Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Nikolas Spikmenning geosiyosiy qarashlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə25/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89
Geosiyosat majmoa

Nikolas Spikmenning geosiyosiy qarashlari. N.Spikmen (1893 - 1943) Amerikada yashab ijod qilgan, asli kelib chiqishi esa gollondiyalik bo’lgan. Amsterdamda tug’ilgan. Kaliforniya universitetini tugatgan. Uning geosiyosiy ta‘limotiga A.Mexen qarashlarining davomchisi sifatida qarash mumkin. N.Spikmen xalqaro munosabatlar nazariyasi va amaliyoti bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Olim Yel universiteti qoshidagi xalqaro munosabatlar instituti professori, keyinroq esa mazkur institutni boshqargan.
N.Spikmen ijodida geografiyaning o’ziga chuqur kirib ketmagan. U geografiyani bir qator siyosiy omillar bilan bog’lab tadqiq etadi. Uning tadqiqotlari markazida xalqlar, ularning o’zaro munosabatlari, relefning milliy xarakterga ta‘siri va boshqa shu kabu muammolar turadi.
Mashhur asarlari: «Jahon siyosatida Amerika strategiyasi’ (1942), «Jahon geografiyasi’ (1944) va b.
AQSh da geosiyosatga haqiqiy qiziqish Myunxen maktabi vakillarining asarlarini mutoala qilishdan keyingina boshlangan (amerikaliklar nazarida, A.Mexen konsepsiyasi ko’proq bir tomonlama bo’lib, u zamonaviy qarashlarni o’zida aks ettirmagan). Nemis Geopolitik maktabi vakillari tomonidan ilgari surilgan g’oyalarni birinchilardan bo’lib amerikalik Robert Straus - Xyupe, Dervent Uittlsi va Endryu Jorjlar tahlil qilishgan.
Keyinchalik Vilyalmur Stefanson nafaqat nemis geosiyosat maktabi vakillari qarashlarini, balki geosiyosatdagi mavjud jamiki bahsu - munozaralar tizimini ko’rib chiqish - "reviziya" qilish kerak, degan fikrni o’rtaga tashlaydi.31 Ayni paytda geosiyosatdagi an‘anaviy yevropatsentristik qarashlarni tanqid qiladi. U Arktikani "Shimoliy O’rta yer dengizi" deb atab, uning geosiyosiy ahamiyatiga e‘tibor berish kerakligini ilgari surgan. Bunda revizionist olim o’sha davrda Arktikada yetakchi davlatlarning raketa va atom suv osti kemalari qatnovidan unumli
foydalanayotganligiga, mintaqa iqtisodiy salohiyatining istiqbollaridan bahs etadi.32
Agar I - jahon urushi maydoniga Amerikaning Sharqiy Osiyo kengliklari orqali kirib kelganligini va undan oldinroq ham - XIX asr o’rtalarida ularning Yevrosiyo ishiga "shiddatli" aralashuvlarini yodga olsak va o’sha qarashlarni revizionizm vakillari qarashlari bilan muqoyasa qilsak, revizionistlar to’la ma‘noda an‘anaviy amerikacha qarashlarni inkor etmaganligiga amin bo’lamiz.
Masalan, amerikalik geosiyosat maktabi vakillaridan biri - Nikolas Spikmen geosiyosiy qarashlarida Yevropaga qanday ahamiyat qaratilagan bo’lsa, Osiyoning jahon siyosatidagi geostrategik mintaqaligiga ham katta e‘tibor berilgan. Biroq, u X.Makkinder konsepsiyasini inkor qilib, jahonda uchta geostrategik markazlarning mavjudligini aytgan, ya‘ni: Shimoliy Amerikaning Atlantika okeani qirg’oqbo’ylari, Yevropa mintaqasi va Yevrosiyoning Sharqiy Osiyodagi qirg’oq bo’ylari uning nazarida, yana Hindiston to’rtinchi kuch markazi sifatida namoyon bo’lishi mumkin.33
Ko’rinib turibdiki, Amerika uchun Yevropa birinchi navbatda doimiy manfaatlar makoni sifatida qaralgan. Hattoki, amerikaliklar II - jahon urushida yapon militaristlari va nemis fashistlarining g’alabasidan juda cho’chishgan. Chunki urushda ularning g’alaba qilishi butun Yevrosiyoning natsizm mafkurasi izmiga tushish deb faraz qilingan. Shuning uchun mazkur urushda AQShning antinatsizm kuchlari qatoriga qo’shilishdan bo’lak yo’li qolmagan edi (garchi SSSR mafkuraviy jihatdan AQSH manfaatlaridagi eng maqbul hamkor sifatida bo’lmasada).
N.Spikmen 1944 - yil yozgan asarida an‘anaviy geosiyosiy qarashlardan kelib chiqib, Germaniya va Yaponiyaning urushda yengilish sabablarini ularga kontinental (SSSR va Xitoy) va dengiz (Buyuk Britaniya va AQSH) kuchlari koalitsiyasining qarshi kurashganliklari bilan bog’laydi.34 Ammo bu vaqtda urush oxirlab, xalqaro kundalikda urushdan keyingi dunyoning yangicha tartiboti masalasi turardi.
AQSH siyosiy elitasi urushdan keyin Yevrosiyoda demokratiyani rivojlantirish va kolonial imperiyalarga barham berishni aynan Amerika missiyasi zimmasidagi masala sifatida qarardi. N.Spikmen AQSH Yevrosiyodagi manfaatlarining real voqelikda yuzaga chiqishi uchun avvalo kuchlar muvozanati nazariyasiga asoslanib, Yevropada Germaniyaga qarshi Fransiyani ma‘qullashi va Uzoq Sharqda Yaponiyaga qarshi Xitoyni qo’llashi kerakligini aytadi. Uning nazarida bunga erishish urushdan keyin nafaqat "katta uchlik" (SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya) tizimida, balki geosiyosiy ahamiyati oshib borayotgan Arktika masalasida ham AQSH mavqeini yanada mustahkamlaydi.3
Aytish joizki, II - jahon urushidagi tub burilishdan keyin (1943- yil) X.Makkinder (bu vaqt u 82 yoshda bo’lgan) o’zining uchinchi essesini nashr etadi. Bu vaqt Germaniya ustidan SSSR g’alaba qozonib, jahonda haqiqiy markaz sohibi bo’lganligiga geosiyosatchilar o’rtasida shubha qolmagandi. Shuning uchun olim uchinchi essesida o’zining klassik qarashlariga qarshi chiqib, urushdan keyin kontinental (SSSR) va dengiz (AQSH, Buyuk Britaniya) kuchlari o’rtasida hamkorlikning yuzaga kelishidan, yetakchi davlatlar o’rtasidagi geoiqtisodiy munosabatlarda tabiiy resurslar omilining o’sishidan bahs etadi. Keng jamoatchilik o’rtasida esa X.Makkinderning yangicha geosiyosiy qarashlari "avtorevizionizm" deb baholanib, geosiyosatda hech bir yangiliklarni yaratishga qodir emasligini ko’rsatdi.
N.Spikmenga bunday vaziyat juda qo’l kelgan. U Yevrosiyo markazi borasidagi X.Makkinder fikrlarini inkor qilib, kontinental (Yevrosiyo - SSSR) kuchning jahon hokimligiga erishuvi masalasiga gumon bilan qaraydi va yangicha geosiyosiy qarashlarini bayon etadi. U xalqaro siyosatda yuqori mavqega erishish yoki davlat manfaatlarining ustuvorligini ta‘minlash uchun "Sharqiy Yevropadan to butun Yevrosiyogacha" bo’lgan makonni zabt etishga intilishni utopik g’oya ma‘nosida qarab, bir vaqtlar X.Makkinder Yevrosiyoning "ichki yarim oyi" deb ta‘riflagan mintaqaning geostrategik imkoniyatlarining katta ekanligini ta‘kidlaydi.
Faqat N.Spikmen "ichki yarim oy"ga Yevropaning g’arbida Boltiq dengizini hamda Qora dengiz qirg’oqbo’ylarini ham qo’shgan va uni ingliz olimi atagan nom bilan emas, balki Rimland deb ataydi. Makinder formulasidan fvrqli ravishda N.Spikmenning konsepsiyasining mohiyati quyidagicha, ya‘ni: "Kim «Rimland’ni nazorat qilsa, butun Yevrosiyoga hokimlik qiladi. Agar kim Yevrosiyoga hokimlik qilsa butun jahon kelajagini nazorat qiladi".
Agar X.Makkinder dunyoning markaziy makoni sifatida «xartlend’ - Yevrosiyoni aytgan bo’lsa, N.Spikmen unga qarshi dunyoning markaziy makoni sifatida Yevrosiyoning g’arbdan janub bo’ylab sharqqa o’zangan qirg’oqbo’yi hududlarini ko’rsatadi. Va buni yuqorida aytganimizdek, «rimlend’ deb nomlaydi
(«rim’ - yoy, xalqa). N.Spikmen ta‘riflagan «rimlend’ X.Makkinder nazarisidagi «ichki yarim oy’dir. Shuning uchun N.Spikmenning geosiyosiy modeli «xartlend - rimlend’ deb ham nomlangan. Ular o’rtasidagi farq shuki, X.Makkinder amerikalik tadqiqotchi singari «ichki yarim oy’ga markaziy strategik makon sifatida qaramagan.
N.Spikmen Amerika geosiyosiy harakatlarining asosiy yo’nalishini quyidagi ikki ko’rinish bilan bog’lagan va unga erishish uchun kurashish kerakligini ta‘kidlagan:
Germaniya va Yaponiyaning harbiy kuch sifatida namoyon bo’lib turishini saqlamoq lozim, biroq Yevrosiyoda SSSR - Xitoy ittifoqining shakllanishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Chunki ular o’rtasida ittifoqchilikning yuzaga kelishi kelajakda Buyuk Britaniya - Amerika - Yaponiya ittifoqining dunyoni boshqarish yo’lidagi harakatlariga yo’l bermaydi;
Yevropaning birlashuviga yo’l bermaslik kerak. Qudratli Yevropa federatsiyasi oxir oqibat AQSh ning dunyodagi pozitsiyasini chegaralash va kuchsizlantirishga olib keladi. Amerikalik tadqiqotchining basharotlari AQSH tashqi siyosatida bugungacha o’z aksini topmoqda. II - jahon urushidan keyin Germaniya va Yaponiya harbiy kuch markazi sifatida o’z qudratlarini saqlab qola olmadi. Lekin keyinchalik AQSH vositachiligida o’z harbiy salohiyatini oshirmoqda. Yevropadagi integratsiya jarayonlariga mumkin qadar to’sqinlik qilmoqda.
Spikmenning ―Jahon siyosatida Amerika strategiyasi‖ (1944), ―Jahon geografiyasi‖ (1944) asarlari olimning o’limidan keyin nashr etiladi. N.Spikmen asarlarida davlatning kuch - qudrati masalasiga katta o’rin ajratgan (o’z vaqtida A.Mexen ham bunga katta e‘tibor bergan edi). Uningcha, davlat qudratini aniqlab beruvchi omillar quyidagilardir:

  • maydonining ustki qismi;

  • chegaralarning tabiati;

  • aholi miqdori;

  • xom - ashyo zahiralarining borligi yoki ularga ega bo’lmaslik;

  • iqtisodiy va texnologik taraqqiyot;

  • moliyaviy qudrati;

  • etnik jihatdan bir xillilik masalasi;

  • ijtimoiy integratsiyaning darajasi;

  • siyosiy barqarorlik;

  • milliy g’urur35

Ko’rsatilgan kriteriylar davlatda mavjud bo’lib, ulardan davlat siyosatida odilona foydalana olinsa davlat nafaqat kuchli bo’lishi mumkin, balki o’sha davlat jahon siyosatiga ta‘sir o’tkaza oladigan darajadagi global strategik va geosiyosiy kuch sifatidagi imkoniyatlarga egaligini ham namoyon qila olishi mumkin.
Xullas, N.Spikmen geosiyosiy qarashlarining ahamiyati yuqorida keltirilgan nazariy konsepsiyalar bilangina belgilanmaydi, balki geosiyosiy tafakkur tarixiga nisbatan yangicha munosabatlar bildirishning ilmiy doirada shakllanishiga hissa qo’shganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Geosiyosatning tadrijiy taraqqiyotidan kelib chiqib, geosiyosiy konsepsiyalar borasidagi mulohazalarimizga quyidagi xulosalarni keltirishni lozim topdik:

    1. Geosiyosiy konsepsiyalarni tahlil etishda ularni bir - biridan, o’z davridan, kerak bo’lsa ajralgan holda o’rganish noo’rin. Ular davriy jihatdan farqlansada, mazmun jihatidan biri birini ma‘lum darajada to’ldiradi yoki ulardagi qarama - qarshilik yangi mushohadalarning yuzaga kelishiga zamin hozirlaydi.

    2. Geosiyosatda geografik omillar katta ahamiyatga ega bo’lib, ko’lamiga ko’ra u davlatlarning tabiiy iqlimi, geografik joylashuvi, relefi, hududi, fauna va florasi shuningdek siyosiy tuzumini, iqtisodiy va texnik taraqqiyotini o’ziga qamrab oladi.

    3. "Tellurokratiya" ga yoki "talassokratiya" ga mansub mintaqani tarixiy taraqqiyotning asosiy o’zagi sifatida emas, balki uning ma‘lum bir qismi tarzida ta‘riflamoq lozim..


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə