“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92

 
10
7. Sharq mamlakatlari o`zining huquq tizimi bo`yicha ham antik dunyo mamlakatlaridan farq qilgan. Avvalo 
shuni aytish kerakki, Sharq mamlakatlari huquqi insoniyat tarixidagi dastlabki huquq tizimlaridandir. Shu bois unda 
ibtidoiy jamoa tuzumining ko`pgina qoldiqlari va sarqitlari ancha vaqtgacha chuqur saqlanib qolgan. Unda hali qasos 
olish odatining izlari saqlangan, jazo tizimida jamoaviy javobgarlik, ya’ni bir kishining jinoyati uchun oila a’zolarining, 
urug`doshlarning javobgarligi, jazo tayinlashda talioniya, ya’ni "ko`zga-ko`z, tishga-tish" tamoyili, sud yuritish 
ishlarida ordaliya - sinab ko`rish mavjud bo`lgan. Bundan tashqari, qadimgi Sharq qonunlarida huquq ma’lum 
tarmoqlar bo`yicha bo`linib ishlanmagan. Unda moddiy va protsessual me’yorlar qo`shilib ketgan. Antik davlatlarda esa 
buning aksini ko`rish mumkin. Ayniqsa, tovar-pul munosabatlari ancha rivojlangan sharoitda tashkil topgan Rim 
quldorlik davlatida fuqarolik, nikoh-oila hamda jinoyat huquqlari mukammal ishlab chiqildiki, Rim huquqi Rim 
davlatidan keyin ham uzoq yashab, boshqa ko`p davlatlar huquqiga juda katta ta’sir ko`rsatdi. 
 
Qadimgi Sharq davlati va huquqi tarixini alohida mamlakatlar bo`yicha o`rganish umumiy taraqqiyot yo`lini 
ham, mahalliy ayirmalarni ham aniqlashga yordam beradi; bu ayirmalar o`zining xilma-xilligiga qaramay, tarixiy 
jarayon qonuniyatini o`zgartirmaydi. Asosiy e’tibor yirik daryolar vodiylarida vujudga kelgan, Sharq uchun tipik 
bo`lgan davlatlar - Misr, Ikki daryo oralig`i, Hindiston va Xitoyga qaratiladi. 
Davlat va huquqqa oid voqealar va hodisalar, garchi, afsuski, hamma vaqt xronologik aniqlik bilan ko`rsatish 
mumkin bo`lavermasa ham, imkon boricha izchil tartibda bayon etiladi. 


 
11
 QADIMGI MISR DAVLATI VA HUQUQI 
 
REJA: 
 
1.Qadimgi Misrda davlatning tashkil topishi va davrlarga bo`linishi 
2. Ilk podsholik (miloddan avvalgi 3100-2800 yillar) 
3. Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi 2800-2250 yillar 
4. O`rta podsholik (miloddan avvalgi 2250-1750 yillar) 
5. Yangi podsholik (miloddan avvalgi 1584-1071 yillar) 
6. So`nggi podsholik (miloddan avvalgi XI-VI asrlar) 
7. Qadimgi Misr huquqining asosiy belgilari 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998. 
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998. 
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi  tarihi. Samarqand.1992. 
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996. 
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996. 
6. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 1-
частъ. 
7. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 2-
частъ. 
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., Adolat.1999.1- qism 
9, H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.,TDYuI..2005.1- qism 
 
1. Qadimgi Misrda davlatning tashkil topishi 
 va davrlarga bo`linishi 
 
 
Dunyoda birinchi sinfiy jamiyat va davlat Misrda tashkil topgan. Misr davlati Afrikaning shimoli-sharqida vujudga 
kelgan. Nil daryosining boshidagi sharsharalardan to O`rta dengizgacha bo`lgan vodiy bu davlatning asosiy qismini 
tashkil qilib, sharq tomondagi (Nil daryosi bilan Qizil dengiz o`rtasidagi) Arab qirlari va g`arb tomondagi Liviya yassi 
tog`liklarining bir qismi ham shu davlat tarkibiga kirgan. Misrliklar o`zlarining mamlakatini "Qora tuproq"
1
 deb 
ataganlar, bu bilan ular "Qizil tuproq", ya’ni cho`lga nisbatan unumdor yer ekanligini uqtirganlar. 
 
Keyinroq Yevropa muzliklari erib bo`lgandan keyin (bundan taxminan 12-15 ming yil ilgari) Shimoliy 
Afrikaning iqlimi o`zgara boshlagan, avvalgi maysazorlar cho`lga aylana boshlagan. Natijada faqat ovchilik bilan 
tirikchilik o`tkazish ibtidoiy odamlarga kamlik qilib qolgan. Ular tepaliklardan Nil vodiysiga tushib, kichikroq 
hududlarga joylashib, o`zlashtiruvchi xo`jalikdan ishlab chiqaruvchi xo`jalikka (dehqonchilik va chorvachilikka) o`ta 
boshlaganlar. 
 
Qadimgi misrliklar bir tilda (turlicha shevada bo`lsada) gapiradigan samit-hamit guruhiga mansub yagona xalq 
bo`lgan. Misrliklarga begona xalqlar ham kelib qo`shilgan. Janubdan kushitlar yoki nubiylar (greklar bularni efioplar 
deb atagan, lekin bu hozirgi Efiopiya aholisi emas) kelib joylashgan. Misrda Markaziy afrikalik pakana (karlik) 
qabilalarning vakillarini ham onda-sonda uchratish mumkin. g`arbdan Misrga liviyaliklar (samit-hamit guruhiga 
mansub barbarlar pushtining vakillari) kelib joylashgan. Shimoli-Sharq tomondan Nil vodiysiga bir necha marta Osiyo 
xalqlari ham (asosan samitlar) bostirib kirgan. 
Ammo ko`chib kelgan bu xalqlar tub aholi misrliklar bilan juda tez aralashib ketgan, ularning tilini, urf-
odatlarini qabul qilgan. 
 
Misrliklar botqoq Nil vodiysini yangi tosh (neolit) davridan boshlab, asosan miloddan avvalgi V ming yillikda 
o`zlashtirganlar va mis-tosh (eneolit) davrida miloddan avvalgi IV ming yillikda ham o`zlashtirish davom etgan. 
Miloddan avvalgi IV ming yillikning oxirlariga kelib ovchilik ikkinchi o`ringa o`tgan, bora-bora xo`jalik faoliyati shakli 
bo`lmay qolgan, asosan ko`ngil ochadigan ermak bo`lib qolgan. 
 
Dastlab Misrda bir necha davlatchalar tashkil topgan. Misrliklar bu davlatchalarni "sepat", yunonlar esa 
"nom" deb ataganlar. Nomlar qishloq jamoalarining ibodatxonalar atrofida sug`orish ishlarini birgalikda yuritish uchun 
birlashishi natijasida vujudga kelgan. Har bir nomning o`z hokimi bo`lib, u yunon tilida "nomarx"  deyilgan. 
Ma’lumotlarga qaraganda, miloddan avvalgi IV ming yillik boshlarida Misrda 42 ta davlatcha bo`lgan. Har bir nomning 
nomarxi dehqonchilik, chorvachilik, ayniqsa sug`orish ishlarini, shuningdek, harbiy va diniy ishlarni boshqargan. 
 
Shunday qilib, qadimgi Misrda ilk davlat Nil daryosini jilovlash va yangi yerlarni o`zlashtirish, kanal va 
suv inshootlarini qurishni boshqarish, dehqonchilik va chorvachilik ishini yo`lga qo`yish, urug` va qabilalararo 
ishlarni tartibga solish, jamoani, mamlakatni qo`shni qabilalar hujumidan himoya qilish zaruriyati natijasida 
asta-sekinlik bilan vujudga kelgan.  
 
Dastlab ikkita ulkan davlat: janubda Yuqori Misr, shimolda Quyi Misr tashkil topgan. Ularning har birida o`z 
podshosi bo`lgan. Yuqori Misr podshosi Menes (Mina) miloddan avvalgi taxminan 3000-yilda Quyi Misrni o`ziga 
                                                      
1
 Ba'zan "Har ikki tuproq" yoki "Jonajon tuproq" deb ataganlar. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə