Dasturlash asoslari



Yüklə 5,61 Mb.
səhifə32/111
tarix19.12.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#152992
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   111
Dasturlash asoslari

Dinamik model DV taqdim etishi lozim bo‘lgan modelli olamning ob’ektli modelidan ob’ektlar holatining yo‘l qo‘yiladigan o‘zgarish ketma-ketliklarini ko‘rsatadi. Bu model tashqi signallar (o‘zaro aloqalar) ga javoban operatsiyalar ketma-ketligini tavsiflaydi, ammo bunda bu operatsiyalarning nima qilayotgani ko‘rilmaydi. Agar tegishli ob’ektli model aktiv ob’ektlarga ega bo‘lsa, bu holda dinamik modelga zarurat bo‘ladi.
Dinamik modelning asosiy tushunchalari - hodisalar va ob’ektlar holatlaridir. Hodisa deganda bu erda bir ob’ektning ikkinchi ob’ektga muayyan vaqtda sodir bo‘ladigan elementar ta’siri tushuniladi. Bir hodisa mantiqan boshqasining ortidan kelishi yoki boshqasi bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, dinamik modelda hodisalar qisman tartibga solingan bo‘ladi. Ob’ekt holati deganda bu erda ob’ekt atributlari ma’nolari (qiymatlari)ning majmuyi hamda ushbu ob’ekt joriy aloqalarining boshqa ob’ektlar bilan tegishli tomonlari tushuniladi. Ob’ekt holati ushbu ob’ektga ta’sir etadigan biron-bir ikkita hodisa o‘rtasidagi vaqt intervaliga bog‘liqdir. Biron-bir hodisadan ta’sirlanish natijasida ob’ekt bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tadi.
Buning bilan bog‘liq holda dinamik modelda aktiv ob’ektlarning har bir sinfi uchun o‘z holatlar diagrammasi tuziladi. Bu diagramma graf ko‘rinishiga ega bo‘lib, uning uchlari holatlarni bildiradi, yoylari esa ushbu holatlar o‘rtasidagi o‘tishlarni bildiradi. Bu o‘tishlar hodisalar nomlari bilan belgilanadi. Ayrim o‘tishlar ushbu o‘tishlarga ruxsat beruvchi shart-sharoitlar bilan bog‘iq bo‘lishi mumkin. Shart-sharoit bu ayrim ob’ektlar atributlarining ma’nolari (qiymatlari)ga bog‘liq bo‘lgan predikatdir. Har bir shart-sharoit yoyda ko‘rsatiladi, ushbu shart-sharoit yoy bo‘ylab o‘tishni boshqaradi. Shunisi e’tiborliki, holatlar diagrammasida ayrim holatlar yoki hodisalar muayyan operatsiyalar bilan bog‘lanadi. Hodisa bilan bog‘lanayotgan operatsiya ob’ektning ushbu hodisaga reaktsiyasini (munosabatani) bildiradi hamda ushbu operatsiya soniyada (biron-bir vaqt intervali nuqtasida) bajariladi deb hisoblanadi. Bunday operatsiya xatti-harakat deb ataladi. Holat bilan bog‘lanayotgan operatsiya ushbu holat bog‘iq bo‘lgan vaqt intervali doirasida bajariladi (ya’ni ushbu interval bilan chegaralangan davomiylikka ega bo‘ladi). Bunday operatsiya faoliyat deb ataladi. Holatlar diagrammasi ushbu operatsiyalar aktivlashuvini boshqarish yo‘llarini belgilab beradi. Shunday qilib, holatlar diagrammasi bitta ob’ektlar sinfining xatti-harakatini tavisflaydi.
Dinamik model sinflar o‘rtasidagi hodisalar yordamida barcha holatlar diagrammalarini birlashtiradi.
Funksional model nimani ko‘rsatadi? U chiqish qiymatlari qanday qilib kirish qiymatlaridan kelib chiqib, yana ushbu qiymatlar hisoblab chiqariladigan qatorni ko‘rsatmay turib, hisoblanishini ko‘rsatadi. Bu model ob’ektli va dinamik modellarda qo‘llanadigan barcha operatsiyalar (tashqi operatsiyalar), shart-sharoitlar va cheklanishlarni belgilab beradi. DV ishlanmasiga relyatsion yondoshuvda funksional model tashqi funksiyalar ifodasiga mos keladi.
Funksional modelda yirik operatsiyalarni belgilashda oqimli diagrammalar (ma’lumotlar oqimi diagrammasi) qo‘llanadi. Ular bu operatsiyalarni ancha sodda operatsiyalar vositasida ifoda etish imkonini beradi. Jarayonlar, ob’ektlar va ma’lumotlar oqimi oqimli diagrammalarning asosiy tushunchalari bo‘lib izmat qiladi. Oqimli diagramma bu graf bo‘lib, ob’ektlar yoki jarayonlar uning uchlari, ma’lumotlar oqimlari esa uning yoylari hisoblanadi. Jarayonlar bir ob’ektlardan kelib tushayotgan va saqlash uchun boshqa ob’ektlarga yuborilayotgan ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Bu jarayonlar ichki operatsiyalarni tashkil qiladi. Ichki operatsiyalar orqali esa ushbu oqimli diagramma taqdim etgan operatsiya ifodalanadi. Ob’ektlar passiv (ma’lumotlar omborlari) va aktiv (agentlar) bo‘lishi mumkin. Passiv ob’ektlar faqat ma’lumotlarni saqlash uchungina qo‘llanadi, aktiv ob’ektlar esa ma’lumotlarni saqlash uchun ham, ularni qayta ishlash uchun ham qo‘llanadi. Ma’lumotlar oqimi ma’lumotlar harakatining yo‘l qo‘yiladigan yo‘nalishlarini hamda ma’lumotlar harakatining turlarini belgilab beradi. Jarayonlar bevosita aniqlanadigan terminal operatsiyalar orqali yoki boshqa oqimli diagrammalar yordamida ifodalanishi mumkin. SHunday qilib, oqimli digrammalar tabaqaviy ko‘rinishga ega.
Terminal operatsiyalar relyatsion yondoshuvdagidek aniqlanadi. Darvoqe, ma’lumotlar oqimlari diagrammalari ham relyatsion yondoshuvda qo‘llanishi mumkin.
Shunday qilib, ob’ektli yondoshuvda tashqi tavsif bosqichining asosiy mazmunini ob’ektli modellashtirish tashkil etadi. Bunda formal spetsifikatsiyalash tillari, shu jumladan grafik tillar ham keng qo‘llanadi. Hozirda eng keng qo‘llanadigan shunday tillardan biri bu UMB tilidir.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə