“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92

 
125
qoralangan va xatto qator hollarda qonun bo‘yicha ta’qib qilingan. Ni-kohga kirish har bir kishining burchi hisoblangan. 
Nikohga kirish burchini bajarish oila manfaatlariga, avlodlarning diniy marosimlari talablariga xizmat qilishi lozim edi. 
Nikoh tuzishdan maqsad yerdan nasl qoldirish bo‘lgan. Nikoh kelin va kuyovning oilasi o‘rtasidagi kelishuvdan iborat 
bo‘lib, bunda nikohga kiruvchilarning roziligi talab qilinmagan, lekin otalarining roziligi bo‘lishi shart edi. Nikohga 
kirish yoshi kodekslarda ko‘rsatilgan. Qoida bo‘yicha, bu erkaklar uchun 15-16 yosh, ba’zan 20 yosh, ayollar uchun 14-
15 yosh atrofida belgilangan. Hali tug‘ilmagan bolalarni unashtirish odati keng tarqalgan edi. 
Meros umuman huquqning meros bo‘lib o‘tishi xarakteriga ega bo‘lgan. Merosxo‘rlar meros qoldiruvchining 
qarzlarini to‘lash majbu-riyatiga ega edi. Unvon, mansab, agar meros tariqasida o‘tkazilsa, alohida tarzda meros qilib 
qoldirilgan. O‘lgan shaxsning mol-mulki ham erkak kishining nasl-nasabi bo‘yicha pasayib boruvchi qarindoshlarga 
alohida tarzda, meros tarzida o‘tkazilgan. Erga tegib ketgan qizlar meros olish huquqiga ega emas edi, erga tegmagan 
qizlar esa aka-ukalariga beriladigan hissaning yarmiga teng miqdorda meros olgan. Unvon (daraja) faqat katta o‘g‘ilga 
meros tariqasida o‘tgan. 
Ota o‘g‘lini merosdan mahrum qila olmagan, bir o‘g‘lining hisobiga ikkinchi o‘g‘ilning hissasini ko‘paytirish 
huquqiga ham ega bo‘lmagan. Erlar faqat diniy maqsadlarda «xayrli ishlar» uchun hadya qilinishi mumkin edi. 
Sud jarayoni  asosan inkvizitsion xarakterga ega bo‘lgan. Ish odatda 
jabrlanuvchining uyezd sudiga yozma yoki og‘zaki shikoyati bilan bosh-langan. 
Shikoyat ma’lum shaklda tuzilgan. Uni jabrlanuvchilarga sud darvozalari oldida 
o‘tiruvchi maxsus ko‘cha kotiblari tuzib berardilar. 
Sudlarda sudyalar va amaldorlardan tashqari sud nazorati xodimlari, ish 
yurituvchilar, xat tashuvchilar, qo‘riqchilar, jismoniy jazo beruvchilar (ekzekutorlar) ham mavjud edi. Guvoh sudga 
kelmasa, tayoq bilan 40-50 marta urilgan. Sudyalar so‘roq qilganlar, yuzlashtirish o‘tkazganlar, aybiga iqror 
bo‘lmaganlarga nisbatan qiynoqlar qo‘llashni tayinlaganlar. Ular ayblanuvchining aybdorligi prezumpsiyasidan kelib 
chiqqanlar. Ayblanuv-chilarning aybini tan oldirishga erishish sudyalarning asosiy maqsadi bo‘lgan. Agar ayblanuvchi 
qiynoq yo‘li bilan uch marotaba so‘roq qilinganda ham aybiga iqror bo‘lmasa, unda yolg‘on guvohlik berganligini fosh 
qilish uchun ayblovchiga nisbatan qiynoq qo‘llanilishi mumkin edi. Qullar o‘z xo‘jayinlariga qarshi ko‘rsatmalar bera 
olmaganlar. Hukm yozma shaklda chiqarilgan. Ayblanuvchi oqlanishi, mahkum qilinishi yoki uning ishi shubhali deb 
topilishi mumkin edi. 
 
7O‘rta asrlarda Yaponiya huquqining asosiy belgilari 
 
Yaponiyaning o‘rta asrlardagi huquqi uchun u yoki bu jamoalarda 
amalda bo‘lgan, u yoki bu tabaqaviy guruhda qaror topgan odat huquqi 
normalarining hamma joyda tarqalishi xarakterli edi. 
Huquq bu vaqtda, agar gunoh, jazo, «xudo sudi» haqidagi 
tasavvur bilan bog‘liq bo‘lgan jazolar to‘g‘risidagi alohida tushunchalarni hisobga olmaganda, hali diniy va axloqiy 
normalardan ajralmagan edi. Eng qadim-gi yapon manbalarida ular «yetti osmon gunohlari» (ancha og‘ir jinoyatlar) va 
«sakkiz osmon jinoyatlari» (ancha yengil jinoyatlar) ko‘rinishida may-donga chiqqan. Bunday jinoyatlar uchun yo jazo, 
yoki tuzatish nazarda tu-tilgan. Yaponiyada yozilgan huquqning tashkil topishi diniy-huquqiy maf-kuraning, 
shuningdek, Xitoy huquqi normalarining kuchli ta’siri ostida yuz berdi. Biroq, Yaponiya davlati va huquqiy institutlari 
o‘ziga xos xususiyat-larini saqlab qoldi. 
Huquqiy normalarninig birinchi yozma nusxalari, masalan, 604 yilgi Syotoku-taysi Konstitutsiyasi pand-
nasihat, yo‘l-yo‘riq, hukmdorlarning o‘z mansabdorlariga axloqiy o‘gitlari: «farmonlarni hurmat bilan qabul qilish», 
«ularga so‘zsiz rioya qilish», «xizmatlarni va majburiyatlarni ado-latli baholash» va boshqa shu kabi o‘gitlari 
xarakteriga ega edi. 
VII asrda chek yer tizimining joriy qilinishi, jamiyatning darajalarga qat’iy bo‘linishi, xuddi Xitoydagi kabi 
«kodeks» deb nom olgan qonun hujjatlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Kodekslar yer munosabatlarini, unvonli va 
darajali amaldorlarning turli guruh va vakillarining huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi normalarni, jinoyat 
huquqi (ritsu) va ma’muriy huquq (ryo) normalarini (garchand Yaponiya huquqida ular o‘r-tasidagi aniq farqlarni 
ajratish juda qiyin bo‘lsa ham) belgilaydi. Yapo-niyaning birinchi kodeksi «Tayxo ryo» hisoblanadi. Kodeksni tuzish 
usti-da, 720 yilgi yilnomada ko‘rsatilganidek, shahzoda Osakabe va Fudziva-ra xonadonining vakili Fubito 
boshchiligidagi 18 kishidan iborat komis-siya ishlagan. Kodeks 701 yilda tuzilib, 702 yilda kuchga kirdi. Kodeks us-
tida ishlash keyinchalik yana davom etdi. U 718 yilda «Yoro ritsu ryo» de-gan yangi nom bilan chiqarildi va 953 ta 
moddadan iborat edi. «Yoro ritsu ryo» - «Yoro yillari jinoiy va ma’muriy kodeksi» degani edi. Bu kodeks 
mamlakatdagi siyosiy barqarorlik munosabati bilan 757 yilda amalga kiritildi. 
«Ritsu» va «ryo» imperatorlik farmoyishlari sifatidagi o‘zining umumyapon me’yoriy xarakterini yo‘qotdi, 
ahamiyati jihatidan birinchi o‘ringa axloqiy-huquqiy odatlar - giri chiqdi. Giri individning hayotning hamma holatlari: 
ota va o‘g‘il, er va xotin, tog‘a va jiyan munosabatlarida-gi xulq-atvorini tartibga soluvchi tartib-intizom 
tasavvurlaridan kelib chiq-qan. U oiladan tashqari munosabatlarda, masalan, mulk egasi va ijarachi, qarz beruvchi va 
qarz oluvchi, savdogar va mijoz, katta amaldor va unga bo‘ysinuvchi shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solgan. 
Giri ba’zan qonun yo‘li bilan mustahkamlangan. Masalan, 1232 yilda I syogunat davrida Dzyoey yillari 
Qonunnomasi  tuziladi. Qonunnoma samuraylarning «iftixor kodeksi»ni mustahkamlab, feodallarning isyonlari va 
fitnalari uchun, ular tomonidan yerlarning noqonuniy egallab olinishi uchun qattiq jazolarni nazarda tutadi. U mavjud 
yer munosabatlarini tartib-ga keltirib, yerni meros qilib qoldirishning umumiy tartibini o‘rnatadi. 
Sud ishlarini 
yuritish 
Huquq manblari
 


 
126
Ana shunday yirik tabaqaviy me’yoriy to‘plamlardan biri «Kemmu yillari kodeksi» (1334-1338 yillar) edi. 
Mazkur to‘plam «mamlakatdagi isyon»ni tugatishga, syogun siyosiy hokimiyati barqarorligini ta’minlashga qaratilgan 
edi. Dastlab Yaponiyaning an’analari asosida 17 moddadan ibo-rat tuzilgan ushbu kodeks keyinchalik qator yangi 
qoidalar bilan to‘ldiril-gan. Kodeks ikkinchi syogunat asoschisi Asikaganing savollariga olimlar – monarxlarning 
javoblari shaklida yozilgan edi. Unda samuraylarning o‘z-boshimchaliklariga bardosh berishga majbur bo‘lgan, soliqlar 
to‘laydigan va majburiyatlar o‘taydigan yapon dehqonlarining og‘ir ahvoli qonunlash-tirilgan edi. Kodeksda 
hokimiyatga «birovning uyiga o‘z holicha bostirib kirish» amaliyotiga chek qo‘yishi, bo‘shab yotgan yerlarning 
dehqonlarga berilishi, jinoyatchilarni, ayniqsa, isyonchilar va bosqinchilarni qattiq jazo-lash buyurilgan edi. Unda 
poraxo‘rlik va uning uchun javobgarlikka alo-hida e’tibor berilgan. Poraning miqdoriga qarab mansabdor shaxs umrbod 
yoki vaqtincha mansabidan chetlashtirilishi mumkin edi. Bu kodeks 1596 yilda alohida kitob tarzida chop etildi va shu 
tarzda dunyo yuzini ko‘rdi. 
Yaponiyaning o‘rta asrlar huquqida deliktlar va ji-noyatlar, jinoyat huquqi va 
ma’muriy huquq normalari va hokazolar o‘rtasida aniq farqlar ajratilmagan edi. An’anaviy 
tushunchada ryo (xitoycha lin) - qonunlar bo‘lib, uni buzganlik uchun, ritsudan farq qilib, 
beshta og‘ir jazodan (o‘lim jazosidan tortib tayoq bilan urushgacha) birontasi ham nazarda 
tutilmagan. 
VII asrdan boshlab Yaponiyada asrlar mo-baynida yer egaligining 
uchta shakli: davlat yer-lari, jamoat yerlari va katta oilalarning yerlari 
mavjud bo‘lgan. Davlatning chek yer fondi er-kin kishilar, xoloplar, qullar 
(erkin kishiga berilgan chek yerning 1/3 qismi miqdorida), shuningdek, 
davlat xonadonlari va davlat qulari o‘rtasida taq-simlangan edi. Davlat 
xonadonlari va davlat qullari, boshqa barcha chek yer oluvchilardan farq 
qilib, davlat xazinasiga soliqlar to‘lamasdi. 
Alohida dehqon xo‘jaliklari ixtiyoridagi yerlar (tomorqa yoki yer uchastkasi, sug‘orilgan yoki haydalgan bo‘z 
yerlar) oilalarning uch avlodi egaligiga o‘tkazilgan. Tomorqa yoki bog‘ uchastkalari hajmi bo‘yicha «aslzoda» va 
«aslzoda bo‘lmagan» oilalarda, a’zolarining sonidan qat’i na-zar, teng miqdorda edi. 
Oila mulki davlat tomonidan har tomonlama qo‘riqlangan. Dehqon xo‘jaligini sababsiz bo‘lish, oiladan 
o‘zboshimchalik bilan, ruxsatsiz ajra-lib chiqish va boshqalar taqiqlangan. Oiladan ajralib chiqishni xohlovchi shaxs 
besh xonadondan «qochoq yoki yolg‘onchi» bo‘lmaganligi haqida kafillik olishi lozim edi. Jamoa mulkiga o‘rmonlar, 
tog‘lar, bo‘sh yerlar, yaylovlar kirgan. Ulardan har kim foydalanishi mumkin edi. 
Yaponiya nikoh-oila huquqi din bilan bog‘liq an’anaviy huquq sifatida o‘rta 
asrlarning barcha bos-qichlarida biron-bir ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlarni bo-shidan 
kechirmadi. 
Nikohlar oilalar tomonidan tuzilardi. Ota-ona va yaqin qarindoshlar-ning 
roziligi nikoh haqiqiyligining majburiy shartlaridan biri bo‘lgan. Shu-ningdek, kelin va 
kuyovning tabaqaviy jihatdan tengligi, ularning nikoh-gacha bo‘lgan munosabatlarining «badnom bo‘lmaganligi» talab 
qilingan. Nikoh yoshi erkaklar uchun - 15 yosh, ayollar uchun -13 yosh qilib belgi-langan edi. 
«Tayxo Yoro ryo» ning «Turmalar haqida»gi XXIX qonuniga binoan sud 
jarayoni aralash, ayblov-inkvizitsion xarakterda bo‘lgan. Sud ishi yo davlat mu-
assasasining, yoki alohida shaxsning arizasi bilan boshlangan. «Oshkora» va 
«yashirincha» chaqimchilik keng tarqalgan. 
Adliya ministrligi qaramog‘ida ikkita boshqarma: jazolar boshqar-masi va turma 
boshqarmasi mavjud edi. Jazolar boshqarmasi xazina foyda-siga mol-mulkni musodara qilish va jarimalar undirish 
ishlarini yuritardi. Turmalar boshqarmasi qamoqqa olinganlar ishining tergov qilinishini, majburiy ishlatilishini, 
hukmlarning ijro etilishini nazorat qilardi. Adliya ministrligiga o‘lim jazosi, muddatsiz surgun yoki mansabdorni 
ro‘yxatdan o‘chirish bilan ishdan bo‘shatishga oid ishlar majburiy tartibda o‘tka-zilardi. Ba’zi ishlar ko‘rib chiqish 
uchun Davlat kengashiga yuborilardi. Davlat kengashi bunday ishlarni maxsus qonunshunos-tergovchilar yorda-mida 
qo‘shimcha tergov qilishi va bekor qilishi mumkin edi. U o‘zining maxsus inspektorlari yordamida mahalliy sudlar 
qarorlarining to‘g‘riligini tekshirib turgan. O‘lim jazosi, muddatsiz surgun va mansabdorlarni ro‘y-xatdan o‘chirish 
bilan bog‘liq ishlar imperatorga doklad qilingan. Impe-rator oliy apellyatsion instantsiya sifatida maydonga chiqqan. 
 
8. O‘rta asrlarda Hindiston huquqining  
asosiy belgilari 
 
O‘rta asrlarda Hindistonning huquqiy tizimi musulmon huquqi ta’siri ostida 
muhim o‘zgarishlarga uchradi. Hindistonda musulmon hukmronligi o‘rnatil-gandan 
keyin mahalliy huquq va dxarmashastra huquqining qo‘llanishi ham shaxslar doirasi 
jihatidan, ham bu huquq normalari bilan tartibga soli-nadigan munosabatlar doirasi 
jihatidan qisqardi. Jinoyat ishlari musulmon huquqi  normalari asosida musulmon 
sudyalari - qozilar tomonidan hal eti-lishi lozim edi. Musulmon huquqi hududiy xarakter kasb etib, bosib olin-gan 
hududlar aholisining barchasiga qo‘llanilardi. Musulmon huquqi nor-malari o‘zining eskirgan kontsepsiyalari, sun’iy, 
kam samarali dalillar tizimi bilan 1832 yilda mustamlakachi davlat tomonidan musulmon huquqi normalarining barcha 
nomusulmonlarga nisbatan qo‘llashning bekor qili-nishi haqidagi qonun qabul qilinguncha qaror harakatda bo‘ldi. 
Jinoyat 
huquqi
 
Mulkiy 
munosabatlarnin
g tartibga 
Nikoh-
oila 
Sud 
jarayoni
 
Huquq 
manbalari
 


 
127
Eng dastlabki sharhlovchilardan biri Asaxayya (taxminan VII asrda) bo‘lib, u mashhur Narada 
dxarmashstrasini - Naradab-xaziyani sharhlagan. Ayniqsa Manu qonunlari tez-tez qayta yozilgan va sharhlangan. 
Bizgacha Manu qonunlariga yozilgan    Bxaruchchi (VIII asr), Medxatitxi (IX asr), Gavindaraji (XII-XIII asrlar) va 
boshqalarning sharhlari yetib kelgan. Shuningdek, yana bir boshqa mashhur dxarmashstra - Yajna-valka ham bir necha 
marta sharhlangan. Yajnavalkaga sharhlardan biri XI asrda Vijna-neshvara tomonidan yozilgan Mitaksharadir. 
Vijnaneshvara Hindistonda keng tarqalgan ikki hind huquqi maktablaridan biriga ana shunday nom bergan edi. Hind 
huquqining boshqa maktabi - Dayabxachining asoschisi Jimutavaxan bo‘ladi. U XII asrda nibandxa tuzgan edi. 
Nibandxada meros huquqi va katta ajralmas hind oilasi mulkini taqsimlashning ba’zi masa-lalari Mitaksharaga 
qaraganda boshqacharoq hal qilingan. 
O‘rta asrlar Hindistonida oilaviy munosabatlar sohasi bilan ashyo hu-quqining boshqa qator an’anaviy 
normalari chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Shuni ta’kidlash joizki, keyinchalik mustamlaka o‘lkasi bo‘lgan Hindiston-da 
XIV asrda huquq sohalarining kodekslashtirilishi ashyo huquqi norma-lariga taalluqli bo‘lmagan. Bu o‘z ahamiyatini 
hozirgi vaqtda ham yo‘qot-magan. O‘rta asrlar Hindistonida ashyo huquqining muhim institutlaridan biri «benami» 
mulkchiligi edi. U inglizlardagi ishonib topshirilgan mulk institutiga juda o‘xshash bo‘lgan. Benami - o‘z pullariga, 
lekin boshqa shaxs nomidan yoki o‘z nomidan sotib olingan, biroq boshqa shaxsga uning uchun qandaydir foyda 
keltirish maqsadini ko‘zlamasdan berilgan mulkdir. Benamidan, bir tomondan, mulk egasining mulki miqdorini, boy-
ligini yashirish vositasi sifatida foydalanilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qarindoshlarni, umumiy merosxo‘rlarni 
chalg‘itish vositasi sifatida foydalanilgan. 
Oilaviy munosabatlar sohasi bilan mustahkam bog‘liq bo‘lgan mulk huquqining yana bir an’anaviy instituti 
«rejiya»  edi. U oilaning bo‘linmas mulki hisoblangan. Bu mulk meros bo‘yicha oilaning faqat bitta a’zosiga 
o‘tkazilgan. Oilaning boshqa barcha a’zolari ushbu mulkka nisbatan hech qanday huquqlarga ega bo‘lmagan. O‘rta 
asrlar Hindistonida xususiy yer egaligining o‘sishi sharoitlarida rivojlangan bo‘linmas mulk uzoq vaqt mobaynida 
boshqa, ancha qadimiy hisoblangan katta, bo‘linmagan oila mulki bilan birga yashagan. Bo‘linmagan, katta hind oilasi 
mulki bilan oilaning bo‘linmas mulki o‘rtasidagi farq asosan shundan iboratki, bo‘lin-mas mulk hamvorislar o‘rtasida 
taqsimlanmagan. Katta oila a’zolari (ham-vorislar) uni taqsimlanishini, undan birgalikda foydalanishni, uning yago-na 
egasi tomonidan tasarruf qilinishini taqiqlashni talab qila olmaganlar. Lekin, katta oilaviy taqsimlanmagan mulkchilik 
ta’siri ostida, ba’zi kasta-lardagi urf-odatlar kuchi bilan hamvorislar ba’zan bo‘linmas mulkdan ta’-minot olishni talab 
qilish huquqiga ega bo‘lganlar. Bu huquqdan ko‘pincha bo‘linmas mulkni ushlab turuvchilarning o‘g‘illari 
foydalanishlari mumkin edi. Bo‘linmas mulkni meros qilib qoldirishning alohida qoidalari belgi-langandi. U asosan 
mayorat prinsipi bo‘yicha, ya’ni vafot etgan mulk egasining o‘g‘liga meros qilib qoldirilardi. 
O‘rta asrlar Hindistonida tarqalgan diniy mulkchilikning yana bir shakli - matxa (diniy monaxlari bo‘lmagan 
monastirni eslatuvchi hind maktabi) foydasiga qurbonlik qilingan mulk edi. Bunday mulk shaklining tarqalishiga 
Hindistondagi mazhabchilik harakati sabab bo‘lgan. Matxalar u yoki bu ta’limotlarni targ‘ib qilish, o‘z izdoshlarini 
to‘plash maqsad-larida ham tuzilgan. Masalan, o‘rta asrlar Hindistonida mazhablar va kas-talar ko‘pincha bir-biriga 
mos tushadi, ko‘pincha kasta (mazhab) boshlig‘i yoki uning panchayati (o‘zini-o‘zi boshqarish organi)ning oliy diniy 
hoki-miyatga ega bo‘lgan ilg‘or a’zosi-maxant, mazhab boshqaruvchisi, uning mulkini boshqaruvchisi sifatida 
maydonga chiqadi. 
Ko‘pchilik matxalarning o‘z ibodatxonalari mavjud edi. Maxant bir vaqtning o‘zida ham shebait, but-sanam 
mulkini boshqaruvchisi, ham ibo-datxona xizmatchisi bo‘lishi mumkin edi. Maxantlarning huquqiy holati mahalliy 
odatlar bilan belgilangan. Maxant katta huquqlarga ega bo‘lib, matxa boshlig‘ining merosxo‘ri bo‘lishi, hatto o‘ziga 
voris tayinlashi, kasta (mazhab) ning panchayatiga boshliq etib saylanishi mumkin edi. Ba’zi yirik matxalar o‘zlarining 
mahalliy bo‘limlari - pitxalariga  ega edi. Matxalarning diniy ta’sirini siyosiy ahvoldagi hech qanday o‘zgarishlar 
sindira olmagan. Matxalar nafaqat induizmning, balki diniy falsafa, siyosiy fikrlarning ham tarqalishida juda katta rol 
o‘ynaganlar, bu bilan o‘rta asr hind jamiyatini birlashtirishda kuchli omil bo‘lgan diniy-madaniy aloqalar-ning 
rivojlanishiga katta hissa qo‘shadilar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
128
 
Ìóíäàðèæà 
 
1. KIRISH___________________________________________________________________1 
2. XORIJIY MAMLAKATLAR DAVLATI VA HUQUQI TARIXI - ASOSIY TARIXIY-
HUQUQIY FAN_______________________________________________________________ 1-9 
3. QADIMGI MISR DAVLATI VA HUQUQI____________________________________9-15 
4. QADIMGI MESOPATAMIYADA DAVLAT VA HUQUQ. (Shumer va 
Bobil)______________________________________________________________________16-20
5. QADIMGI HINDISTON DAVLATI VA HUQUQI_____________________________21-24 
6. QADIMGI XITOY DAVLATI VA HUQUQI_________________________________25-29 
7. ANTIK DUNYO DAVLATI VA HUQUQI. QADIMGI YUNONISTON VA QADIMGI 
RIM DAVLATI VA HUQUQIGA UMUMIY 
TAVSIF____________________________________________________________________30-32 
8. QADIMGI YUNONISTON TARIXIGA UMUMIY TAVSIF. AFINA VA SPARTANING 
IJTIMOIY SIYOSIY TUZUMI__________________________________________________32-37 
9.YUNONISTON HUQUQINING ASOSIY BELGILARI________________________37-40 
10. QADIMGI RIM DAVLATINING TASHKIL TOPISHI VA 
RIVOJLANISHI______________________________________________________________41-45 
11. RIM HUQUQI_________________________________________________________46-51 
12. O‘RTA ASRLARDA YEVROPA MAMLAKATLARI DAVLATI VA 
HUQUQI______________________________________________________________________52 
13. FRANKLAR DAVLATI VA HUQUQI (V asr - IX asrning birinchi yarmi)_________53-58 
14. FRANSIYA DAVLATI VA HUQUQI (IX asrning o‘rtasi - XVIII asr oxiri)________59-69 
15. GERMANIYA DAVLATI VA HUQUQI (IX asrning o‘rtasi - XVIII asr)__________70-77 
16. ANGLIYA DAVLATI VA HUQUQI (V asr-XVII asrning o‘rtasi)________________78-87 
17. O‘RTA ASRLARDA ROSSIYA DAVLATI VA HUQUQI TARIXI (IX ASR-XIX 
ASRNING O‘RTASI)________________________________________________________ 88-102 
18. O‘RTA ASRLARDA SHARQ MAMLAKATLARI DAVLATI VA HUQUQI____102-103 
19. O‘RTA  ASRLARDA  SHARQ  MAMLAKATLARI  DAVLATI_____________  104-115 
20. O‘RTA  ASRLARDA  SHARQ MAMLAKATLARI HUQUQINING 
RIVOJLANISHI___________________________________________________________115-125
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə