadi.

O’quvchilarning javoblari o’qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.



So’ng o’quvchilarga darslikda berilgan 81-mashqdan olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlarini mustaqil ravishda aniqlash vazifasi topshiriladi.

Mashq bajarib bo’lingach, sinfning umumiy o’zlashtirilishi hisobga olinib, olmoshlartuzilishiga ko’ra sodda, qo’shma, juft va takroriy bo’lishi misollar asosida tushuntiriladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida quyidagi "Kim topqir?" usulidan foydalanish mumkin. Bunda olmoshning ma'no va tuzilishiga ko’ra turlari ishtirok etgan gaplar yozilgan tarqatma materiallar o’quvchilarga beriladi.

Ular doskada tayyorlangan jadvalda olmoshlarning ma'no turi va tuzilishiga ko’ra turi kesishgan joyga quyidagi "•" belgisini qo’yishlari kerak bo’ladi.

Gaplar quyidagicha bolishi mumkin:



1. Dunyoda hamma narsa: aql, idrok, go’zallikning chegarasi bor, faqat ahmoqlikning chegarasi yo’q (belgilash olmoshi, sodda olmosh).

2. Yigllishda hech kim gapirmadi (bo’lishsizlik olmoshi, qo’shma olmosh).

3. "Hamma-hammasiga o’zim aybdorman", - dedi ona ko’zlari yoshga to’lib (belgilash olmoshi, takroriy olmosh).

4. Adolat bilan undan-bundan gaplashib o’tirdik (ko’rsatish olmoshi, juft olmosh).

5. Shu-shu undan darak yo’q emish (ko’rsatish olmoshi, takroriy olmosh).

6. Mana shu qo'shig'ingiz menga yoqdi, - dedi Latofat (ko’rsatish olmoshi, qo’shma olmosh).

7. Xulq har kim o’z qiyofasini ko’rsatadigan ko’zgudir (belgilash olmoshi, qo’shma olmosh).

8. Uning chehrasida faqat tashvish emas, allaqanday qo’rquv ham bor edi (gumon olmoshi, sodda olmosh).

9. Endi yig'lamaslikka o’z-o’zimga so’z berdim (o’zlik olmoshi, takroriy olmosh).

10. Kim ko’p o’qisa, u ko’p biladi (so’roq va kishilik olmoshi, sodda olmosh).

11. "Yuzta siz-bizdan, bitta jiz-biz yaxshi", - dedi o’ktamjon kulib (kishilik olmoshi, juft olmosh).

12. Yana nima-nima deysiz (so’roq olmoshi, takroriy olmosh).

13. Sizni bir kishi yo’qlab keldi (gumon olmoshi, qo’shma olmosh).

o’quvchilar gaplarni o’qib, olmoshning ma'no va tuzilishiga ko’ra turini aniqlab, jadvalga joylashtirishgandan so’ng doskada quyidagi ko’rinishdagi jadval hosil bo’ladi:




Shundan keyin o’quvchilarga: "Yuqoridagi jadval-dan foydalanib olmoshlarning qo’llanishi haqida qan-day xulosa chiqarish mumkin?" - deya savol beriladi.

o’quvchilarning fikr-mulohaza va xulosalari eshitib bo’lingach, o’qituvchi umumlashtiradi:

  • Demak, qo’shma holda ko’rsatish, belgilash, bo’lishsizlik olmoshlari, juft holda ko’rsatish va kishilik olmoshlari, takroriy holda esa ko’rsatish, belgilash, so’roq olmoshlari qollanar ekan.


Darslikdagi 81-84-mashqlar yozma tarzda bajartiriladi.

O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash maqsadida "Ko’rsatkichlar" usulidan foydalanish maqsadga muvofiq.

Bu usulda har bir o’quvchining qo’lida oldindan tayyorlangan olmoshning tuzilishiga ko’ra turlariga oid quyidagi ko’rsatkichlar bo’ladi:


O’qituvchi olmoshning tuzifishiga ko’ra turlari ishtirok etgan gaplarni o’qiydi. O’quvchilar har bir gap o’qilgach, gapda ishtirok etgan olmoshning tuzilishiga ko’ra turini ziyraklik bilan aniqlab, tegishli ko’rsatkichni ko’tarishadi. O’qituvchi nihoyatda hushyorlik bilan o’quvchilarni kuzatib, o’rni kelganda xatolarni tuzatib boradi.

Gaplar quyidagicha bo’lishi mumkin:

1. U berilgan vazifani sidqidildan bajardi.

2. Shu-shu qaytib kelmadi.

3. Hech qachon rozi bo’lmayman, - dedi onasi.

4. Bilim boylik, uning boshqa boyliklardan farqi bor.

5. Ular undan-bundan gaplashib ketishdi.

6, Baxtni har kim o’zicha tushunadi.

7. Mana shu gapingizjuda ma'qul.

8. Do’sti hech narsa demay ketishga chog'landi.

Dars so’nggida faol o’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa sifatida darslikdagi 85-mashq beri-ladi.




Yüklə 218,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə