Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


O’rta Osiyodagi manfaatlar doirasini belgilashda Buyuk Britaniya - Rossiya bitimi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə46/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89
Geosiyosat majmoa

O’rta Osiyodagi manfaatlar doirasini belgilashda Buyuk Britaniya - Rossiya bitimi.

XIX asr oxiriga kelib jahonning yetakchi lider mustamlakachi davlatlari dunyoni bosib olishni yakunlashdi. Asosiy yirik mustamlakalar Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya qo’lida to’plandi. Bu kurashga masalan Germaniya kech qo’shildi. Natijada dunyoning bunday taqsimlanishidan norozi davlatlar paydo bo’ldi, ularning manfaatlari turli joylarda to’qnash kela boshladi. Natijada 1882 - yilda Germaniya imperiyasi, Avstro - Vengriya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi ishtirokida Uchlar Ittifoqi tuzilgan edi. Bu ittifoq birinyai galda Buyuk Britaniya va Rossiya qarshi qaratilgan edi. O’rta Osiyo xonliklarining Rossiyaga qarshi turishda Buyuk Britaniyaga suyanishi mumkinligi ehtimoli ham o’zini oqlamadi. Bunga Rossiya – Buyuk Britaniya munosabatlarida o’zgarish yuz berganligi sabab bo’lgan edi. Afg’onistonga qarshi urushda mag’iubiyatga uchragan Buyuk Britaniya Rossiya bilan kelishishga qaror qiladi. Bu kelishuvga binoan Rossiya O’rta Osiyo bilan cheklanadi, Hindistonga chiqish niyatidan voz kechadi. Buyuk Britaniya esa Rossiyaning O’rta Osiyoda olib borgan siyosatiga qarshilik qilmaydigan bo’ladi. Afg’oniston esa Buyuk Britaniya va Rossiyaning Osiyodagi mustamlakalari o’rtasida ularni ajratib turuvchi hudud sifatida e‘tirof etiladi.
O’rta Osiyo xonliklari endilikda yakkalanib qolib, ularni faqat o’zaro ittifoqlarigina saqlab qolishi mumkin edi. Afsuski, ularning o’rtasidagi o’zaro ziddiyat shu darajada kuchli ediki, hatto tashqi hujum xavfi ham ularni birlashtira olmadi. Oqibati yomon bo’ldi. Xonliklar Rossiya istilosi qurboni bo’lishiga yo’l ochildi.
Mag’lubiyat sabablari: uchala xonlik ham Rossiya bilan janglarda iqtisodiy, harbiy jihatdan zaif edi; ular o’rtasida birlik yo’q edi, o’zaro yordamga kelishmadi; xonliklardagi zo’ravonlik ichki dushmanlar ko’payishiga olib keldi; xonliklar dunyodan ajralib qolgan bo’lib tashqi yordam bo’lmadi.
Tayanch tushunchalar:
―Katta о’yin‖, Xuroson, Xorazm, Hind, Buyuk ipak yo’li, Dovon, Turon, milliy biqiqlik, siyosiy tarqoqlik, tanho, iqto, parokandalik, mustamlakachilik, jahon savdosi, kapital, Uchlar itifoqi, Antanta.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə