5-mavzu. Algoritm va uning asosiy xossalari. Dasturlash tillari Reja: - 1. Algoritm haqida tushuncha
- 2. Algoritmning xossalari
- 3. Algoritmni tasvirlash usullari
- 4. Algoritmning asosiy turlari
Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan buyruqlarning aniq, tushunarli, chekli hamda to‘liq tizimi tushuniladi. - Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan buyruqlarning aniq, tushunarli, chekli hamda to‘liq tizimi tushuniladi.
- Algoritmga quyidagicha ta’rif berishimiz ham mumkin: algoritm deb aniq natijaga olib keladigan amallarning cheklangan ketma-ketligiga aytiladi.
Algoritmning asosiy xossalari: - Algoritmning asosiy xossalari:
- 1.Diskretlilik. Bu xossaning mazmuni-algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo‘laklash imkoniyati mavjudligidadir. Boshqacha aytganda, uni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Algoritmning bu xossasi yuqorida keltirilgan hamma misollarda yaqqol ko‘rinib turibdi. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib bo‘laklay olmasak, u holda uni algoritm deb bo‘lmaydi.
2. Tushunarlilik. Algoritmning ijrochisi hamma vaqt inson bo‘lavermaydi. Choy damlashni yoki boshqa ishlarni bajarishni faqat odamga emas, balki robotga ham buyurish mumkin. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar uning uchun tushunarli bo‘lishi kerak, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. Bundan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin. - 2. Tushunarlilik. Algoritmning ijrochisi hamma vaqt inson bo‘lavermaydi. Choy damlashni yoki boshqa ishlarni bajarishni faqat odamga emas, balki robotga ham buyurish mumkin. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar uning uchun tushunarli bo‘lishi kerak, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. Bundan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin.
- Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar yoki buyruqlar birikmasi mavjud bo‘lib, u ijrochining ko‘rsatmalar tizimi deyiladi. Shuning uchun ijrochi uchun berilayotgan har bir ko‘rsatma ijrochining ko‘rsatmalar tizimiga tegishli bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |