“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92

 
19
urushlarda Bobil g`olib chiqib, amoriylar sulolasiga asos solingan. Qadimgi Bobil
25
 podsholigi 300 yil (miloddan 
avvalgi 1894-1595 yillar) hukm surib, Ikkidaryo oralig`i tarixida chuqur iz qoldirgan. Bobil podsholigining ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy ravnaq topgan vaqti podsho Xammurapi davriga (miloddan avvalgi 1792-1750 yillar) to`g`ri keladi. 
Miloddan avvalgi 1595 yilda Qadimgi Bobil podsholigi xettlar va kassitlar tomonidan tugatilgan. Miloddan avvalgi II 
ming yillik o`rtalarida Bobilda kassitlar sulolasi qaror topgan (milloddan avvalgi 1518-1204 yillar). 
 
Bobilning yangidan yuksalishi miloddan avvalgi VII-VI asrlarga to`g`ri keladi. Miloddan avvalgi 626 yildan 
539 yilgacha Yangi Bobil podsholigi hukm surib, bu vaqtda, ayniqsa, Navuxudonosor II (miloddan avvalgi 605-562 
yillar) podsholigi davrida juda qudratli davlatga aylangan edi 
 
Yangi Bobilning ravnaqi uzoqqa cho`zilmagan. Podsho Navuxodonosor II vafotidan keyin ruhoniylar bilan 
harbiylar o`rtasida kuchli to`qnashuvlardan so`ng taxtga o`tirgan ruhoniylar vakili Nabonid (miloddan avvalgi 556-539 
yillar) podsholigi davrida mamlakatda fitna va qo`zg`olonlar avj olib, Yangi Bobil podsholigi ancha kuchsizlangan. 
Natijada eroniylar shohi Kayxusrav Bobilni bosib olgan va butun Mesopatamiyani o`ziga qaratgan. Shu bilan 
Mesopatamiyadagi Yangi Bobil podsholigi tugab, butun janubi-g`arbiy Osiyoda Eron podsholarining hukmronligi 
boshlangan. Bobil miloddan avvalgi VI-IV asrlarda eroniylarga, IV asrning 30-yillaridan boshlab yunon-
makedoniyaliklarga, so`ng salavkiylarga tobe bo`lib qolgan. 
 
2.  Qadimgi Shumerning ijtimoiy va davlat tuzumi 
 
 
Shumerning ijtimoiy hayotida kohinlar juda katta rol o`ynaganlar. Ular jamiyatning oliy tabaqasi hisoblangan. 
Ibodatxonalar qishloq xo`jaligini boshqarish markazlari bo`lgan. Dastlab ibodatxonalarning o`z yeri bo`lmagan, har bir 
qishloq ularga yer uchastkalari ajratgan. Bunday yerlarda jamoachi-dehqonlar ishlab, yig`ilgan hosilni ibodatxonaga 
berganlar.  
 
Shumer aholisining yarmidan ko`pini urug` jamoachilari tashkil etgan. Jamoa yerlari tobora talanib, sotilib va 
ayrim kishilar qo`lidagi xususiy mulkka aylanib borgan. 
 Shumerda 
qullar ham bo`lgan. 
 
Qullar asosan yo urushlarda asir olinganlardan, yo chet ellardan sotib olinganlardan iborat edi.  
 
Shumer yagona davlat emas edi. Uning hududida bir necha o`nlab mustaqil shaharlar va viloyatlar bo`lgan. 
Ularning ichida eng taniqlilari Eridu, Ur, Lagash, Umma, Uruq, Kish shaharlari hisoblangan. 
Shaharlar va viloyatlar tepasida "ensi"
26
 ("patesi") degan unvonga ega bo`lgan hukmdorlar turgan. 
Hukmdorning hokimiyati ayni bir shahar doirasidan tashqari chiqqan hollarda, hukmdorga lugal
27
 (podsho) unvoni 
berilgan.  
 
Oqsoqollar kengashi va xalq majlisi hukmdorni saylaganlar, unga muhim ishlar bo`yicha tavsiyalar 
berganlar, uning faoliyati ustidan umumiy nazorat qilib turganlar, sud ishlarini amalga oshirganlar va jamoa mulkini 
boshqarib turganlar. 
 
3.  Bobil davlatining ijtimoiy tuzumi 
 
 
Mesopatamiya jamiyatida iqtisodning ko`p ukladli xarakteri, sinflarning tashkil topish jarayoni nihoyasiga 
yetmay qolganligi, asosan podsho-cherkov xo`jaligida rivojlangan va jamoa ishlab chiqarishiga jiddiy ta’sir etmagan 
tovar-pul munosabatlarining ancha barvaqt va nisbatan yuqori darajada rivojlanganligi - bularning hammasi ushbu 
jamiyatning ijtimoiy tuzumini ajratib turadigan belgilari bo`lgan. 
Qullar va quldorlar o`rtasidagi farqlar Mesopatamiya davlatlarining qonunlarida ham o`zining aniq ifodasini 
topgan. Ayniqsa, Bobilda (XQ)
28
 qullar to`g`risida juda ko`p gapiriladi.  
 
Qullar ("vardum") ijtimoiy qatlamning eng quyi qismini tashkil etgan. Bobilda asosan harbiy asirlar, 
shuningdek, qulga aylantirilganlar va erkinligini yo`qotgan huquqsiz ozod kishilar (masalan, jinoyatchilar va qarzini 
to`lay olmaganlar) qullar bo`lib qolgan. 
 
 
Xammurapi qonunlarida qullar quldorlarning xususiy mulki sifatida qattiq himoya qilingan. Unga 
nisbatan har qanday tajovuz uchun og`ir jazo o`rnatilgan.  
Qullar quyidagi toifalarga bo`lingan: podsho qullari, ibodatxonalarning qullari va xususiy egalikdagi 
qullar. Qullar o`z mulkiga egalik qilishi mumkin bo`lgan.  
 
Qarzi uchun qulga aylantirilganlar qullik holatida uch yildan ortiq bo`lmasliklari lozim edi. Qarzdorlik asorati 
jamoachi-dehqonlarni qulga aylantirishning asosiy usuli bo`lgan, shu sababdan XQ xuddi shu qarzdorlik asoratini 
cheklashga intiladi.  
Bobilning erkin axolisi o`z navbatida to`la huquqli va to`la huquqli bo`lmagan fuqarolarga ajratiladi. To`la 
                                                      
25
  Akkadcha "babilon" - Bobili - xudo darvozasi podsholigi 300 yil (m.a. 1894-1595 yillar) hukm surib, Ikkidaryo 
oralig`i tarixida chuqur iz qoldirgan. 
 
26
 "Ensi" - "urug boshlig`i", "ibodatxona asoschisi" degani. Ensi (patesi) shahar bosh ibodatxonasining oliy kohini 
bulgan. 
27
 "Lugal" - "katta odam", "xujayin", "janob" degani. 
28
  Xammurapi qonunlarini bundan buyon XQ deb ifoda qilamiz. Undan keltiriladigan ilovalar aynan so`zma-so`z 
olinmay, tushunish onson bo`lishi uchun mazmuni to`liq beriladi. 


 
20
huquqli fuqarolar "avilum" (odam, er kishi) aholining asosiy ommasini tashkil etgan.   XQning 
ko`pdan-ko`p 
moddalari davlat hokimiyatining asosiy tayanchi hisoblangan harbiylarning huquq va majburiyatlariga bag`ishlangan. 
Harbiylarga (jangchilarga) in’om etilgan chek yerlar va chorvalar ularning qarzi badaliga tortib olinishi mumkin emas 
edi. Jangchining voyaga yetgan o`g`li uning chek yeriga qonuniy merosxo`r bo`lib qolgan.  
Bobil jamiyatida to`la huquqli fuqarolarga "mushkenu" (bo`ysundirilganlar, akkad tilidagi lug`aviy ma’nosi 
"mayda kishilar" degani) qarama-qarshi turgan. Bobilning ijtimoiy tuzumidagi "mushkenu" masalasi xususida olimlar 
o`rtasida turli fikrlar mavjud. Masalan, I.M.Volkov mushkenularni erkinlikka qo`yib yuborilganlar deb hisoblaydi. 
Sharq tarixi bo`yicha ko`zga ko`ringan olimlardan V.V.Struve, S.F.Kechekyanlar esa mushkenu deganda urushlar 
natijasida Bobilga qo`shib olingan davlatlar va shaharlarning aholisini nazarda tutadilar. 
 
Mushkenu avilumga qaraganda jamiyatda ancha quyi mavqeni egallagan. 
 
XQda yuqoridagi tabaqalar bilan bir qatorda, shuningdek, aholining ixtisoslashgan kasblar bilan 
shug`ullanuvchi guruhlari ham ko`rsatiladi. Ularning ichida birinchi o`rinda saroy xizmatchilari, ya’ni podshoga 
bevosita yaqin turuvchi podshoning shaxsiy qo`riqchilari va kohinlari turgan.  
 
Jamiyatda chinovniklar juda yuqori mavqega ega bo`lgan, ularga katta talablar qo`yilgan, shuningdek ular yer 
bilan ta’minlab, uni meros qilib qoldirishi mumkin bo`lgan. 
 
Ossuriya orqali o`tgan savdo yo`llari Bobilni Siriya, Kichik Osiyo, Armaniston va boshqa mamlakatlar bilan 
bog`lagan. Shu munosabat bilan Mesopatamiyada tamkar - sudxo`r, kreditor, savdogar, saroyning savdo faoliyati bilan 
shug`ullanuvchi kishisi degan tushuncha juda barvaqt shakllangan. 
 
Tamkarlar qaram kishilar bo`lsalarda, juda katta moliyaviy-savdo faoliyati erkinligidan foydalanganlar, yirik 
savdo bitimlari tuzganlar, kapitallarini birlashtirganlar, savdo tashkilotlari tuzganlar, yirik pul operatsiyalarini amalga 
oshirganlar, yerlar olganlar va sotganlar. 
 
 
 
4.  Bobilning davlat tuzumi 
 
 
Qadimgi Bobil podsholigi markazlashgan davlat bo`lgan.  Podsho  Xammurapi rasman cheklanmagan 
vakolatlardan foydalangan. Bobilning uchta muqaddas shaharlari - Nippur, Sippar va Bobil - imtiyozli yorliqlarga ega 
bo`lib, bu ularga alohida imkoniyatlar va imtiyozlar bergan. Podsho bu shaharlarning fuqarolarini turmaga qamay 
olmagan, ulardan askarlar talab qilish, ularni ibodatxonalar xo`jaliklarida ishlashga majbur etish huquqlariga ega 
bo`lmagan.  
 
Podsho katta boshqaruv apparatining tepasida turgan. Bu haqda hozirgi kungacha saqlanib qolgan podsho 
Xammurapi tomonidan shaharlardagi va alohida viloyatlardagi yudsho noiblariga, shuningdek, elchilarga berilgan 60 ga 
yaqin buyruqlar ham dalolat beradi. Ularda chinovniklarni almashtirish va tayinlash, aholini ro`yxatga olish, kanalar 
qurish, soliqlar undirish haqida buyruq-farmoyishlar berilgan edi. 
Davlatda podshodan keyin nubanda (vazir) turgan.  Nubanda  podsho Xammurapi davriga kelib juda katta 
vakolatlarga ega bo`lib olgan. U endi aholining majburiyatlari bilan bog`liq deyarli barcha tashkiliy ishlarni yurita 
boshlagan. Nubanda kanallar, istehkomlar, saroylar, ibodatxonalar qurishga, urushlar olib borishga, dehqonchilik 
ishlarini tashkil etishga rahbarlik qilgan. 
 
Podsho huzurida yana bir boshqa hukmdor - noib - isakku, ya’ni ko`p shaharlar hokimi paydo bo`lgan. Shu 
bilan birga oliy mansabdor shaxslardan yana saroybon, xazinabon. saroy dasturxonchisi, bosh harbiy boshliq. 
kabilar ham mavjud edi. Shuningdek, ma’lum darajada davlat boshqaruvida ishtirok etadigan turli darajadagi 
kohinlar, agentlar, sudyalar, omborxona qo`riqchilari, kuzatuvchi va boshqalar ham mavjud edi. 
 
Mamlakat hududi viloyatlarga bo`lingan. Ma’lumki, ilgari viloyatlar-shahar-davlatlar tepasida patesilar 
turardi. Podsholar markaziy hokimiyatni kuchaytirib, patesining dunyoviy hokimiyatdan mahrum etganlar va ularda 
faqat kohinlik mavqeini saqlab qolganlar yoki ularni o`z noiblariga, o`zlariga bo`ysunadigan viloyatlarning hokimlariga 
shaqkanaqularga aylantirganlar. Shaqkanaqular viloyatlarda soliqlar yig`ishga, tartib saqlashga va xalq lashkarlarini 
chaqirishga mas’ul edilar. 
 
Mazkur viloyatlar hukmdorlari bilan bir qatorda kichikroq hududiy birliklarga boshchilik qiluvchi mansabdor 
shaxslar ham mavjud bo`lgan. Bular - rabianumlar bo`lib, ular alohida shaharlarning hokimlari bo`lishgan.  
  
Sud organlari sifatida ibodatxonalarning kengashlari, jamoa majlislari yoki ular 
tomonidan maxsus (ajratilgan jamoa sudlari hay’atlari maydonga chiqqan. Manbalarda 
podsholik sudlari haqida ancha barvaqt eslatib o`tiladi. Biroq podsho oliy kassatsion 
instansiya sifatida ham, appelyatsion instansiya sifatida ham maydonga chiqmagan. Podsho 
o`lim jazosiga hukm qilinganlarni avf etish huquqiga ega bo`lgan.  
Sud hokimiyati boshqa qadimgi Sharq davlatlarida bo`lganidek ma’muriy hokimiyatdan ajratilmagan. Podsho 
va podsho chinovniklari bir vaqtda ham ma’muriy, ham sud ishlarini yuritganlar. 
 
Podsho amalda oliy sudya bo`lgan. Podsho jinoyatchilarni avf etish huquqiga ega bo`lgan. 
 
Viloyatlarga tenglashtirilgan hududlarda shaqkanaqular 6-12 kishi tarkibidagi sud hay’atlariga raislik 
qilsalar, shaharlarda rabianumlar 4-8 shahar oqsoqollari tarkibidagi sud hay’atiga raislik qilganlar. Katta 
shaharlarda maxsus "podsho sudyalari" sud vazifalarini amalga oshirganlar; bular bevosita podshoga bo`ysunib, uning 
ko`rsatmalari bo`yicha harakat qilganlar. 
 
 Ikkidaryo oralig`ida siyosiy tarqoqlik davrida qurolli kuchlarning asosiy turi erkin 
jamoachi dehqonlardan iborat lashkarlar bo`lgan. Jahon tarixida birinchi marta akkad 
podshosi Sargon (miloddan avvalgi 2316-2261 yillar) 5400 ta professional jangchidan iborat 
Sud 
hokimiyati
 
Armiya
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə