“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92

 
4
 
Ular tomonidan yozilgan qo`llanmalar talabalarning mazkur fanni o`zbek tilida o`zlashtirib olishlariga 
yaqindan yordam berib kelgan. Ayni vaqtda ushbu qo`llanmalar ancha noyob bo`lishi bilan bir qatorda biroz eskirib 
qolgan. Ularda davlat va huquq tarixi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya-larga bo`linish asosida faqat markscha-lenincha 
nazariya hukmronligi mavqei asosida yoritilgan. Bular, albatta, qizil imperiya sharoitida bunyodga kelganligi bois 
shunday edi. Endilikda yangi davr talabiga javob beradigan, davlat va huquq tarixini xolisona va atroflicha yoritib 
beradigan puxta va mukammal darsliklar yaratish hozirgi kun huquqshunoslik fanining eng dolzarb masalalaridan biriga 
aylangan. 
 
2. Fanning vazifasi, predmeti va ahamiyati 
 
 
"Umuman, - deb ta’kidlaydi I.Karimov, – men fanni ilg`or, taraqqiyot, progress degan so`zlar bilan yonma-yon 
qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning 
yo`nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo`lishini ko`rsatib berishdan iborat, deb tushunaman. 
Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo`lmagan millatning kelajagi yo`qligini, bu tabiiy bir 
qonuniyat ekanini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg`a siljituvchi kuch, vosita 
bo`lmog`i lozim."
7
 
 
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixini bilish avvalo hozirgi davlatchilikning mohiyatini chuqur anglash 
va uni kelajakda rivojlanishining asosiy yo`nalishlarini oldindan aytib bera olish uchun kerak. 
 
Hozirgi voqelik o`tmishdan va kelajakdan mutlaqo ajralib qolmagan. U faqat yangi, tarixdagi yangi bosqichdir. 
 
Hozirgi davlat va huquq tarixini bilish uchun ularning qanday kelib chiqqanligini, o`z rivojlanishida qanday 
bosqichlarni bosib o`tganligini, ularning paydo bo`lishiga, tashkil topishiga, rivojlanishiga, shakli va mazmunining 
o`zgarishiga qanday sabablar ta’sir ko`rsatganligini bilish juda muhim. 
Ushbu fanning asosiy vazifasi – xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi rivojlanishining umumiy 
qonuniyatlarini va uni alohida mamlakatlardagi xususiyatlarini ochishdan iboratdir. Mazkur fanda barcha 
xalqlarning davlati va huquqi tarixi uchun tipik bo`lgan davlat va huquq tarixi, shuningdek alohida o`ziga xos bo`lgan 
mamlakatlarning davlati va huquqi tarixi o`rganiladi. Boshqacha qilib aytganda, Xorijiy mamlakatlar davlati va 
huquqi tarixi davlatchilik tarixiga eng ko`p ta’sir etgan mamlakatlarning davlati va huquqining kelib chiqishi, 
rivojlanishi, amal qilishini tekshiradi, ma’lum vaqtda va muhitda rivojlanadigan davlat-huquqiy jarayonlarning 
mazmunini tahlil qiladi, ularning o`ziga xos sabab-oqibat aloqalarini tekshiradi va muayyan-tarixiy 
qonuniyatlarini ochib beradi. 
 
Bu fan umumiy tarixdan farq qilib, jamiyatni to`la va butunligicha o`rganmaydi, balki davlat va yuridik 
muassasalarning murakkab tizimining tarixiy rivojlanish jarayonini hamda huquq, uning alohida sohalari va 
institutlarining kelib chiqishi va taraqqiy etishi jarayonini o`rganadi. 
 
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi, davlat va huquqqa, xususan, ularning ma’lum rivojlanish 
bosqichidagi ko`rinishlari, shakllari va rivojlanish jarayonlariga muayyan-tarixiy yondashar ekan, juda ko`p dalillarga, 
siyosiy hayotning aniq hodisalariga, davlatlar, hukumatlar, sinflar, tabaqalar, partiyalar va boshqalar faoliyatiga 
tayanadi. Biroq davlat va huquq tarixi davlat va huquqning o`tmishi haqidagi bilimlarni yig`ish bilangina cheklanib 
qolmaydi. U o`z oldiga davlat va huquqning tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini aniqlashni asosiy vazifa qilib qo`yadi. 
 
Davlat va huquq rivojlanishining muayyan-tarixiy qonuniyatlari jamiyat rivojlanishi qonuniyatlariga qaraganda 
o`ziga xos xususiyatlarga ega. Zero, davlat va huquq jamiyatda alohida o`rin tutadi, nisbatan mustaqillikka ega. 
 
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi yuqoridagi muammolarni tekshirish bilan to`xtab qolmaydi. U 
muhim muammolar qatorida inson va fuqarolar huquqlari, hokimiyatlar taqsimlanishi, parlamentarizm, xususiy va 
ommaviy huquqning asosiy institutlarini kelib chiqishi va rivojlanishini o`rganadi. U o`tmishda erishilgan yutuqlardan 
o`rnak olishga imkoniyat yaratadi, shuningdek yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni takrorlamaslikka o`rgatadi. 
Shunday qilib, Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi dunyoning alohida mamlakatlari davlati va 
huquqini ularning vujudga kelishi va ma’lum muayyan-tarixiy sharoitda rivojlanishini xronologik izchillikda, 
bu jarayonlarning umumtarixiy qonuniyat-larini, shuningdek muayyan jamiyatlar rivojlanishida muhim 
bo`lgan, ayrim tarixiy bosqichlar doirasida harakat qiluvchi qonuniyatlarni aniqlash asosida o`rganadi. 
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixini o`rganish nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. 
Tarixni ko`pincha xalqlar xotirasi deb ataydilar, u jahon ijtimoiy tajribasining ulkan labaratoriyasi hisob-lanadi. Davlat 
va huquq tarixi o`zining bilishdagi ahamiyati, informativligi bilan tarixiy ongning shakllanishida samarali quroldir. Bu 
fan faqat davlat va huquq tarixini chuqur anglash imkoninigina berib qolmay, davlat va huquqning yanada rivojlanishi 
haqida oldindan aytib beradi. U umuman yuristlarni, xususan, mustaqil O`zbekistonning XXI asr huquqshunoslarini 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va yanada chuqurlashtirish, siyosiy hayotni yanada demokratlashtirib borish 
hamda inson va fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqiy davlat barpo etish hamda fuqarolar jamiyatini 
qaror toptirish sohasidagi samarali faoliyatlarida zarur bilimlar bilan qurollantiradi. 
 
3. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixining yuridik va ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o`rni 
 
 
Davlat va huquq tarixi davlat va huquqni bir butun holda olib, bir-biri bilan o`zaro aloqador bo`lgan ijtimoiy hodisalarni 
                                                                                                                                                                                
davlati va huquqi tarixi. (Qadimgi dunyo hamda o`rta asrlar davlati va huquqi tarixi). O`quv qo`llanmasi. - Samarqand, 1992. 
7
 I.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q- T., "Sharq" NMK, 1998.- 25-bet. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə