“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92

 
9
 
O`quv kursida davlat va huquq masalalariga beriladigan tavsif quyidagi tizimga asosan bayon qilinadi: 
 
1. O`rganilayotgan davlatning tashkil topishi (kelib chiqishi, paydo bo`lishi, o`rnatilishi, e’lon qilinishi). 
 
2. Uning ijtimoiy tuzumi, ya’ni sotsial anatomiyasi. 
 
3. Uning davlat tuzumi - davlatning tipi, boshqarish shakli, tuzilishi, mexanizmi, armiyasi, politsiyasi va sud 
tuzilishi hamda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari. 
 
4. Huquqning asosiy belgilari - huquq manbalari, sohalari va institutlari. 
 
Ushbu tizimdan chetga chiqish faqat ba’zi hollardagina yuz berishi mumkin. Masalan, alohida 
mamlakatlarning davlati va huquqi rivojlanishidagi o`ziga xos xususiyatlardan, shuningdek, ba’zi mamlakatlar davlati 
va huquqi o`rganilayotganda yuqoridagi elementlardan birortasi haqida to`liq ma’lumotlar bo`lmagan holatlardan kelib 
chiqib, o`rnatgan tizimimizdan chetga chiqishimiz mumkin. 
 
Shuni alohida qayd etib o`tmoq lozimki, sulolalar, qo`zg`olonlar, urushlar, ilm-fan, madaniyat, me’morchilik 
va hokazolar tavsifi Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi kursining mavzuiga kirmaydi. Lekin bular davlat va 
huquqda o`zgarishlar bo`lishiga ta’sir etsa u holda bu masalalar ham fanimiz predmetiga aylanishi mumkin. 
 
 
6.Qadimgi Sharq mamlakatlarida davlat va huquq  
rivojlanishining xususiyatlari 
 
 
Sharq tushunchasi tarix fanida nafaqat geografik ma’noda, balki tarixiy-madaniy, sivilizatsiya jihatlari bilan 
ham ishlatiladi. Butun dunyo tarixida Sharqning tutgan o`rniga yetarli baho bermaslik aslo mumkin emas. Xuddi 
Sharqda ibtidoiy jamoa tuzumi birinchi marta buzila boshlangan. Kishilik jamiyati rivojlanishidagi eng muhim ijtimoiy 
va siyosiy institutlar, davlat, huquq, jahon dini ilk bor aynan Sharqda vujudga kelgan. Eng qadimgi yozuv tizimlari ham 
dastlab Sharqda paydo bo`lgan. 
 
Sharqdagi asosiy mamlakatlar (Ikki daryo oralig`i, Misr, Hindiston, Xitoy), keyinchalik esa boshqa 
mamlakatlar ham o`zlarining geografik qulay joyda joylashganliklaridan juda barvaqt foydalana boshlaganlar. 
Dastavval Sharqda - hududning asosiy qismi katta-katta daryolar (Dajla, Frot, Nil, Hind, Gang, Xuanxe va boshqalar) 
vodiylarida va faqat uzoq chekkadagina tog` tizmalari va yassi tog`liklar tashkil qilgan mamlakatlarda davlatchilikka 
o`tish ro`y bergan 
 
1. Qadimgi Sharq davlatlari insoniyat tarixidagi dastlabki va eng qadimgi davlatlar bo`lgan. Bu yerda eng 
qadimgi shahar-davlatlar jamoa-urug`chilik tashkilotlarining yemirilishi natijasida miloddan avvalgi IV-III 
yilliklardayoq paydo bo`lgan. Ular mehnat taqsimotining kuchayishi, boshqaruvchilik funksiyalarining 
murakkablashuvi, shu bilan birga, bu funksiyalarni bajaruvchi shaxslarning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan va 
jamoa tepasida turuvchi oqsuyaklar tabaqasiga aylanishi natijasida tashkil topgan. Sharqda davlat ayrim olimlar e’tirof 
etganidek, qullar va quldorlar sinfining paydo bo`lishi natijasida tashkil topmagan. 
 
2. Bizga ma’lumki, Sharq davlatlari odatda daryolar havzalarida, masalan, Misr Nil daryosi havzasida, Xitoy 
Xuanxe, Bobil Frot va Dajla, Hindiston Hind va Jamna daryolari havzalarida tashkil topgan. Bu davlatlar hududida 
dehqonchilik qilish esa botqoqliklarni quritish, irrigatsiya inshootlarini qurish asosida olib borilgan.  
3. Sharq quldorchiligi asosan patriarxal quldorchilik bo`lib, uncha rivojlanmagan, antik dunyo 
mamlakatlaridagi singari klassik shaklga ega bo`lmagan. Bu yerda qullar o`z oilalariga, hatto ayrim mulklariga ega 
bo`lganlar, qullarning mehnatidan ko`proq uy yumushlari va xo`jaligida, saroydagi turli past lavozimlarda 
foydalanilgan. Qadimgi Hindistonda xo`jayinning qullarga nisbatan o`zboshimchaliklarini cheklashga qaratilgan davlat 
qonunchiligi bo`lgan.  
 
4. Sharq mamlakatlari ijtimoiy tuzumi o`zining tabaqalashganligi, darajalanganligi, ayirmaliligi, pog`onama-
pog`onaliligi bilan ham ajralib turadi. Masalan, Bobilda hukmron tabaqalarning o`zi ham ikkiga (avilium va 
mushkenuga) bo`lingan yoki Hindistonda kastali (toifali) tuzum mavjud bo`lib, ozod aholining o`zi braxmanlar, 
kshatriylar, vayshiylar va shudralar deb ataluvchi toifalarga ajratilgan hamda ularning huquqiy holati turlicha 
belgilangan. Ko`p ukladli ishlab chiqarishga asoslangan xo`jalik hayotining tuzilishi qadimgi Sharq jamiyatlarining 
ijtimoiy tarkibi juda rang-barang, xilma-xil bo`lishini belgilagan. Ulardagi barcha aholi qatlamlarini jamiyatda tutgan 
o`rniga, shug`ullanadigan mashg`ulotiga, bir-biriga o`zaro bog`liqlik darajasiga va shu kabilarga qarab umuman 
quyidagicha uch guruhga ajratish mumkin: 1) ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lgan va qaramlik holatida 
turgan turli toifadagi shaxslar, jumladan qullar ham; 2) erkin mayda ishlab chiqaruvchilar - o`z mehnatlari evaziga 
yashovchi jamoachi-dehqonlar va hunarmandlar; 3) hukmron ijtimoiy tabaqa saroy va xizmatchi zodagonlar, 
armiyaning qo`mondonlik tarkibi, dehqonchilik jamoalarining boy yuqori qismi va boshqalar. 
 
5. Qadimgi Sharq jamiyatlarining muhim xususiyatlaridan biri ularning an’anaviyligidadir. Sharq 
mamlakatlaridagi barqaror ko`pukladlilik, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy shakllarning va institutlarning, hukmron diniy 
mafkuraning tarixan meros bo`lib o`tishligi qadimgi Sharq jamiyatlarining an’anaviylik xarakterga ega bo`lganligini 
ko`rsatadi. Buni uzoq vaqt hukm surgan qadimgi Hindiston va qadimgi Xitoy tarixi misolida yaqqol ko`rish mumkin. 
Ularning mustahkam va o`zgarmas g`oyaviy-diniy yo`l-yo`riqlar bilan muqaddaslashtirilgan ijtimoiy-siyosiy tuzumi va 
huquqiy tizimi fikrimizning dalilidir. 
 
6. Sharq mamlakatlari o`zining davlat tuzumi bo`yicha ham antik dunyo mamlakatlaridan farq qilgan. Qadimgi 
Sharq davlatlari tashkil topgan vaqtdan boshlaboq despotik shakldagi davlatlar bo`lgan. Bunga ko`ra, davlat boshlig`i – 
despot (podsho, fir’avn) hokimiyati cheklanmagan bo`lib, uning qo`lida ijtimoiy hokimiyatning hamma tarkibiy 
elementlari – oliy qonun chiqarish, ijro etuvchi, sud va harbiy hokimiyat to`plangan.  


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə