|
Davlat ramzlarining ahamiyatiJOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS116-121JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–16_Issue-3_November_2022
120
bo’lish; mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, mas’ullik; ijtimoiy huquqiy
va axloqiy me’yorlarga hurmat va itoatda bo’lish; mamlakat milliy boyliklarini asrash,
ularni ko’paytirish haqida qayg’urish; davlat tili, milliy madaniyat va an’analarga
sadoqat ko’rsatish; ijtimoiy faollik; demokratik tamoyillarga amal qilish; tabiatga
nisbatan ehtiyotkorona, mas’uliyatli munosabatda bo’lish; fuqarolarning huquq va
burchlarini hurmat qilish; huquqiy ong va fuqarolik madaniyatiga ega bo’lish; o’z
faoliyati, xatti-harakatiga mas’uliyatli bo’lish; o’zga xalqlarga hurmat ko’rsatish va
boshqalar.
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O'zbekistonning o'z
istiqlol va taraqqiyot yo'li» nomli asarida shunday yozadi: «O'zbekistonni yangilash va
rivojlantirishning o'z yo’li to'rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlik»'.
Fuqarolik tarbiyasining asoslaridan biri millat, xalq o'tmishini o'rganish orqali
milliy o'zlikni anglash tuyg'usini qaror toptirish sanaladi.Shaxs ham, jamiyat ham
o'tmishni o'rganish, uning har bir bosqichini tahlil qilish asosida kelgusi hayot rejasini
ishlab chiqadi.O'tmish mutafakkirlarining qarashlari, boy ma'naviy meros g'oyalari
bugungi avlod uchun dasturilamal bo'lishi lozim.Allomalar, xalq qahramonlari
hayotini o'rganish, millat va shaxsga inson sifatida kim ekanligini anglab yetishga
yordam beradi.Fuqarolik tuyg'usini qaror toptirish murakkab jarayon. Bunda dastlab
o'quvchilarga fuqarolikning mohiyati va me'yoriy qoidalar mazmuniga oid bilimlar
beriladi. Avvalo, o'quvchiga fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar
beriladi, bu xildagi xatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so'ngra faoliyat
uyushtiriladi. Ana shu asosida ularda fuqarolik tushunchasi shakllanadi va fuqarolik
xulqiy odatlari hosil qilinadi.Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma'lum shart-
sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi. Bular:
1) O'quv yurtida tashkil etilayotgan ta'lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada
uyushtirilishi kerak;
2) Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o'qituvchi va
o'quvchilar jamoasining saviyasiga bog'liq
3) Tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo'lishiga erishish;
|
|
|