“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92

 
6
boriladigan ilmiy izlanishlar, arxeologik qazilmalar natijasida yangi materiallarga ega bo`ladi, ularni tarixiy-huquqiy 
tahlil qiladi. Masalan, agar fransuz olimi M.Shompalyon Misr mix xatlarini o`qish usulini topmaganda yoki Jenulyak 
ekspeditsiyasi podsho Xamurappi qonunlarini ochmaganda, biz Misr va Bobil davlatlari qonunchiligi bo`yicha juda 
kam ma’lumotga ega bo`lgan bo`lur edik, deb bejiz ta’kidlamaydi Z.Muqimov.
8
 
Shunday qilib, Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi boshqa yuridik va ijtimoiy fanlar bilan bog`liq 
ekanligini va u o`z qiyofasi, o`z predmeti va o`z xususiyatlariga ega ekanligini qarab chiqdiki, bu hol mazkur o`quv 
kursini o`rganishda yanada aniqroq va to`laroq namoyon bo`ladi. 
 
4. Fan o`rganadigan masalalarni tekshirish uslublari 
 
 
Har qanday fanning asosiy vazifasi o`zi o`rganayotgan narsa va hodisalarning taraqqiyot qonunlarini ochib berishdan 
iborat. Insoniyat taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan har qanday fan o`z predmeti bilan birga tadqiqot usullariga 
ham ega. Har bir fan nazariy jihatdan tizimlashgan bilimlar yig`indisi sifatida tadqiqot jarayonida xilma-xil usullardan 
foydalanadi. Davlat va huquq tarixi sohasidagi ilmiy bilish tarixiy o`tmishdagi faktlar va voqealarni bayon qilishgagina 
olib kelmaydi. U bu faktlarning mohiyatini anglash va nazariy jihatdan tushunishni ko`zda tutadi. Bu esa o`z navbatida 
tekshirishning falsafiy va maxsus ilmiy usullaridan foydalanishni talab qiladi. 
 
Davlat va huquqning murakkab, xilma-xil, rang-barang hodisalarining haqiqiy mazmunini, mohiyatini
rivojlanish qonunlarini bilishning aniq usullari mavjud bo`lib, ular ilmiy-tadqiqot va izlanishning yo`nalishini 
ifodalaydi. Bu yerda birinchi navbatda muayyan – tarixiy davlat-huquqiy hodisalarni, keng ma’noda tarixiy-huquqiy 
fanning poydevori hisoblangan tarixiy faktlarni bilish vositalari, uslublari ko`rib chiqiladi. 
Har qanday tarixiy voqeliklar tarixiy faktlar hisoblanadi. Ular bir-biridan ko`p tomonlari bilan farq qiladi. 
Tarixiy fakt sifatida faqat ayrim ko`rinishlar (masalan, me’yoriy hujjat) emas, balki ma’lum tarixiy jarayon, ya’ni 
o`zaro aloqador faktlar zanjiri ham to`laligicha maydonga chiqishi mumkin. 
Faktlarni faqat har tomonlama va chuqur tahlil qilish asosida tarixchi-yurist o`tgan voqealarni "qayta tiklashi", 
o`rganayotgan hodisalarning qonuniyatlarini belgilovchi mohiyatini ochishi mumkin. 
 
Ilmiy-tadqiqot jarayonida bilishning aniq shakli va usullaridan foydalanish orqali ilmiy bilimlar vujudga 
keladi, rivojlantiriladi. Har bir bilim tizimida ilmiy-tadqiqot jarayonida kelib chiqqan muammo yoki masalaning 
qo`yilishi va hal qilinishida maxsus usullardan foydalaniladi. Ular esa tarixiy aniq bilish jarayonida vujudga keladi, 
rivojlanadi. Shuning uchun ham har bir fanning o`z predmeti va tadqiqot usuli mavjudki, ular o`zi o`rganayotgan 
ob’yektga nisbatan maxsus amaliy va nazariy tadqiqot usuli asosida yondashadi. 
 
Hozirgi zamon jahon fani davlat va huquqning rivojlanish jarayonini turli mavqelardan turib tushuntirishga 
imkon beruvchi keng falsafiy ko`rsatmalar beradi. Tarixga monistik-materialistik qarashdan va metodologik 
plyuralizmdan
9
 voz kechish hozirgi O`zbekistondagi barcha ijtimoiy fanlarda bo`lganidek, Davlat va huquq tarixiga 
ham xosdir. 
 
Turli mamlakatlardagi tarixiy-huquqiy adabiyotlarda davlat va huquqning kelib chiqishi va rivojlanishini 
tushuntiruvchi ko`pgina konsepsiyalar (qarashlar tizimi)ni ko`rish mumkin. Bunda diniy nazariyalar (neotomizm, islom 
fundamentalizmi)dan tortib markscha-lenincha va boshqa so`l radikal (davlat va huquq tarixini sinfiy kurashdan iborat 
deb ko`ruvchi) nazariyalar nazarda tutilmoqda. 
Ma’lumki, mustaqillikka qadar asosan Moskvada chop etilib O`zbekistonda o`rganiladigan, shuningdek, 
O`zbekistonda chiqarilgan tarixiy-huquqiy adabiyotlarda ko`p yillar davomida jamiyatni markscha-lenincha ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalar (ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm)ga bo`lib o`rganish 
yagona hukmron nazariya bo`lib qolgan edi. Bu holat tarixni cheklangan tarzda va bir tomonlama o`rganishga sabab 
bo`lgan. 
Yana shu narsa ma’lumki, ijtimoiy taraqqiyotning markscha-lenincha nazariyasi dialektik va tarixiy 
materializm bo`lib, bunda tarixga idealistik nuqtai nazar bilan qarash keskin qoralanadi, tabiat va jamiyatni tasodiflar 
asosida rivojlanib boradi, deb tushuntiruvchi ta’limotlar qat’iy rad etiladi. Tarixga faqat materialistik nuqtai nazardan 
qarash insonni, uning ongi, ichki dunyosi va tajribasini ikkinchi o`ringa surib qo`yadi. 
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi fanining yagona metodologik asosi- dialektik va tarixiy 
materializmdir deb hisoblash noto`g`ri. Uni o`rganishda boshqa qarashlar va nuqtai nazarlardan, xususan, xususiy, 
ilmiy, maxsus uslublardan foydalanish lozim. 
 
Bilishda xususiylik va umumiylik vazifasini bajaruvchi usullar mavjud. Ko`pchilik fanlarda qo`llaniladigan 
usullar umumiy usul deyiladi. Har bir aniq fanning o`zi qo`llaydigan xususiy usullari asosida bilim tizimi chuqurlashib 
borsa, umumiy usulni tadbiq qilish orqali esa bilish doirasi yanada kengayib boradi. 
 
Ilmiy bilishning hamma fan uchun tegishli bo`lgan umumiy usullariga analiz va sintez, induksiya va deduksiya
analogiya, mantiqiylik va tarixiylik, mavhumlikdan aniqlikka borish yoki, aniqlikdan mavhumlikka borish va boshqalar 
kiradi. Ilmiy bilishning bu uslublari fan taraqqiyotida garchi umumiy hisoblansa ham, dialektik usulga nisbatan xususiy 
bo`lishi mumkin. Lekin bu usullar dialektik usul bilan bog`langan. 
Shunday qilib, bilish jarayonida ilmiy-tadqiqotning xususiy, umumiy va eng umumiy usullari mavjud bo`lib, 
                                                      
8
 Muqimov Z. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. (Qadimgi dunyo hamda o`rta asrlar davlati va huquqi tarixi). 
O`quv qo`llanmasi. - Samarqand: SamDU nashri, 1992.- 10-bet. 
9
 Borliqning yoki bilim asoslarining bir necha yoki juda ko`p mustaqil boshlang`ichi mavjud deb da'vo qiluvchi soxta 
falsafiy ta'limot. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə