Darsning texnologik xaritasi



Yüklə 15,06 Kb.
tarix11.01.2018
ölçüsü15,06 Kb.
#20160

Sana:____

Sinf:


Fan: O’zbekiston tarixi

Mavzu: Ilm-fan ravnaqi



Darsning texnologik xaritasi

Maqsad va vazifalar

Ta’limiy maqsad: Temuriylarda ilm-fan haqida ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad: Axloqiy jihatdan tarbiyalash



Rivojlantiruvchi maqsad: Boshqaruvchilik, intiluvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars metodi:guruhlarda ishlash, “Tarmoq”,”Aqliy hujum”,”Zinama-zina”,”Xotira mashqi”,”Uzilmas zanjir”,”Manzilga kim tez yetar”,”Himoya”,Slayd,suhbat

Dars tipi: og’zaki va yozma bayon _________________________________

Dars jihozi: darslik,tarqatma materiallar,mavzuga oid ko’rgazmali materiallar _____________________________________________________________________

Baholash: 5 balli tizim asosida.

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi: qisqa vaqt davomida mavzu yuzasidan bilim , ko’nikma va malaka hosil qilinadi.Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg’or usullari vositasida barcha o’quvchialr tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.O’quvchining faolligini oshiradi. O’quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi:pedagogik tenologiyalarni o’zlashtirishda va darsda tadbiq etish, takomillashtirish, o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo’shimcha materiallar topadi.

Uyga vazifa:




Darsning bosqichlari:

Mazmuni

Vaqti

Salomlashish. O’quvchiarni darsga tayyorligi, sinfda psixologik muhit yaratish

3 daqiqa

O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, uyga vazifa bajarilganligini tekshirish

12 daqiqa

Yangi mavzu tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilinadi.

20 daqiqa

O’quvchilarni egallagan bilim va ko’nikmalari savol-javob orqali aniqlanadi.

5 daqiqa

Baholar e’lon qilish, uyga vazifani tushuntirish,o’quvchilar bilan xayrlashish

5 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

  1. Hunarmadchilik sohalari haqida ma’lumot bering.

  2. Go’ri Amir maqbarasi qayerda joylashgan?

  3. „Shohi zinda“ so’zining ma’nosi nima?

III.Yangi mavzu bayoni:

Samarqandda o'z atrofida to'plangan taniqli olimlarning bevosita ishtiroki va yordamida Mirzo Ulug'bek 1424-1429-yillarda shahar yaqinidagi Obirahmat anhori bo'yida rasadxona qurdirdi. Hanuzgacha olimlarning qiziqishini uyg'otib

kelayotgan bu ulkan imoratning balandligi 31 metr edi. Binoning ichki sahni sekstant va koridorlar bilan uch qismga ajratilgan. Rasadxona joylashgan bu mavze mahalliy aholi o'rtasida «Naqshi jahon» degan nom bilan shuhrat qozongan. G'iyosiddin Jamshid boshchiligida rasadxonaning asosiy o'lchov asbob- uskunasi — ulkan sekstant o'rnatilgan. Samarqand sekstanti o'sha davrda Sharqda ma'lum bo'lgan sekstantlarning eng kattasi hisoblangan. Ulug'bek rasadxona qoshida zamonasining boy kutubxonasini ham tashkil etadi. Bu kutubxonada fanning deyarli hamma sohalariga tegishli qariyb o'n besh ming jild kitob saqlangan. Rasadxona tevaragida olimlar va xizmatchilar uchun katta-kichik hujralar quriladi. Uning etagida esa ikkita chorbog' barpo etiladi. Ulardan biri Bog'i Maydon, ikkinchisi esa Chinnixona nomi bilan shuhrat topadi. Ulug'bekning faol ishtiroki bilan Ulug'bek rasadxonasi o'sha zamon sharoitiga mukammal astronomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylanadi.

Rasadxonada Ulug'bek bilan birga mashhur matematik va astronomlardan Aflotuni zamon deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshoniy, «o'z davrining Ptolemeyi » nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi va



ko'pgina boshqa olimlar ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar olib boradilar. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:

  1. Ulug’bek rasadxonasi qaysi anhor bo’yida joylashgan?

  2. Sekstant nima?

  3. Ulug’bek tomonidan qayerlarda madrasalar qurilgan?

V.O’quvchilarni baholash: ________________________________________________________
Yüklə 15,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə