«davlat huquqi» kafedrasi malakaviy bitiruv ishi



Yüklə 257,2 Kb.
səhifə1/4
tarix22.11.2017
ölçüsü257,2 Kb.
#11633
  1   2   3   4


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


HUQUQShUNOSLIK FAKULTETI


«DAVLAT HUQUQI» KAFEDRASI


MALAKAVIY BITIRUV ISHI
MAVZU: MA’MURIY HUQUQBUZARLIK BO’YICHA ISH YURITISH.
Ilmiy rahbar: dots.Qo’ldoshev M.

Bajaruvchi: Nasriyev Aziz.

S A M A R Q A N D – 2 0 1 2
MAVZU: O’ZBEKISTON MILLIY HUQUQIY TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY MUAMMOLARI

M u n d a r i j a
Kirish..............................................................................................................3
I BOB.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUQUQIY TIZIMI VA UNING UMUMIY TAVSIFI.

1.1. O’zbekiston Respublikasining huquqiy tizimi mohiyati va mazmuni.....4

1.2. Huquqiy tizimning elementlari va funksiyalari......................................18
II BOB.

O’ZBEKISTON MILLIY HUQUQIY TIZIMIDA HUQUQIY QADRIYATLARNING NAMOYON BO’LISHI.

2.1. Huquqiy tizimni modernizasiya qilishning ustuvor yo’nalishlari..........38

2.2. Huquqiy tizim tarkibida huquqiy qadriyatlarning qaror topishi va mustahkamlanishi..........................................................................................48
Xulosa...........................................................................................................56

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...........................................................59


Kirish

Huquqiy tizim jamiyatda amal qiluvchi normativ tizimlar ichidagi eng murakkab hodisadir. Huquqni yaratish, uni insonlar ongiga singdirish, so’ngra, uning talablarini huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari fe’l-atvori, xatti-harakati mazmuniga ko’chirish va, pirovardida, qonun chiqaruvchi organ ko’zlagan maqsad hamda samaraga erishish serqirra, uzoq davom etadigan mashaqqatli jarayon ekanligi ayon. Huquqni yaratish, uni qo’llash, huquqiy tartibga solishni amalga oshirish, qonuniylik va huquqiy tartibot muhitini vujudga keltirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza etish kabi qator huquqiy voqyeliklarni bir butun tizim tarzida talqin etishgina bu murakkab hodisaning mohiyatini to’la anglash imkonini beradi.

Mamlakat huquqiy tizimi jamiyatda amal qiluvchi barcha huquqiy institutlar, normalar, prinsiplar, jarayonlarning o’zaro aloqador bir butun yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. O’zbekiston huquqshunoslik fani tomonidan huquqiy tizimni nazariy tahlil etishga bag’ishlangan tadqiqotlar unchalik ko’p emas. Ma’lumki, huquqiy tizimning sof yuridik, ya’ni institusional va funksional jihatlari bilan bir qatorda, uni ma’naviy-axloqiy jihatdan, shuningdek qadriyatlar nuqtai nazaridan o’rganish ijobiy natijalar berishi mumkin. Shu bois mazkur tadqiqotda huquq hodisasiga tizimli yondashish, huquqiy tizimning tushunchasi, mohiyati, tarkibiy tuzilishi va amal qilish mexanizmlarini aksiologiya (qadriyatlar ta’limoti) nuqtai nazaridan talqin etishga harakat qilindi.

Shu maqsadda huquqiy qadriyatlar mavzusiga e’tibor qaratildi. Huquqiy qadriyatlarning ijtimoiy qadriyatlar tizimidagi o’rni va ahamiyati o’rganildi. Huquqiy qadriyatlarning tabiati, mazmun-mohiyati va tasnifi xususida ilmiy bahs olib borilib, ularni talqin etishning metodologik jihatlari ochib berildi.



I BOB.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUQUQIY TIZIMI VA UNING UMUMIY TAVSIFI.

1.1. O’zbekiston Respublikasining huquqiy tizimi mohiyati va mazmuni

O’zbekiston Respublikasining milliy hukukiy tizimi hozirgi shiddatli globallashuv sharoitida ham jo’shqin shakllanayotgan va rivojlanayotgan ijtimoiy tizimlardan biridir. Hukukiy tizimning taraqkiy topganlik darajasi, o’z navbatida, mamlakatdagi barqaror iktisodiy, ijtimoiy, siyosiy tizimlar bilan uzviy bo’lish barobarida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatida namoyon bo’ladi. Jamiyat a’zolarining hukuqiy tizim to’g’risida muayyan tasavvurga ega bo’lishlari yuksak ma’rifiy va demokratik g’oyalarga asoslangan fuqarolik jamiyati sari olg’a borayotgan mamlakatimiz ko’zlagan buyuk maqsadlarga erishishning muhim omilidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov Oliy Majlis palatalarining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisida bayon etgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fukarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» da ta’kidlaganidek, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huqukiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo’lib kolmoqda1.

Mamlakatimiz milliy hukukiy tizimini tavsiflashdan avval «huquqiy tizim» tushunchasini nazariy jihatdan talqin va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Umuman «tizim» tushunchasi yunoncha «sistema» so’zidan olingan bo’lib, «qismlardan tashkil topgan butun, majmua» degan ma’noni anglatadi1. Voqyelik va hodisalarni tizimli o’rganish falsafa fanining muhim yutug’i bo’lib, bugungi kunda barcha tabiiy va ijtimoiy sohalarga, jumladan, huquq sohasiga ham keng joriy etilmoqda.

«Tizim» iborasi muhim ilmiy kategoriya hisoblanib, undan dunyoviy bilimning turli sohalarida samarali foydalaniladi. Falsafiy nuqtai nazardan, bu kategoriya atrof muhitdan o’ziga xos abstrakt alohidalangan bo’lib, ichki izchillik, o’zaro aloqadorlik, mantiqiy mutanosiblik va munosabatlarning bir butunligini ifoda etadi.

Tizimning muhim jihati vokelikning ichki tarkibiy qismlarga egaligi, ushbu kismlar orasida pog’onali bo’ysunishning yuzaga kelishi hamda bu kismlarning nisbiy mustaqilligida aks etadi2. Har bir fan o’zi o’rganayotgan obyektning mazmun-mohiyatini ochishga tobora chuqurroq kirib borishi barobarida o’rganilayotgan ijtimoiy hodisalarga tizimli yondashuv, tizimli tahlil usullarini qo’llash, tizimli tadqiqotlar olib borishga bo’lgan qiziqish tobora kuchayib boradi. Bu esa insonning o’zini o’rab turgan hodisalar to’g’risidagi bilimlarining tobora chukurlashib va kengayib borishi bilan chambarchas bog’liqdir.

Borliqqa tizimli yondashuv g’oyasi, mashhur nemis mutafakkiri G. V. Gegelga borib taqaladi. Uning fikricha, falsafaning har bir tarkibiy qismi o’zi bir butun, alohida doirani tashkil etadi. Shu bilan birga, har bir hodisa o’zidan kengroq, bo’lgan hodisa uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Lekin falsafiy g’oya ushbu tarkibiy qismlarning har birida hamda butun tizimda o’ziga xos muayyanlik bilan mavjud bo’ladi3. Professor D. A. Kerimovning fikricha, tizimli tadqiqotlarning dolzarbligi ikki muhim holat bilan bog’liq: birinchidan, hayotning tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlarini tizimli, yaxlit va majmua tarzida anglashning amaliy ehtiyoji o’sib bormoqda, ikkinchidan, zamonaviy nazariy va amaliy bilim hamda faoliyat nihoyatda teranlashib, ixtisoslashib bormoqda. Bu esa ularni uzviy yaxlitlikda o’rganish zaruratini yuzaga keltirmokda. Shu sababli bilim va ijtimoiy faoliyatni nafaqat tizimlashtirish, shu bilan birga ijtimoiy hayot hamda ijtimoiy faoliyatni umumlashtirish, sintez orqali ular orasidagi aloqadorlikni ochib berish ehtiyoji vujudga keladi. Mazkur vazifani aynan tizimli tadqiqotlar hal etadi1.

Ilmiy adabiyotlarda «tizim» va «sistema» iboralari sinonim, aynan bir xil ma’noli so’zlar tarzida qo’llanadi. Falsafiy qomusiy lug’atda: «tizim, sistema (qismlardan iborat butun) — o’zaro munosabat va aloqada bo’lgan, muayyan yaxlitlikni hosil qiluvchi ko’p qismlar (elementlar) majmui», — deb ta’rif berilgan2. Yana shu manbada quyidagi izohlarni uchratish mumkin. «Sistema» — yaxlit bir butunlik sifatida tashkil topgan obyektni ifodalovchi ijtimoiyfalsafiy kategoriya. Odatda, sistemani eng umumiy tarzda elementlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar birligi sifatida ta’riflaydilar. «Sistema» tushunchasi o’z ma’nosiga ko’ra «aloqa», «element», «butun», «birlik», «struktura», (elementlar o’rtasidagi aloqalar sxemasi) tushunchalari bilan bog’liq. Ushbu o’rinda sistemali tadqiq etishning asosiy vazifalari: sistema elementlari, aloqalari va strukturasini, elementlar o’rtasidagi bog’liqlikni ajratishdir. Sistemaning mohiyatini metodologik tushunishga ko’ra sistemalilik obyekt va hodisalarning o’z xossasi deb emas, balki faoliyatning aniq bir maqsadga yo’naltirilishi, tafakkurni tashkil etish sifatida ta’riflanadi.

Shunday qilib, sistema (tizim) atrof muhitdan, ijtimoiy hayotdan ajratib olingan o’zaro ichki munosabat va aloqalar asosida birlashgan bir qancha elementlar va ular tarkibiy tuzilmalarining yaxlit bir butunligidir3.

Huquqiy hodisalarga sistemali, tizimli yondashuv ularni mukammal tadqiq etishni ta’minlaydi. Bu, o’z navbatida, mazkur hodisalarning tizimlilik sifatlari va o’zaro aloqadorligini aniqlab olishni taqozo etadi.

Hukuqiy hodisalar — insonlar irodasining mahsuli. Aynan insonlar, ularning uyushmalari siyosiyhuquqiy institutlarni, shuningdek huquqiy hodisalarni vujudga keltiradi. Mazkur siyosiyhukuqiy institutlar va huquqiy qoidalar yig’indisi o’zaro aloqada bo’ladi va yaxlit bir butunlikni tashkil etadi1. «Ularning tizimlilik xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi: Tizim, eng avvalo, — bu yaxlitlik, uning tarkibiy qismlarining birlashishi ehtiyojzaruriyat tufayli yuz beradi. Bunday birlashish nafaqat rasman, shu bilan birga ular oldida turgan maqsad va vazifalarning yagonaligi, amal qilish jarayonida organik aloqalar bilan bog’langan va o’zaro ta’sir ko’rsatuvchi holatlari bilan ifodalanadigan mohiyatmazmun belgilari bo’yicha ham yuzaga chiqadi»2. «Muayyan tizimning xususiyati shunda ifodalanadiki, uning tarkibiy qismlari bir butunlikka birlashadi. Qismlar butunni hosil qilishiga qaramasdan, aynan umumiylik va yaxlitlik qismlarni birlashtiradi, ularning mohiyati, mazmuni va shakllarini, tizim tarkibidagi o’rni va vazifasini, ularning o’zaro ta’sir etish shakli va usullarini belgilab beradi». Yuridik adabiyotlarda tizimning organik va summativ turlari alohida ajratib ko’rsatiladi. Tizimni organik (tarkibiy birlik) deb tan olish uchun elementlar yig’indisi (summasi) mavjud bo’lishining o’zi yetarli emas. Buning uchun obyekt o’z tarkibiy elementlari va ularning struktura tuzilishiga ega bo’lishi, bu qismlar esa o’zaro aloqador va bog’liq bo’lib, ma’lum bir funksiyani bajarishga safarbar etilgan bo’lishi kerak.

«Hukuqiy tizim» tushunchasi yuridik fanga XX asrning so’nggi choragida kirib kelgan bo’lib, u bugungi kunga kelib hayotimizdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tizimlar kabi o’zining mustahkam mavqyeiga ega bo’ldi. Huquqiy tizim huquqqa oid tushunchalar, huquqiy institutlar, huquqiy jarayonlar va boshqa barcha huquqiy voqyeliklarni o’zida mujassamlashtirgan holda ular o’rtasidagi aloqadorlikning ifodasi sifatida namoyon bo’ladi.

Huquqiy tizim, shuningdek, davlat va jamiyatning huquqqa nisbatan munosabatini ifodalaydi. Yuksak darajada rivojlangan huquqiy tizim nafaqat huquqni ijod qiluvchi, uni amalga oshiruvchi hamda muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qulayliklar yaratadi, balki barcha ijtimoiy munosabatlarning samarali me’yorlanishini ta’minlaydi.

Huquqiy tizimni alohida tadqiq etish va unga baho berishda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish lozim:


  • huquqiy tizim tushunchasi (mazmuni);

  • huquqiy tizimning tarkibi (tuzilishi);

  • huquqiy tizimning (makon va zamonda) amal qilish doirasi;

  • uning o’ziga xos xususiyatlari (belgilari).

Huquqiy tizim tushunchasini tahlil etishda mamlakatimiz va xorijlik olimlarning bu boradagi fikrlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Ushbu tushuncha huquqshunoslar tomonidan turlicha talqin etiladi. Huquqshunoslarning huquqiy tizim to’g’risidagi fikrlari qanchalik obyektiv yoki haqiqatdan uzoq bo’lmasin, u to’g’risidagi tasavvurimizni shakllantirishga va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ba’zi mualliflar «huquqiy tizimini huquq tizimi» bilan aynanlashtiradilar1, boshqa olimlar esa, mazkur tushuncha doirasida huquqiy normalar va huqukiy munosabatlarning birga mavjudligini nazarda tutadi2. Uchinchi guruh mutaxassislarning ilmiy ishlarida huquqiy tizim tushunchasi normativ tuzilma sifatidagi huquqning tuzilishini, vakolatli organlarning hukuk ijodkorlik va huquqni qo’llash faoliyatlarini qamrab olishini ta’kidlaydilar3.

«Huquqiy tizimni u yoki bu jamiyatning huquqiy jihatdan tashkil etilishining sifat holatini ifoda etuvchi va ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi, o’zaro bog’langan va o’zaro harakatda bo’lgan yuridik vositalar yigindisi sifatida ta’riflash mumkin» — deya, qayd etadilar belarus olimlari A.F. Vishnevskiy, N.A. Garbatok, V.A. Kuchinskiy4.

Akademik V. S. Nersesyansning fikricha, huquqiy tizimni ta’riflash, aslida, huquqni umumiy tushunishni shartli ravishda «huquqiy tizim» iborasi bilan almashtirishni bildiradi. «Bunday almashtirishga urinish, — deb ta’kidlaydi V. S. Nersesyans, — sobiq sovet davrida ham mavjud edi, go’yoki yangi so’zlar yaratayotgandek bo’lib, huquqni tushunishning sovetchalegitim ta’rifini saqlab qolish maqsadini ko’zlagan va bizning fanimizda allaqachon shakllanib bo’lgan huquqni yuridik ma’noda tushunishga (legitivizm, pozitivizm) qarshi har qanday yo’llar bilan qarshilik bildirish edi»1.

Professor Yu. A. Tixomirov aynan huquqni yaxlit ijtimoiy hodisa sifatida tadqiq etish ehtiyoji «huquqiy tizim» tushunchasining vujudga kelishiga sabab bo’lganligini ta’kidlaydi. Ushbu tushuncha orqali olim huquqiy tizim tushunchasining keng ma’noda qo’llanishini e’tirof etadi.

Ayrim mualliflar fanda tobora mustahkam o’rin olayotgan va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan keng miqyosdagi yondashuvga katta ahamiyat beradilar. Bir qator ishlarda «huquqiy tizim» tushunchasi shakllanishining ontologik va gnoseologik masalalari ko’tariladi, ilmiyhuquqiy bilimlarning tabaqalashuvi va o’zaro aloqalarining ta’siri ko’rib chiqiladi2. Bizning fikrimizcha, huquqiy tizimga aksiologik jihatdan yondashish maqsadga muvofiqdir. O’z navbatida, huquqiy tizim va uning tarkibiy elementlarida qadriyatlar va fuqarolar manfaatlari masalasiga e’tibor qaratish o’rinli.

Hukuqshunos olim T. V. Kuxarukning fikricha, «jamiyat huquqiy tizimi» shunday ilmiy kategoriyalar sirasiga kiradiki, uning fanda vujudga kelishini faqatgina ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat huquqiy hayotida ro’y berayotgan o’zaro aloqador, huquqiy borliqda tizimli xususiyatning mavjudligi bilan tushuntirish mumkin emas. Mazkur tushuncha shakllanishining asosiy omillarini yuridik bilimlar sohasi, uning sifati, unda ro’y berayotgan jarayonlar, tadqiqot metodologiyasidan izlash lozim. Bunda huquqiy tizim tushunchasining vujudga kelishi va rivojlanishida u yoki bu omilning ahamiyatini oshirib yuborishga yo’l qo’ymaslik lozim1.

Huquqiy tizimni tadqiq etishda uchta yirik aloqalar guruhi to’g’risida fikr yuritish mumkin. Birinchidan, bu huquqiy tizimning huquqni u yoki bu tarzda shakllantiradigan, huquqiy ko’rsatmalarga aniq mazmun bag’ishlaydigan ijtimoiy tizimning qolgan barcha qismlari bilan aloqasi. Ularni boshqacha tarzda ifodalaydigan bo’lsak, hukuqning mazmunini belgilaydigan tashqi aloqalar tizimi deb ham atash mumkin. Ikkinchidan, huquqiy tizimning o’zidagi ichki aloqa va o’zaro bog’liqlikdir. Ular huquqiy tizimning asosiy komponentlari, huquqiy materiya tashkil etilishini ifodalovchi aloqalarning tizimli guruhi deb ataladi. Uchinchidan, bu huquqiy tizimning barcha ijtimoiy tizimlar bilan qaramaqarshi aloqalari. Ularni huquqiy tizimni tashkil etuvchi va tartibga soluvchi imkoniyatlarni ochib beradigan aloqalar guruhi deb atash mumkin. Keng sosiologik ma’noda, aynan mana shu aloqalar nihoyatda katta ahamiyatga ega. Chunki ular orqali huquqiy tizimning insonlar hayotidagi amaliy ahamiyati namoyon bo’ladi, qaramaqarshi aloqalar orqali jamiyatning asosiy ijtimoiy tizim hosil qiluvchi omillari ifodalanadi. Ular ta’sirida ijtimoiy tizimning muvozanatda bo’lishi ta’minlanadi, tarkibiy bo’g’inlarning funksiyalari, faoliyati muvofiqlashtiriladi2.

Amerikalik yurist Lourens Fridmanning ta’kidlashicha, «huquqiy tizim aynan huquqning tuzilish qismlarining butun bir shaklidir»3. Ushbu ta’rifda ko’proq «huquq tizimi» tushunchasiga oid fikr ilgari surilmoqda. Chunki huquqning ichki tuzilish qismlari huquq sohalari, huquq institutlari va huquq normalaridan iborat bo’lib, «huquq tizimi» deb e’tirof etiladi.

«Huquqiy tizim» haqida fikr yuritganda, ba’zi olimlar «huquq tizimi» doirasidagi fikrlarni ilgari surishadi. To’g’ri, hukuq tizimi o’z tarkibiga huquq sohalari, huquq institutlari, huquq normalarini qamrab olgani holda, huquqiy tizim o’zagini tashkil etadi, lekin faqat huquqiy normalarning o’zi huquqiy tizim bo’la olmaydi. Huquqiy tizim huquq normalaridan iborat bo’lgan obyektiv huquqdan farq qilib, nafaqat bir turdagi elementlarni, balki turli yo’nalish va harakatda bo’lgan tuzilmalarni ham o’zida mujassamlashtiradi. «Huquqiy tizim» keng qamrovli tushuncha bo’lib, muayyan makon va zamonda amal qilayotgan huquqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar, normalar hamda huquqiy jarayonlarning mushtarak bir butunligi, o’zaro uzviy bog’liqligi va aloqadorligidir1.

Huquqiy tizimga harakatdagi hodisa sifatida qarash lozim. Fikrimizni M. N. Marchenkoning huquqiy tizim to’g’risidagi qarashlari tasdiqlaydi. Uning fikricha, huquqiy tizim deganda, biror mamlakat doirasida amal qiluvchi barcha yuridik vositalar, institutlar va muassasalarning yig’indisidan tarkib topuvchi mamlakatning butun huquqiy tuzilmasi, jamiyatning huquqiy jihatdan tashkil etilganligi tushuniladi2.

Huquqiy tizim, jamiyatda amal qiluvchi huquqiy normalar, prinsiplar, institutlar va barcha g’oyaviy, mafkuraviy, huquqiy voqyeliklarning majmui hisoblanadi. Har bir mamlakat huquqiy tizimi o’zining muayyan mantiqiy ichki tarkibiy tuzilishiga ega bo’lgan murakkab ijtimoiy hodisadir. Huquqiy tizim siyosiy hamda ijtimoiy tizimlar bilan uzviy bog’liq holda harakat qilib, ularni huquqiy jihatdan tartibga soluvchi tizim sifatida maydonga chiqadi.

Shu ma’noda mazkur tizimlar o’zaro ta’sir etish va o’zaro mutanosiblik asosida faoliyat yuritadi. Hukuqiy tizim — siyosiy hokimiyat tomonidan qabul qilingan, iyerarxik tarzda joylashgan normativhuquqiy hujjatlar yig’indisidir3. Professor S. N. Yegorovning bu fikriga to’liq qo’shilish mumkin emas. U «huquqiy tizim» tushunchasini tor ma’noda talqin etadi. Bizningcha, bu yerda fikr asosan huquqiy tizimning normativ jihati xususida bormoqda.

«Huquqiy tizim — o’zaro bog’liq bo’lgan, mutanosib va birbiriga ta’sir qiluvchi huqukiy vositalardan iborat bo’lib, ijtimoiy munosabatlarni, shuningdek, u yoki bu mamlakatdagi huquqiy rivojlanish darajasini tavsiflovchi tarkibiy qismlarni tartibga soladi»1. Ushbu tushuncha ham huquqiy tizimni yoritishda muhim ahamiyat kasb etib, huqukka oid vositalarni asos sifatida talqin etmoqda. Shu o’rinda huquqiy vositalar bilan birga ular harakatining ham o’zaro bog’liqlikda bo’lishini qayd etish lozim. Chunki tarkibiy qismlarning o’zaro uzviy bog’liq harakati muayyan tizimni hosil qiladi va rivojlantiradi.

Professor N. I. Matuzovning e’tirofiga ko’ra, «huqukiy tizimni ichki muvofiqlashgan, o’zaro bog’langan, ijtimoiy bir turdagi yuridik vositalar yig’indisi sifatida ta’riflash mumkin. Davlat ularning yordamida ijtimoiy munosabatlarga zarur normativ (mustahkamlash, tartibga solish, qo’riqlash, muhofaza qilish kabi) ta’sir ko’rsatadi»2. Lekin fanda «huquqiy tizim» tushunchasini «huquq tizimi», «qonunchilik tizimi», «yuridik normalar tizimi» tushunchalari bilan aynan bir xil, deb hisoblash uchrab turibdi. Huquqiy tizimni tushunishda, «huquq tizimi» va «huquqiy tizim» kategoriyalarining o’zaro farqini ajratib olish maqsadga muvofikdir.

Chexiyalik akademik I. Saboning fikricha, «hukuqiy tizim tushunchasi muayyan huquk tiliga tegishli bo’lgan alohida tizimlarni ifodalashga xizmat qiladi», bunda gap «huquq normalarining oddiy yig’indisi emas, balki mantiqiy jihatdan shakllangan yagona huquqiy tizim to’g’risida boradi»3. U «huquqiy tizim» tushunchasini «huquq tizimi» kategoriyasi bilan chalkashtirib yubormaslik haqida ogohlantiradi. I. Sabo xam M.N. Marchenko kabi «huquqiy tizim» kategoriyasini «huquq tizimi» va «qonunchilik tizimi»dan farqlaydi. Unga ko’ra, «huquq tizimi» huquqning ichki tuzilishi, uning tarkibiy qismlarining tashkil etilishi va joylashishining muayyan tartibini ifodalaydi. «Huquqiy tizim» esa mamlakat hududi doirasida amal qiladigan barcha yuridik vositalar, institutlar va muassasalarning yig’indisidan iborat bo’lib, butun jamiyat hayotining huquqiy tashkil etilishini ifodalaydi4.

Jamiyat «huquqiy tizimi» tushunchasini shakllantirishning metodologik asoslari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:


  1. huquqshunoslik fanida xukuk, boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan tizimli yondashuvni keng qo’llash, shu orkali huquqiy hodisalarni tizim sifatida, ularning ichki hamda tashqi aloqalarini tahlil etishga erishiladi;

  2. fanda huquqqa nisbatan, uni harakatda, borliq sifatida mavjudlikda tadqiq etishni talab qiluvchi sosiologik yondashuvning keng qo’llanilishi;

  3. dunyo yuridik fani darajasida axborot almashinuvi va qiyosiy huquqshunoslikning rivojlanishi;

  4. yuridik fanda huquqni ko’p jihatli hodisa sifatida talqin etish (metodologik plyuralizm)ning shakllanishi va mustahkamlanishi1.

Shunga qaramasdan, nazariyotchi huquqshunos olimlar o’rtasida «jamiyat huqusiy tizimi» tushunchasining vujudga kelishi, shakllanishi, uning mazmuni va hajmi yuzasidan haligacha bir fikrga kelingani yo’q. Fanda «huquqiy tizim» tushunchasi «huquq tizimi», «qonunchilik tizimi» atamalari bilan aynanlashtirib kelingan va bu holat hozir ham uchrab turibdi. Huquqiy tizimni tushunishda «huquq tizimi», «huquqiy tizim» va «huquq oilasi» kategoriyalarining birbiridan farqini ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Huquq tizimi to’g’risidagi olimlar fikriga e’tibor qarataylik. «Hukuq tizimi, — deya qayd etadi rus olimasi L. A. Morozova, — hukuq normalarining tashkiliy tuzilishi bo’lib, uning mavjud bo’lishi obyektiv shartsharoitlarga (milliy, madaniy, tarixiy va sh. k.) bog’liq va huquqning ichki tuzilishining yagonaligi bilan ta’minlanadi».

«Huquq tizimi — huquqning ichki tuzilishi, ichki qurilishi, tarkibi bo’lib, huquqning qanday qismlardan iborat ekanligini va qismlar o’rtasidagi munosabat hamda nisbatni ko’rsatadi»2. Yoki, «huquq tizimi — ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqning ichki tuzilishi bilan obyektiv bog’langan, huquqiy normalar izchil tarzda joylashtirilishining ifodasidir». Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo’ladiki, huquq tizimi huquqning ichki tarkibiy tuzilishidir. Uning tarkibiga: huquq normalari, hukuq institutlari va huquq sohalari (tarmoqlari) kiradi. Lekin huquqiy normalarning o’zi huquqiy tizimning hajmini to’liq ifodalay olmaydi. Huqusiy tizim hukuk normalaridan iborat bo’lgan obyektiv huquqdan farq qilib, nafaqat bir turdagi elementlarni, balki turli yo’nalish va harakatda bo’lgan huquqiy tuzilmalar, g’oyalar, prinsiplar va jarayonlarni o’zida mujassamlashtiradi. Huquqiy tizimga harakatdagi (funksional) hodisa sifatida qarash lozim. Huquqiy tizim keng qamrovli tushuncha bo’lib, muayyan makon va zamonda amal qilayotgan huquqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar, huquq normalari hamda huquqiy jarayonlarning mushtarak bir butunligi, o’zaro uzviy bog’liqligi va aloqadorligidir.

Demak, huquq tizimi — huquqning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlarining tashkil etilishi va joylashishining muayyan tartibini ifodalaydi. Huqusiy tizim esa mamlakat hududi doirasida amal qiladigan barcha yuridik vositalar, huquqiy jarayonlar, institut va muassasalarning yig’indisidan iborat bo’lib, jamiyatning huquqiy tuzilishi, butun huquqiy hayoti va huquqiy jihatdan tashkil etilishini ifodalaydi.

Hukuqiy tizim nafaqat huquk normalarining o’zi, balki ularni harakatga keltiruvchi, o’zaro bog’liq huquqiy hodisalar yoki vositalar hamda ularning bir butun harakatdagi ko’rinishidir. Huquqiy tizim tarkibiga xuquq normalari bilan bir qatorda, huquq ijodkorligi, huquqiy amaliyot, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy mafkura, huquqiy siyosat, huquqiy tamoyillar, yuridik muassasalar kiradi. Huquqiy tizim asosan muayyan davlatlar miqyosida amal qiladi, chunki ularda hokimiyatni boshqarish usuli, davlat organlarining tashkil etilishi va shu kabi davlatning asosiy siyosiy xususiyatlariga qarab, uning qonunchiligi, huquqiy asosi yaratiladi. Bundan tashqari, mamlakatda istiqomat qilayotgan xalqning mentaliteti, millatning o’ziga xos xususiyatlari, qadriyatlari, urfodat va an’analari ham huquqiy tizimni shakllantirishda e’tiborga olinadi.

«Huquq oilasi» «huquq tizimi» va «huquqiy tizim» ga nisbatan keng ma’noli tushuncha bo’lib, ularni qamrab oladi. «Huquq oilasi» ko’pgina yuridik adabiyotlarda «huquqiy tizim» tushunchasi bilan aynanlashtiriladi. Qiyosiy huquqshunoslik bilan shug’ullanuvchi olimlar tomonidan «huquq oilasi» atamasi turlicha bayon etiladi. Jumladan, R. David «huquqiy tizimlar oilasi», K. O. Ebert va M. Reynstayn «huquqiy doiralar», I. Sabo «huquqiy tizimlar shakli», S. S. Alekseyev «tuzilmaviy umumiylik» deb, ataydilar. Ushbu tushunchaning umumiy ta’rifini ishlab chiqish va fanda qo’llash o’rinli.

Bizning fikrimizcha, huquqiy tizim va huquq oilasi tushunchalarining birbiridan farqini aniqlab, to’g’ri talqin etish zarur.

«Huquqiy tizim» tushunchasini muayyan davlatlardagi huquqiy voqyelikka nisbatan qo’llash maqsadga muvofiqdir. Huquq oilasi esa aynan huquqiy tizimlarning paydo bo’lishi, rivojlanishiga asos bo’ladigan, o’ziga xos jihatlarga ega bo’lgan, tarixan shakllangan, bir necha milliy huquqiy tizimlarni aks ettiradigan dunyo huquqiy voqyeligining eng katta tarkibiy qismidir. Bir kator huquqiy tizimlarga xos umumiy jihatni belgilab olish ularni huquq oilalariga ajratish imkonini beradi1. Demak, «hukuqiy oila» kategoriyasi yuridik belgilari o’xshash bo’lgan huquqiy tizimlar guruhini belgilab olishga xizmat qiladi1.

Bu tushuncha o’zaro o’xshash yuridik belgilarga ega bo’lgan huquk tizimlarining nisbiy birligini anglatish uchun xizmat qiladi va aytib o’tilgan tizimlarning muayyan tarixiy rivojlanish xususiyatlarini, ya’ni tuzilishi, huquk manbalari, yetakchi hukuk institutlari va sohalari, huquqiy madaniyati, an’anasi kabilarni aks ettiradi. U «huquqning tarixiy tipi» tushunchasiga nisbatan ikkilamchi, yordamchi hisoblanadi, hukuq shaklining nisbatan mustaqilligini, huquqning texnikyuridik mazmunini, o’ziga xosligini aks ettiradi.

Shunday qilib, hukuq oilasi deganda, bir huquk tipi chegarasida tarixiy shakllanishining o’xshashligi asosida birlashgan milliy huquq tizimlarining nisbatan keng majmui, huquqiy manbalar tuzilishi, yetakchi huquq sohalari va hukuq institutlari, huquqni ko’llash, yuridik fan va amaliyot kabi hukuqiy hodisalaning umumiy jihatlari tushuniladi. Demak, huquqiy tushunchalarni «obyekt doirasi» (hajmi) yoki tartibga solish jarayoni bo’yicha tartiblashtirsak, dunyo huquqiy xaritasi, huquq oilasi, huquqiy tizimlar va huquq tizimi kabi ko’rinishga ega bo’ladi.

Uzbekistonda «jamiyatning huqusiy tizimi» tushunchasi predmeti, mazmunining tahlili shuni ko’rsatadiki, ushbu masala nazariyotchi huquqshunos olimlarimiz diqqate’tiboridan bir kadar chetda qolib kelmoqda. Huquqiy hodisalarni yaxlit bir butunlikda tizim sifatida tahlil etish, ularning ichki va tashqi aloqalari, birbiriga ta’sir ko’rsatishini yoritib beruvchi jiddiy hukuqiy tadqiqotlar yo’q. Huquqshunoslikka oid ko’pchilik adabiyotlarda «huquqiy tizim» tushunchasi, «huquq tizimi», «qonunchilik tizimi» tushunchalaridan farq qiluvchi «nisbatan keng» tushuncha ekanligi ta’kidlanadi. Huquqiy tizimning alohida tarkibiy qismlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida ajralmas tartibda o’zaro bog’langan bo’ladi va birbiriga ta’sir ko’rsatadi. Bunday tartibga solish yagona maqsadga, ya’ni O’zbekiston Respublikasida jamiyat barqarorligini ta’minlash, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yo’naltirilgan. «Uzbekiston Respublikasining huquqiy tizimi» — mamlakatimizdagi huquqiy voqyelikni ifodalovchi nisbatan yangi huquqiy kategoriya.

Mamlakatimiz o’z mustaqilligini ko’lga kiritganidan so’ng, mohiyat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi milliy huquqiy tizimni shakllantirishga kirishildi. Albatta, huquqiy tizimni yaratish bir qancha yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilmoqda. Zamon ruhiga yot, yagona mafkura o’rnatuvchi, bozor munosabatlariga to’sqinlik qiluvchi normalar bekor qilindi, ba’zi birlari esa tubdan o’zgartirildi va aksariyat qoidalar mutlaqo yangidan qabul qilindi. Avval amalda bo’lgan qoidalar yangi mazmun, ruh bilan sug’orildiki, bu normalar yaxlit tizimning tarkibiy qismlariga aylantirildi.


Yüklə 257,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə