Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi va ko‘payishi



Yüklə 143,89 Kb.
tarix20.01.2022
ölçüsü143,89 Kb.
#82999
biologiya16


Daryo qisqichbaqasining tashqi

tuzilishi va ko‘payishi


Qisqichbaqasimonlar suvda hayot kechiradi, jabra bilan nafas

oladi. Ular ikki juft mo‘ylovlarining bo‘lishi bilan boshqa bo‘-

g‘imoyoqlilardan farq qiladi. Daryo qisqichbaqasi bu sinfning tiðik

vakili hisoblanadi.

Yashash muhiti. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvli ko‘l, daryo

va soylarda hayot kechiradi. Uning tuzilishi va rangi suv muhitida

yashashga moslashgan. Tanasining ustki tomoni ko‘kimtir-qo‘ng‘ir,

ostki tomoni esa oqish rangda; shuning uchun suv ostidagi qisqichbaqani

payqash qiyin.

Qisqichbaqa kun bo‘yi toshlarning ostida yoki qirg‘oq yaqinida

daraxtlar ildizi ostidagi inlarida bekinib yotadi. Oziq

izlab faqat kechqurunlari chiqadi. Qisqichbaqaning asosiy

ozig‘i suv o‘tlari, kasal hayvonlar (mollyuskalar, hasharotlar

lichinkasi), ularning murdalari hisoblanadi. U oziqning hidini

yaxshi sezadi.

Tashqi tuzilishi. Daryo qisqichbaqasining tanasi qattiq xitin

po‘st bilan qoplangan. Xitin qoplag‘ich uning tanasini tashqi

ta’sirdan himoya qiladi; tana uchun tashqi skelet vazifasini

bajaradi. Unga ichki organlar muskullari va oyoqlar kelib

birikadi.

Qisqichbaqaning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat

(35-rasm). Boshko‘krak bosh va ko‘kr ak bo‘limlarining harakatsiz

birikishi natijasida hosil bo‘lgan va boshko‘krak qalqoni bilan

qoplangan. Qalqonning oldingi uchi uzun pixni hosil qiladi. Ana

shu pixning ikki yonida, harakatchan poyachalar ustida ko‘zlar joylashgan.

Boshining oldingi tomonida joylashgan bir juftdan uzun va

kalta mo‘ylovlari hid bilish va tuyg‘u organlari hisoblanadi. Og‘iz

teshigini uch juft jag‘lar o‘rab turadi.

Boshko‘krakning keyingi qismida 8 juft o‘simtalar bor. Ulardan

3 jufti jag‘oyoqlar bo‘lib, oziqni ushlab og‘izga surish va

jabralarga suvni haydash vazifasini bajaradi. Qolgan 5 juftidan

birinchi jufti qisqichga aylangan; keyingi to‘rt jufti esa haqiqiy

yurish oyoqlari hisoblanadi. Qisqichlar oziqni tutish uchun xizmat

qiladi.


Qorin bo‘limi yetti bo‘g‘imdan iborat. Har qaysi bo‘g‘imda bir

juftdan qorinoyoqlar bo‘ladi. Ulardan oldingi 5 jufti ikki shoxli

bo‘ladi, oxirgi 2 jufti dum suzgichni hosil qiladi.

Harakatlanishi. Odatda, qisqichbaqa suv tubida ko‘krak bo‘limidagi

to‘rt juft yurish oyoqlari yordamida o‘rmalab yuradi. Lekin

u biror xavf sezib qolsa, dum suzgichlarini qorin tomonga tez-tez

siltab, orqa tomoni bilan suzadi.

62

Nafas olishi. Qisqichbaqa jabralar orqali nafas oladi. Jabralar



ko‘krak bo‘limidagi jag‘oyoqlari va oldingi to‘rt juft yurish oyoqlari

asosida joylashgan. Jag‘oyoqlari harakati tufayli jabralarda suv

almashinib turadi.

Ko‘payishi va rivojlanishi. Qisqichbaqalar ayrim jinsli. Urg‘ochisining

qorin bo‘limi boshko‘kragiga nisbatan kengroq, erkaginiki,

aksincha, torroq bo‘ladi. Urg‘ochisi erta bahorda qo‘ygan tuxumlarini

qorinoyoqlariga yopishtirib olib yuradi. Yoz boshlanishi bilan tuxumlardan

qisqichbaqalar yetishib chiqadi. Ular urg‘ochisining qorinoyoqlariga

yopishib oladi; keyinroq mustaqil hayot kechira boshlaydi.

Qisqichbaqalar hamma bo‘g‘imoyoqlilar singari eski qattiq

po‘stini tashlab, ya’ni tullab o‘sadi. Tullagan qisqichbaqaning eski

qoplag‘ichi ostida yangisi hosil bo‘ladi. U tez o‘sa boshlaydi.



Lekin ohak modda shimilgan qoplag‘ichi asta-sekin qattiqlashib,

o‘sishdan to‘xtaydi va yana tullaydi.
Yüklə 143,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə