Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Geosiyosat majmoa

Tuzuvchilar: F.N.Xodjayeva – «Milliy g’оya, ma’naviyat asоslari va huquq ta’limi» kafеdrasining o’qituvchisi
Taqrizchilar:
Qilichov R.E. - BuxDU, “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi
Raupov S.S. - BuxDU, “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi

Fanning ishchi o‘quv dasturi “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ” kafedrasining 2020 yil “___” avgustdagi “1” - son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.




Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va
huquq ta’limi kafedrasi mudiri v.b. : __________F.D.Muzaffarov

Fanning ishchi o‘quv dasturi Buxoro davlat universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti kengashining 2020 yil avgustdagi 1 - son majlisida muhokama etildi va ma’qullandi.




Tarix va madaniy meros
fakulteti dekani: _____________ J.R.Jo‘raev

1-MAVZU: «Geosiyosat asoslari» tushunchasi, predmeti, obyekti maqsad va vazifalari.


Reja:
1. «Geosiyosat asoslari» fan va siyosiy amaliyot sifatida
2. Fanning predmeti va tadqiqot doirasi
3. «Geosiyosat asoslari» ning shakllanishdagi ilmiy yondashuvlar.


1. Geosiyosat tushunchasi.


Keyingi o’n yilliklarda «Geosiyosat asoslari» atamasi ommabop atamaga aylandi. Frantsuz olimi Iv Lakostning e’tirof etishicha geosiyosat asoslari tamasi 1980-yillardan boshlab, ayniqsa «sovuq urush» davri tugaganidan keyin nixoyatda keng qo’llanila boshlandi. Bugungi kunda bu atama barcha davlatlarning OAV larida jurnalistlar nafaqat Evropa davlatlari o’rtasidagi hududiy raqobatchilikni, ayni damda unga qarshi jamoatchilik fikridagi e’tirozlarni ham ko’tarib chiqishmoqda. Ba’zan esa geosiyosat asoslari atamasi turli hodisalarga, jumladan hech qanday aloqapsi yo’q hodisalarga nisbatan ham ishlatilmoqda. «The Economist» jurnalida e’tirof etilishicha geosiyosat asoslari tamasi fundamental hodisa hisoblansada, uni shunday bir yorliqqa qiyoslash mumkinki, bu yorliqni istalgan hodisaga ilib quyish mumkin. 2-jahon urushi va uning asoratlarini tugatish davrida geosiyosat asoslari doirasidagi izlanishlar bir oz susaysada butunlay to’xtab qolmadi va mumkin ham emas edi. Negaki davlatlar bor ekan, ular o’rtasida munosabatlar bor ekan, ularning manfaatlari mavjud ekan geosiyosat asoslari ham mavjud bo’ladi. Mustamlakachilik tizimi, jahon urushlari va undan keyingi «sovuq urush» davri salbiy jihatlariga ba’zan geopolitik jarayonlar sabab qilib ko’rsatildi. XX asr oxiri – XXI asr boshlariga kelib geosiyosat asoslari o’tib ketgan «patologiya» dan xalos bo’ldi. O’z navbatida tabiiy savol tug’iladi: tarix va geografiya o’rtasida siqilib qolgan geosiyosat asoslari yashash huquqiga ega bo’ladimi?
O’zida iqtisodiy va siyosiy geografiyani umumlashtirgan geosiyosat asoslari harbiy yoki diplomatik tarixga shunchaki qo’shilgan oddiy hodisa emas. Geosiyosiy uslub ularni o’zlashtirgan xolda namoyon bo’ladi.
Alohida tadqiqot, mashg’ulot sohasi sohasi sifatida, dunyoga nazar tashlash uslubi sifatida geosiyosat asoslarining prespektivlari quyidagi holatlar bilan o’z dolzarbligini namoyon qiladi:
Birinchidan, jamiyatning demokratik siyosiy madaniyatini shakllantirishda, aholii tafakkurini imperiyaga xos tafakkur tarzidan xalos bo’lishlarida, radikal geosiyosiy hatti-harakatlar mohiyatini anglab etishda geosiyosat asoslarining asoslarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi;
Ikkinchidan, geosiyosiy paradigmalar, alohida faoliyat turi sifatidagi geosiyosat asoslari shakllanayotgan ko’p qutbli dunyoda, jahon hamjamiyatida munosb o’rin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi;
Uchinchidan, endigina shakllanayotgan geosiyosat asoslari fani oldida G’arb geosiyosat asoslarisi erishgan yutuqlarni o’zlashtirish, uning asosiy tendentsiyalarini, hozirgi zamon geosiyosiy jarayonlarining rivojlanish xusiyatlarini o’rganish kabi masalalar turibdiki ularning echimi O’zbekistonning Markazty Osiyoda, jahon hamjamiyatida tutgan maqomini belgilab olishda o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Geosiyosat asoslari fan sifatida XX asr boshlariga kelib paydo bo’ldi. Uning shakllanish jarayoni jahondagi iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning keskin rivojlanishi davriga to’g’ri keldi. Nafaqat ilmiy doirada, balki siyosatshunoslar o’rtasida ham «geosiyosat» tushunchasiga nisbatan yagona bir ta’rif yo’q. Mavjud ta’riflar u yoki bu darajada bir-birini to’ldirsada, ma’lum jihatdan bir-biriga qarama-qarshi hamdir. O’z navbatida geosiyosatning ob’ekti va sub’ekti haqida ham turlicha qarashlar bor. Albatta, bildirilgan fikrlarga salbiy munosabat bildirish kerak emas, balki ularga geosiyosat ob’ektining murakkabligi bilan izohlanadi. Umuman olganda geosiyosat asoslari hukmronlik vositalari va ubilan bog’liq bilimlar mohiyati to’g’risida fan sohasi sifatida izohlanadi. Frantsuz geopolitiki Mishel Fushe ingliz va nemis geosiyosati xususida fikr yuritib jahonda iqtisodiy va siyosiy hukmronlikni qo’lga kiritish ustida kurash natijasidagi ehtiyoj natijasida yuzaga kelganligini ta’kidlaydi. Uning fikricha geosiyosat asoslari faqatgina uslub hisoblanmasdan, ayni damda tasavvur va amaliyot ham hisoblanadi. Negaki dastlabki geosiyosatchilar sifatida turli davrlarda turli hukmdorlar maydonga chiqishgan. Geosiyosat asoslarini tasavvur sifatida shu ma’noda e’tirof etiladiki qator geosiyosiy maktablar ilgari surgan nazariy muhokamalar dunyo haqidagi tasavvurlarni in’kos ettirgan, u yoki bu davlatning olibborayotgan siyosatini belgilab bergan. Geosiyosat asoslari metod sifatida ilmiy, pedagogik ahamiyatga ega bo’lgan bilimlar mohiyatini ifoda etgan.
To’g’ri, XX asrning 90-yillarigacha kommunistik mafkura geosiyosatni imperialistik ekspansiyani asoslash uchun geografik dalil va omillardan (mamlakatning hududi, joylashuvi va b.) foydalanuvchi siyosiy kontseptsiya deb, uning asosini irqchilik, maltuschilik, sotsial-darvinizm bilan bog’lab ta’riflash orqali salbiy baholab kelgan. Biroq, keyingi o’n yil ichidagi o’zgarishlar geosiyosatga nisbatan yangicha yondashuvlarni yuzaga chiqardi va geosiyosat sobiq sovet fani uqtirib kelgan g’oyalarning batamom aksi ekanligini ko’rsatdi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə