Davlat va huquq asoslari


Fransiyaning Strasburg shahrida joylashgan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi binosi



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə107/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Fransiyaning Strasburg shahrida joylashgan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi binosi



Savol va topshiriqlar

  1. Sizningcha, fuqarolar huquqlaridan erkin foydalana olishi uchun zarur shart- sharoitlarni kim ta’minlashi lozim?

  2. Xorijiy davlatda sizning huquq va manfaatlaringizga putur yetkazilgan taqdirda, siz qayerga murojaat etasiz?

  3. Nima uchun davlatlar oʻz fuqarolarini xalqaro maydonlarda ham himoya qilishi zarur?

Mustaqil ish uchun topshiriq

A. ismli shaxs B. davlatining fuqarosi. U hozir D. davlatida istiqomat qiladi. Uning inson huquqlari, xususan, mulk huquqi D. davlati tomonidan qoʻpol tarzda buzildi. Ya’ni D. davlati hukumati A. ismli shaxsning D. davlatida joylashgan barcha mulklarini huquqiy asoslarsiz tortib oldi. Ushbu vaziyatda A. ismli shaxs oʻzi fuqarosi boʻlgan B. davlatdan uning huquqlarini xalqaro miqyosda himoya qilishini soʻrab murojaat qilishi mumkinmi?


Egallagan bilimlaringiz asosida fikringizni bayon eting.
122
@edurtm_uz

34-DARS. IJODIY FAOLIYAT
Ish meni charchatgan vaqtni eslolmayman. Lekin bekorchilik meni charchatadi.
Artur Konan Doyl



XORIJGA CHIQISH PASPORTINI OLAMIZ

S. va A. 11-sinfni bitirdi. Ikkisi ham 18 yoshga toʻlgani uchun kelgusidagi ishlarini rejalashtira boshladi. Xususan, S. oilasiga moddiy jihatdan yordam bermoqchi. Shuning uchun 10-sinfdan boshlab koreys tilini oʻrgandi va endi Koreya Respublikasidagi bir firmaga ishga kirish niyatida. Bir oy oldin imtihon ham topshirdi va sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtdi. Endi Koreya Respublikasiga borib, oʻsha yerda ish boshlaydi. Lekin S. viza olishi uchun firma S. ga xat yuborishi kerak. Ushbu xatda S.ning xorijga chiqish pasporti seriyasi va raqami aniq koʻrsatilishi zarur. S. xorijga chiqish pasportini qanday olishni bilmaydi. Unga yordam bering.


A. – S.ning sinfdoshi. U 18 yoshga toʻlishiga yana 5 oy bor. A. juda ham zehni oʻtkir qizlardan va nemis tilini yuqori darajada oʻzlashtirgan. U 11-sinfni bitirgach, Germaniyaning Bonn universitetiga bakalavr bosqichiga oʻqishga qabul qilindi. Universitetdan zarur hujjat- larni topshirishi kerakligi haqida unga elektron pochta orqali xabar keldi. Talablar ichida xorijga chiqish pasportini skaner qilib joʻnatish ham bor. U 2 oydan keyin Germaniyaga uchib ketishi kerak. A. ham xorijga chiqish pasportini qanday qilib olaman deb oʻyga botgan. Siz unga masalahat bera olasiz degan umiddamiz.
Vazifa. Demak, sizning vazifangiz avvalo xorijga chiqish pasporti hamda viza nima ekanligini S. va A.ga birma-bir tushuntirishdir. Bunda quyida taqdim etilgan tushunchalardan foydalanishingiz mumkin. Bir narsaga e’tibor qaratishingizni soʻraymiz. Odamlarga bir nechta bosqichlarni oʻz ichiga oladigan jarayonlarni tushuntirganda ma’lumotlarni aralash-quralash qilib aytish kutilgan natijani bermaydi. Ularni ketma-ketlikda va ma’lum bir chizma asosida tushuntirish juda samarali boʻladi. Bu xuddi manzilni xarita orqali tushuntirishga oʻxshaydi. Siz ham unumli usuldan foydalaning. Chizma chizing va dastlab bu ikki bitiruvchiga xorijga chiqish pasportini qanday olishni, undan keyin viza olish uchun qayerga murojaat qilishlari kerakligini koʻrsatib bering.
Viza – turli davlatlar fuqarolarining boshqa biron-bir davlatga kirishi, undan chiqishi, qisqa muddat yashashi yoki davlat hududidan oʻtishi uchun hukumat masʼul organlari tomonidan fuqaro pasportiga qoʻyiladigan maxsus rasmiy ruxsat belgisi.
Yuqoridagi masalalarga javob topishda lex.uz saytidаn foydalanishingiz mumkin.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə