Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə76/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89
Geosiyosat majmoa

Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar

- «Geosiyosat asoslari» fanining bahs mavzusi, predmeti va asosiy muammolarini mukammal egallashi;


- «Geosiyosat asoslari» ning asosiy kategoriyalari, fnuktsiyalari va qonuniyatlari mukammal bilishi;
- Geosiyosiy jarayonlar va geosiyosiy bilimlarning rivojlanishining tarixiy davrlarini chuqur o‘zlashtirish;
-Jahon miqyosida sodir bo‘layotgan geosiyosiy jarayonlarning mohiyatini tushunishi;
- O‘zbekistonning geosiyosiy manfaatlarini mukammal bilishi;
- Jahon miqyosida sodir bo‘layotgan geosiyosiy hodisalarga mustaqil munosabat bildira olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi

«Geosiyosat asoslari» fani eng avvalo o‘quv rejasidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqada. U yangi o‘quv kursi sifatida o‘z maqsadi, vazifalari, ob’ekti, uslubiyati, uslubi vositalariga suyanib ish ko‘rish bilan birga Falsafa, Politologiya, Davlat va huquq asoslari, Iqtisodiyot nazariyasi, O‘zbekiston tarixi, Siyosiy geografiya kabi fanlar va kurslar bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur fanlar inson ma’naviy-intelektual o‘sishida, Vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, umummilliy manfaatlarni anglab etishida, siyosiy ongi, mafkuraviy immunitetini oshirishda, ijtimoiy munosabatlarning siyosiy-axloqiy, hodisaviy asoslari kabi masalalarda uslubiyat, uslubiy va mazmunan bir-birini to‘ldirib kelishida ko‘rish mumkin.




Fanning ta’ilmdagi o‘rni
Ushbu fan milliy g‘oya, huquq va ma’naviyat asoslari yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlashda, shuningdek ma’naviyat va ma’xrifat markazlariga mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Fanni o‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan
foydalanish
Yangi pedagogik texnologiyalar «Geosiyosat asoslari» fanini milliy manfaat, milliy xavfsizlik, milliy g‘oya, milliy mafkura, mafkuraviy tahdid, mafkuraviy immunitet, mafkuraviy xavfsizlik, yoshlar tarbiyasi kabi masalalarini qamrab olishi zarur. Mazkur fan mustaqil fikrga ega ma’naviy barkamol, komil inson shakllanishi, rivojlanishini ta’minlashda uning ma’naviy mafkuraviy bilimlarini oshirishga har jihatdan yaqindan yordam bermog‘i lozim. Fanni o‘qitishda yangicha fikrlaydigan, yangicha tafakkur tarziga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishga yordam berish nazarda tutiladi. Mana shu vazifalarni bajarishda bilimni talabalar ongiga singdirish, ularning amaliy faoliyatiga aylantirishda o‘qituvchi qanday pedagogik texnologiyalardan ijodiy foydalanishi katta o‘rin tutadi. Bunda avvalo fan bo‘yicha o‘kitiladigan ma’ruzalarning sifatiga e’tibor berish bilan birgalikda, amaliy mashg‘ulot darslarida talabalarning mustaqil o‘qib-o‘rgangan mavzulari bo‘yicha o‘qituvchi nazorati ostida suhbat, o‘zaro bahslashuv, savol-javoblar o‘tkazishga keng o‘rin, erkinlik berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ikkinchidan, darslarda ko‘rgazmalilikka – turli chizmalarni kadaskop yordamida qo‘rsatishga e’tibor berish.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə