“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92

 
8
harakat bo`lmaydi, balki bilimlar umumlashtiriladi, bu uslub ayniqsa tarixiylikni tasodifiy chetlashishlardan saqlaydi. 
 
Tadqiqotning tarixiylik va mantiqiylik usullari – o`zaro dialektik bog`lanishda. Tarixiylik va mantiqiylik 
dialektik birlikda aniq tarixiy bilimlar asosida davlat va huquq tarixining asosiy yo`nalishlari va rivojlanish 
qonuniyatlarini aniqlash mumkinligini ta’kidlaydi. 
 
Biz yuqorida davlat va huquq tarixini o`rganishda qo`llaniladigan ba’zi umumiy usullarnigina ko`rib chiqdik 
xolos. Zero, davlat va huquq tarixini tadqiq qilishda kuzatish, o`lchash, abstraksiya (mavhum tasavvur), 
modellashtirish, aniqlik, tasavvur, aksiomatik va boshqa umumiy falsafiy usullar ham qo`llanilishi mumkin. Shuni 
yodda tutish lozimki, bu usullar boshqa fanlar uchun ham tekshirishning umumiy usullari bo`lib hisoblanadi. 
 
Yuqoridagilardan tashqari, davlat va huquq tarixini o`rganishda juda muhim bo`lgan ayrim xususiy tadqiqot 
usullari ham mavjud bo`lib, ular ustida alohida to`xtab o`tish kerak. 
 
Hozirgi zamon ilmiy bilish jarayonida keng qo`llaniladigan usul – tizimlash usulidir. U murakkab 
ob’yektlarni ilmiy bilishda qo`llaniladi. Tizimlash usuli muayyan tarzda o`zaro bog`langan va bir qadar yaxlitlikni 
tashkil etadigan unsurlar majmuini o`rganishni o`z ichiga oladi. Mazkur usul asosida o`rganilayotgan yoki 
izlanilayotgan ob’yektning boshqa ob’yekt bilan umumiy bog`lanishlari, munosabatlari ochiladi. Har bir tadqiqot 
ob’yekti va uni tashkil etuvchi unsurlar bir butun tizim deb olinsa, shu tizimni tashkil etuvchi har bir unsur bir-biri bilan 
o`zining tutgan o`rni, vaqti va imkoniyatlariga ko`ra funksional bog`langan. Bu unsurlardan birining o`zgarishi 
ikkinchisining ham o`zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham ularni o`rganish tizimlash usuliga asoslanadi. Har bir 
tizimni o`rganishda uni boshqa tizimlar bilan birgalikda olib qarash kerak. Lekin bu tizimlarni birdaniga, bir vaqtda 
bilish mumkin emas, lekin ularni bilish, bir-biridan ajratish, o`zaro bog`liqlikda olib qarash mumkin. Demak, davlat va 
huquq o`z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridanoq ancha murakkab ijtimoiy qurilmalar bo`lgan ekan, tarixiy-
huquqiy izlanishlarda ularni tizimlash yo`li bilan tahlil qilish samarali uslubdir. Zero, bu uslub yordamida davlat va 
huquqning o`zaro bog`liq murakkab butun tuzilishidan uning alohida, o`ziga xos, takrorlanmas, shuningdek, umumiy 
xususiyatlarga ega bo`lgan tarkibiy qismlarini ajratib olish mumkin bo`ladi. 
Qiyosiy-tarixiy usul - bilish faoliyatida tadbiq qilinadigan muhim usul bo`lib, bilimlarning shakllanishi, 
rivojlanishida alohida bir bosqichdir. Ob’yektiv reallikdagi narsa va hodisalarni "qayta o`rganish" jarayonida ma’lum 
bo`lgan bilimlar bilish amali bajarilayotgan vaqtda olingan bilimlar bilan taqqoslanadi. Izlanuvchi avvalgi ma’lum 
bilimlarga tayangan holda izlanayotgan ob’yektga xos bo`lgan o`xshash va farqli tomonlarni taqqoslash orqali 
aniqlaydi. Taqqoslash bir narsa yoki hodisaning ikkinchi bir narsa yoki hodisadan farqli va o`xshash tomonlarini hamda 
ularning munosabatlarini o`rganish usuli hisoblanadi. Qiyosiy-tarixiy usuldan foydalanish davlat va huquq 
rivojlanishining bir vaqtning o`zida yoki turli tarixiy bosqichlarda, lekin turli mamlakatlardagi ba’zi umumiy 
qonuniyatlarini va mos tushadigan belgilarini aniqlashga imkon beradi. Boshqacha qilib aytganda, qiyosiy-tarixiy usul 
ayrim mamlakatlarning davlat-huquqiy qurilishidagi umumiy va o`ziga xos tomonlarini bilish va shu asosda davlat va 
huquq taraqqiyoti qonuniyatlarini ta’riflash va aniqlash imkoniyatini beradi. Chunonchi, turli mamlakatlarda davlat va 
huquqning paydo bo`lish jarayonlarini bir-biriga taqqoslab, turli xalqlarda bu jarayonning umumiy qonuniyatlari va 
o`ziga xos tomonlari borligini bilib olamiz. 
 
Davlat va huquq tarixini o`rganishda ayniqsa muayyan-tarixiy yondashuv usuli katta ahamiyatga ega. Bu 
davlat va huquqqa ularning o`ziga xos va takrorlanmas sharoitlarda vujudga kelishi va rivojlanishini, qator hollarda esa 
u yoki bu davlat yoki huquqiy tizimning noyobligini ko`rib chiqishni nazarda tutadi. 
 Statistik 
usuldan tarixiy jarayonning son-miqdor tomonlarini tadqiq qilishda, aniqrog`i, o`rganish ob’yekti 
ko`pdan-ko`p son ko`rsatkichlaridan iborat bo`lgan vaqtda foydalaniladi. Tadqiqotning bu usulidan foydalanish muhim 
masalalarni aniqlashda juda qo`l keladi. Masalan, rivojlanishning uzoqqa cho`zilganligini, keng tarqalganligini, 
sur’atlarini va boshqa ko`p tomonlarini statistik usul asosida o`rganish yaxshi natijalar beradi. Statistik usul 
tadqiqotchiga tasodifiy hodisalardan eng zarurlarini ajratib olishga, ommaviy hodisalar bilan bog`liq ma’lum 
jarayonlarning qonuniyligini aniqlashga yordam beradi va hokazo. 
 
Davlat va huquq tarixini o`rganishga yuqorida ko`rsatilgan tadqiqot usullarining hammasidan foydalangan 
holda kompleks yondashish fanning mohiyatini to`liq ochishga yordam beradi. 
 
5. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixini davrlarga va tarkibiy qismlarga bo`lib (sistemaga solib) 
o`rganish 
 
O`quv kursi materiali xronologik izchillikda joylashtirilgan. Ma’lumki, adabiyotlarda insoniyat jamiyati 
tarixini quyidagi asosiy davrlarga: qadimgi dunyo, o`rta asrlar, yangi davr va eng yangi davr (XX asr)ga bo`lib 
o`rganish qabul qilingan. Ushbu davrlarning har biri davlat va huquqning rivojlanishidagi alohida tarixiy bosqich 
hisoblanadi. Mazkur o`quv kursi ilgarigi rus va o`zbek tillarida chop etilgan o`quv kurslaridan farq qilib, jamiyatni 
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga bo`lishga asoslangan markscha-lenincha nazariyaga tayanmaydi. Unda alohida 
mamlakatlarda, ayniqsa Sharqda qadimgi va o`rta asrlar jamiyatining rivojlanishi alohida yo`llar bilan borganligi, u 
yerdagi qulchilik munosabatlarining antik qulchilikdan farq qilishi, g`arbdagi feodal jamiyatlar o`ziga xos yo`llar bilan 
rivojlanganligi hisobga olinadi. 
 
O`quv kursida quldorlik, feodal, burjua tuzumlari degan tushunchalardan faqat sof metodik maqsadlardagina, 
ya’ni qadimgi davr davlati va huquqini davrlarga bo`lish zaruriyati nuqtai nazaridan shartli ravishda foydalanilgan. 
 
Umuman davlat va huquq tarixini davrlarga bo`lishda davlatlarning madaniyatga erishganligi, tarixiy-siyosiy, 
mafkuraviy va boshqa muhim omillari hisobga olingan. 
 
Mazkur o`quv kursida u yoki bu xalqlarning dini, mafkurasi, noyob tomonlarining qadimgi davr davlati va 
huquqi rivoji uchun ta’siriga katta e’tibor berilgan. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə