Darsning shiori: “Tejamkor inson faqir bo`lmaydi”



Yüklə 3,89 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü3,89 Kb.
#183515
11-mavzu. Iste\'molchilarning daromadlari va xarajat turlari.

Darsning shiori:

“Tejamkor inson faqir bo`lmaydi”


11-Mavzu: Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari.
Reja:
1. Oilaning daromad manbalari.
2. Oila xarajatlar haqida.
3. Engel qonuni haqida

Tayanch tushunchalar:
Oila budjeti, daromad, ish haqi, oylik maosh, ishbay ish haqi, vaqtbay ish haqi, oilla xarajatlari, majburiy xarajatlar, erkin xarajatlar, iste’mol savati, Engel qonuni.
Oila budjeti — oilaning ma’lum davrdagi daromad manbalari va xarajatlari keltirilgan
moliyaviy rejasi.
Daromad — kishi (oila)ning ma’lum vaqt davomida ishlab topgan va qo‘lga kiritgan
barcha moddiy
hamda pul tushumlari.
Ish haqi turlari
Ishbay ish haqi
Oylik maosh
Vaqtbay ish haqi
Ish haqi — korxona tomonidan
yollanib ishlayotgan xodimga bajarilgan ish uchun to‘lanadi-gan pul.
Ishbay ish haqi — ishchiga
tayyorlagan mahsulot miqdoriga
qarab to‘lanadigan pul miqdori.
Vaqtbay ish haqi — ishchiga ishlagan vaqti miqdoriga qarab to‘lanadigan pul miqdori.
Oylik maosh — ishchiga bir oy davomidagi mehnat faoliyati uchun qat’iy belgilangan
vaqtbay ish haqi miqdori.
Iste’mol xarajatlar turlari
Erkin xarajatlar
Majburiy xarajatlar
Majburiy xarajatlar - kundalik turmushda ularsiz yashab bo‘lmaydi-gan birlamchi xarajatlar.
Erkin xarajatlar - qondirilishi birlamchi bo‘lmagan ehtiyojlar uchun xarajatlar.
Iste’mol savati - bir kishi iste’moli uchun bir oyda sarf qilinadigan majburiy harajatlar miqdori.
ENGEL QONUNI
Oila daromadlari miqdori oshganda jami xarajatlarga nisbatan oziq-ovqatga sarflanadigan xarajatlarning salmog‘i kamayadi, kiyim-kechak, uy-joy va energiya manbalariga sarflanadigan xarajatlar salmog‘i
esa o‘zgarishsiz qoladi, madaniyva nomoddiy xarajatlar salmog‘i esa ortib boradi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə