Davlat va huquq nazariyasi fanining huquqiy fanlar tizimida tutgan o‘rni



Yüklə 23,55 Kb.
tarix30.03.2023
ölçüsü23,55 Kb.
#103773
Durdona kurs ishi


Davlat va huquq nazariyasi fanining huquqiy fanlar tizimida tutgan o‘rni
l bob. Davlat va huquq nazariyasining fanlar tizimida namoyon bo'lishi.
1.1 Davlat va huquq nazariyasining umumiy fan sifatida namoyon bo'lishi.
1.2 Davlat va huquq nazariyasining fundamental fan sifatida namoyon bo'lishi
1.3 Davlat va huquq nazariyasining metodologik fan sifatida namoyon bo'lishi
II bob. Davlat va huquq nazaryasi fanining boshqa yuridik fanlar bilan mustahkam aloqasi.
2.1 Davlat va huquq nazaryasi fanining Konstitutsiyaviy huquq fani bilan mustahkam aloqadorligi
2.2 Davlat va huquq nazaryasi fanining Ma'muriy huquq fani bilan mustahkam aloqadorligi
2.3 Davlat va huquq nazaryasi fanining Jinoyat huquqi fani bilan mustahkam aloqadorligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro'yxati
Ilovalar

l bob. Davlat va huquq nazariyasining fanlar tizimida namoyon bo'lishi.


1.1 Davlat va huquq nazariyasining umumiy fan sifatida namoyon bo'lishi.
Dunyo jadal rivojlanayotgan, globallashuv jarayonlari mamlakatlar hayotini tobora qamrab olayotgan bugungi sharoitda insonlarda barcha ijtimoiy voqelik va hodisalarga qiziqish ortmoqda. Bu, o‘z navbatida, mazkur voqeliklarni o‘rganishni, chuqur tadqiq etishni taqozo etadi. Insonlarni qiziqtirib kelayotgan shunday muhim ijtimoiy masalalar qatorida davlat va huquq alohida o‘rinni egallaydi. Jamiyatning har bir komil a’zosi o‘zi tug‘ilgan zaminning, o‘z mamlakatining xususiyatlarini, dunyo davlatlari o‘rtasidagi mavqeyini anglashga harakat qiladi. Binobarin, davlat va huquq masalasi doimo ijtimoiy ongning diqqat markazida turadi va har qanday ijtimoiy hodisani tadqiq etish ma’lum ilmiy yo‘nalish, biron-bir fan tomonidan amalga oshiriladi. Davlat va huquq hodisalari «Davlat va huquq nazariyasi» fani yordamida o‘rganiladi.Tahlilimiz avvalida «nazariya» so‘zining ma’nosi nimadan iborat ekanligini oydinlashtirib olish lozim. «Nazariya» iborasi «ko‘rib chiqmoq», «tadqiq etmoq», «tahlil qilmoq» degan ma’nolarni anglatadi. «Nazariya» – keng ma’noda voqea-hodisalarning o‘zaro aloqasi va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvur hosil qiluvchi ilmiy bilim shaklidir. Tor ma’noda esa – u yoki bu sohadagi bilimning asosiy g‘oyalari, tushunchalari va qonunlari tizimidir. Nazariya ilmiy bilimning voqea va hodisalarning jiddiy aloqalari hamda qonuniyatlari haqida mukammal tafakkur asosidagi hosilasidir. Nihoyat, nazariya – g‘oya, fikr va bilimlarning
tafakkur vositasida tizimli ifodalanishidir. «Nazariy ta’limot» va «konsepsiya» iboralari aynan bir ma’noni anglatadi.
Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida fundamental mavqe va nufuzga ega. U, bir tomondan, ijtimoiy yo‘nalish va mazmunga, ikkinchi tomondan, yuridik voqelikni, davlat va huquq hodisalarini ilmiy, nazariy jihatdan tahlil etish xususiyatiga ega. Fanimiz o‘z tadqiqotlari natijasida yaratadigan nazariy bilimlar, xulosa va tavsiyalar barcha sohaviy yuridik fanlar uchun umumnazariy, metodologik ahamiyat kasb etadi. Yuridik voqelikni aks ettiruvchi umumiy tushuncha va kategoriyalarni bilmay turib, yurisprudensiyaning biron-bir masalasini, sohaviy yuridik fanlarning mavzularini o‘rganib bo‘lmaydi. Masalan, «davlat», «davlat apparati», «davlat organi», «huquq», «huquq tizimi», «huquqiy munosabat», «normativ-huquqiy hujjat», «huquqbuzarlik», «yuridik javobgarlik» degan tushunchalarning ta’rifini anglamay turib, maxsus fanlarning predmetini o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Davlat va huquq nazariyasi asosiy, yetakchi yuridik o‘quv fani sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:birinchidan, o‘zining aniq predmetiga, o‘rganadigan mavzulari doirasiga ega;ikkinchidan, davlat va huquq haqida yaxlit umumiy nazariy bilim beradi, davlat va huquqning mohiyati, taraqqiyot bosqichlari va qonuniyatlarini ochib beradi; uchinchidan, davlat va huquq sohasida to‘plangan bilimlarni «davlat», «huquq», «qonun», «hokimiyat», «demokratiya» va boshqa kategoriyalarda (tushunchalarda) ifoda etadi;to‘rtinchidan, davlat va huquqning ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanishidagi obyektiv jarayonlarni, dialektikasi va taraqqiyot qonuniyatlarini aks ettiradi. Xullas, davlat va huquq nazariyasi yuridik ta’lim tizimidagi o‘quv fanlari orasida asosiy o‘rinni egallaydi. Bu fan bo‘lajak huquqshunoslarda huquqiy tafakkur va dunyoqarashni, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. Davlat va huquq nazariyasini huquqshunoslikning alifbosi deyish mumkin. U umumyuridik fan sifatida sohaviy huquq fanlari uchun poydevor bo‘luvchi ilmiy kategoriyalar tavsifini shakllantirib beradi. Davlat va huquq nazariyasining quyidagi jihatlariga alohida e’tibor qaratish lozim:
– davlat va huquq nazariyasi jamiyatdagi muhim ijtimoiy hodisalar
– davlat va huquqni o‘rganadi;
– davlat va huquq inson hayotining asosiy hamrohi va tartibga soluvchi mezoni hisoblanadi;
– davlat va huquq bir necha asrlik tarixiy davrni bosib o‘tgan va bugungi qiyofaga erishguncha umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar hamda tajribani o‘z mazmuniga jo etgan;
– inson o‘zi istiqomat qilayotgan zaminga, davlatga hamisha qiziqish bilan qaraydi, uni anglash va mushohada etishga intiladi;
– inson o‘z faoliyati davomida muayyan qoida, norma, ya’ni huquqqa
amal qilish barobarida uning mohiyatini anglashga ehtiyoj sezadi;
– davlat va huquq jamiyat taraqqiyoti bilan aloqadorlikda hamda uyg‘unlikda rivojlanib boradi, shu bois, ijtimoiy tamaddun qonuniyatlariga bo‘ysunadi.
Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquqning vujudga kelishi, mohiyati, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umumiy qonuniyatlarni ifodalovchi fundamental bilimlar tizimi. Shuningdek, bu fan davlat va huquq haqidagi qarashlar, g‘oyalar, fikrlar va bilimlarning mantiqiy tarzda umumlashtirilgan sistemasi hisoblanadi.
Tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida, ya’ni muayyan zamon va makonda istiqomat qilgan insonlar o‘sha davrning siyosiy tuzumi, mafkuraviyg‘oyaviy jihatlari, boshqaruv tartibi, ijtimoiy ongi va madaniy taraqqiyotidan
kelib chiqqan holda davlat va huquqqa munosabat bildiradilar, ularga baho beradilar. Har bir tarixiy davrda davlat va huquqning mohiyati o‘ziga xos, davrga
mos tarzda namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng jamiyat hayotining barcha jabhalarida bo‘lgani kabi davlat va huquqqa ham yangicha qarash, yangicha yondashuv paydo bo‘ldi. Davlat va huquqning mohiyatida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimiz sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan vaqtda davlatga iqtisodiy hukmron sinflarning tashkiloti, huquqqa esa, ijtimoiy tartibga solishning zo‘ravonlik (sinfiy hukmronlik) quroli sifatida munosabat bildirilgan edi. Bugungi kunga kelib, ya’ni demokratiya sharoitida davlat ijtimoiy qaramaqarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanmoqda. Zamonaviy huquqqa esa, ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi sifatida yondashilmoqda1.Davlat va huquq nazariyasi ham o‘z mazmun-mohiyati jihatidan tadrijiy taraqqiy etmoqda. Unga yangicha zamonaviy qarash, yondashuv shakllanmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi o‘z oldiga demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdek buyuk maqsadni qo‘yganligi bois davlat va huquqqa, uni o‘rganishga, tadqiq etishga alohida ehtiyoj sezila boshladi. Huquqiy davlatda qonun ustuvorligi eng asosiy tamoyil sifatida e’tirof etilsa, fuqarolik jamiyatining zaruriy sharti – fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va madaniyati, qonunlardan xabardorlik darajasi hamda huquqqa nisbatan chuqur hurmatidir. Bu tushunchalar, albatta, davlat va huquq nazariyasining obyekti hisoblanadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, davlat va huquq nazariyasi zamonaviy dunyo taraqqiyoti, sivilizatsiya bilan hamohang harakatlanuvchi muhim ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi nafaqat mamlakatimizda, balki jahon hamjamiyatida yuz berayotgan yangilanish va yuksalishlar ta’sirida rivojlanmoqda. Davlat va huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi umumiylik, o‘zaro aloqadorlik davlat bilan bir qatorda huquq ham jadal takomillashib borayotganligidan dalolat beradi. Huquqqa liberal yondashuv, uning insonlar hayotiga yanada yaqinlashayotganida, adolat va erkinlik g‘oyalarini izchil ifodalayotganligida, fuqarolar manfaatlarini yanada mukammal aks ettirayotganligida namoyon bo‘lmoqda.
Insoniyat ongi va tafakkurining yuksalishi barcha ijtimoiy hodisalar kabi davlat va huquqni ham yangicha talqin etmoqda. Davlatning ham, huquqning ham inson uchun, uning manfaati uchun faoliyat olib borishini fuqarolar tobora chuqur anglab yetishmoqda. Turli tarixiy davrlarda davlat va huquqdan turli guruhlar, tabaqalar yoki alohida shaxslar manfaatining himoyachisi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni bostirish quroli sifatida foydalanilgan bo‘lsa, bugunga kelib ular inson uchun farovon hayotni ta’minlash vositasiga aylanmoqda. Davlatning mohiyatini anglash, huquqqa zamonaviy yondashuv, huquqiy davlatning mazmun-mohiyatini ochish, fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlarini tadqiq etish aynan davlat va huquq nazariyasining vazifasidir. Bu, o‘z navbatida, fanning xususiyatlarini ochib berish bilan bir qatorda, uning ijtimoiy ahamiyatini, dolzarbligini isbotlaydi.

1.2 Davlat va huquq nazariyasining fundamental fan sifatida namoyon bo'lishi


Ma’lumki, davlat va huquqqa doir masalalar barcha sohaviy yuridik fanlar, jumladan, boshqa ijtimoiy fanlar (tarix, falsafa, siyosatshunoslik va h.k.) tomonidan ham o‘rganiladi. Ularning barchasidan farqli o‘laroq, davlat va huquq nazariyasi jamiyatda davlat va huquq amal qilishi va rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Davlat va huquq o‘zaro bog‘liqlikda hamda alohida holda o‘rganiladi. Chunki, ular yuridik hayotning bir-biri bilan chambarchas bog‘liq qismlaridir. Buni quyidagi misol bilan tushuntiramiz. Ma’lumki, davlat organlari huquq normalarini yaratadi va ularning hayotga tatbiq etilishini ta’minlaydi; o‘z navbatida, huquq davlat organlarining maqomini, vakolatlarini belgilaydi, ya’ni davlat organlarining faoliyati huquqiy mezonlar, shakllar doirasida amalga oshadi.Shunday bo‘lsa-da, fanda davlatni alohida, huquqni alohida ajratib o‘rganish an’anasi mavjud. Fanimiz bo‘yicha nashr etilgan ko‘pchilik darsliklarda ikki
yirik bo‘lim: – davlat nazariyasi va huquq nazariyasi bo‘limlari mavjud. Davlat nazariyasi qismida «davlatning tushunchasi», «davlatning kelib chiqishi», «davlatning mohiyati», «davlat hokimiyati», «davlat funksiyasi», «davlatning shakli», «davlat apparati», «davlatning siyosiy tizimidagi o‘rni», davlatning «demokratiya» bilan nisbati kabi hodisalar (kategoriyalar) tahlil etiladi. Huquq nazariyasi qismida esa, «huquqning umumiy tushunchasi», «huquqning vujudga kelishi», «huquqning mohiyati», «huquqning shakli», «huquqning funksiyalari va prinsiplari», «huquq ijodkorligi», «huquq normalari», «huquqiy munosabatlar», «huquqni amalga oshirish», «huquqiy tizim va qonunchilik tizimi», «qonun ustuvorligi va qonuniylik», «huquq buzilishi va yuridik javobgarlik» va boshqa muammolar o‘rganiladi. Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi predmetini ijtimoiy hayotning muhim qismi hisoblangan davlat va huquq, ular vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari, ularning mohiyati, ijtimoiy vazifasi, funksiyalari, shuningdek siyosiy va huquqiy ongning namoyon bo‘lishi va huquqiy tartibga solishning xususiyatlari tashkil etadi. Har bir fan o‘z predmetidan tashqari, muayyan o‘rganish obyektiga ega. Fan qaysi narsalar (hodisalar) haqida bilim yaratib, uni tizimga solsa, shu uning obyektini tashkil etadi. Yuridik bilimlar davlat va huquq xususida yaratiladi. Demak, yurisprudensiyaning obyektini davlat va huquq tashkil qiladi. Biroq, fanning obyekti uning predmetidan farq qiladi. Aynan bir obyekt turli fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Masalan, davlat va huquq turli sohaviy yuridik fanlar (konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya huquqi, yer huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va h.k.) tomonidan o‘rganiladi. Ammo ularning har biri davlat va huquqni o‘z predmeti va metodi nuqtayi nazaridan o‘rganadi.Fanning obyekti deganda, muayyan fan doirasida bilishning vosita va usullari yordamida ilmiy o‘rganish (tahlil) qamroviga olinadigan voqea va hodisalar tushuniladi. Ilmiy bilish jarayonida voqea va hodisalarning fikriy modeli (obrazi) hosil qilinadi, mohiyat – belgilari haqida tushunchalar tizimi vujudga keltiriladi. Xuddi mana shu mohiyatga oid xususiyatlarni ochish fanning predmetini tashkil etadi. Ushbu mulohazalar yuridik fanga ham taalluqli. Eng umumiy tarzda xulosa qiladigan bo‘lsak, yuridik fanlarning obyektini davlat va huquq, predmetini esa davlat va huquqning turli xususiyatlari, mohiyatiga oid belgilari tashkil etadi . Boshqacha aytganda, davlat va huquq nazariyasining predmeti davlat va huquqning mohiyatini, xususiyat – belgilarini ochish, ular namoyon bo‘lishining eng umumiy qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.Davlat va huquq nazariyasining predmetidan kelib chiqib, uning tabiatini tavsiflash mumkin. Fanimizning tabiati serqirra va nihoyatda boy mazmunlidir. U ijtimoiy, yuridik, siyosiy, nazariy-metodologik, fundamental fan hisoblanadi. Davlat va huquq nazariyasi avvalo ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi. Chunki, u ijtimoiy tuzumni, jamiyat hayotida davlat va huquqning o‘rni, ahamiyati va vazifalarini tahlil etadi. Eng asosiysi, davlat ham, huquq ham ijtimoiy hodisalardir.Boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq, davlat va huquq nazariyasi yuridik fandir. Ushbu fan davlat va huquqning mohiyatini, davlat boshqaruvining mazmunini, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barcha jarayonlarini, qonuniylik, huquq buzilishi va yuridik javobgarlik masalalarini umumnazariy jihatdan o‘rganadi.Davlat va huquq nazariyasini siyosiy fan deb hisoblashga barcha asoslar bor. Sababi, davlat va huquq siyosat bilan chambarchas bog‘liq. Ya’ni, siyosatni davlat yaratadi, huquq yordamida siyosat mustahkamlanadi, ifodalanadi va amalga oshiriladi. Fanimiz «siyosat», «siyosiy hokimiyat», «siyosiy tizim», «siyosiy demokratiya» kabi hodisalarni bevosita tahlil etadi, ushbu tushunchalar bilan ish yuritadi.Davlat va huquq nazariyasi boshqa yuridik fanlarga nisbatan umumnazariy, umummetodologik, falsafiy fan sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, falsafiy bilim eng yuqori darajadagi nazariy bilimdir. Falsafa barcha ijtimoiy va tabiiy fanlarning poydevorini tashkil etib, ularni ilmiy metodologiyaning umumiy prinsiplari bilan qurollantiradi. Davlat va huquq nazariyasi falsafiy mazmundagi fan bo‘lib, davlat va huquq mavjud bo‘lishining eng umumiy qonuniyatlarini ochadi. Uning umummetodologik fan ekanligi shundaki, mazkur fan yurisprudensiyaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari) ni, umumiy yondashuvlari va metodlarini ishlab chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi – fundamental ahamiyatga molik fan. Fanning fundamentalligi – u tomonidan o‘rganiladigan hodisa(obyekt) lar haqidagi bilimlarning chuqur nazariyligi, ilmiy umumlashtirilganligi hamda asoslantirilganligida namoyon bo‘ladi. Davlat va huquq nazariyasi yaratadigan ta’riflar, qoidalar, uning ochadigan qonuniyatlari boshqa yuridik fanlar uchun poydevor, umumiy asos, rahbariy yo‘naltiruvchi g‘oya, tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

1.3 Davlat va huquq nazariyasining metodologik fan sifatida namoyon bo'lishi


Davlat va huquq nazariyasini metodologik fan sifatida namoyon bolishi bu Davlat va huquq nazariyasi o‘z mavzusiga kiruvchi masalalarni tegishli yondashish usullari, ma’lum metodlar yordamida o‘rganadi. «Metod» iborasini fanga qadimgi yunonlar olib kirganlar. Metod (yunoncha «metodos» so‘zidan olingan bo‘lib) – biror narsaga erishish yo‘li, bilish usuli ma’nosini anglatadi. Metod tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini o‘rganish, bilish, tadqiq etish usulidir. Qadimdan olimlar ilmiy izlanish metodlariga katta e’tibor qaratib kelganlar. Masalan, F. Bekon metodni fonus chiroqqa qiyoslagan, zero, u olimning «yo‘lini» yoritadi, degan edi. Ilmiy izlanishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan foydalaniladigan usullarning samaradorligiga bog‘liq. Tadqiqot olib borishning usullari, vositalari, metodlarini doimo takomillashtirib borish yangi bilimlarga erishishning, taraqqiyot qonuniyatlarini ochishning ishonchli garovidir. Davlat va huquq nazariyasi o‘z predmetini, tadqiqot mavzularini o‘rganish va tahlil etishda qo‘llanadigan metodlar yig‘indisi, hosil qilinadigan bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish va tasniflash tamoyillari fanning metodologiyasini tashkil etadi. Ba’zi adabiyotlarda fanning metodologiyasini metodlarning oddiy yig‘indisi tarzida izohlashga urinish mavjud. Masalaga bunday yuzaki yondashishni ma’qullab bo‘lmaydi. Fikrimizcha, davlat va huquqning metodologiyasi deganda, davlat-huquqiy voqeliklarning (institutlarning) vujudga kelishi, barqarorlashuvi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini ochish, ularni mohiyat nuqtayi nazaridan izohlashning maxsus metodlari, tamoyillari, yondashuvlari va vositalarining ilmiy tizimi tushuniladi. Davlat va huquq nazariyasi bir yoki ikki metod bilan o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni ado etolmaydi. Buning uchun barcha metod va uslubiy yondashuvlarning bir butun tizimiga tayanadi. Davlat va huquq nazariyasi metodologiyasining tub mohiyatini anglashda mazkur fan davlat va huquq voqeliklarini tadqiq etishda tahlil
tamoyillarining ilmiyligiga va yondashuvlarning falsafiyligiga tayanish lozim. Falsafaning kategoriya va qonunlari davlat va huquq nazariya metodologiyasining poydevorini tashkil etadi. Aynan falsafiy poydevor tadqiq etilayotgan voqeliklar haqidagi bilimlarning ilmiy asoslantirilganligi, obyektivligi, to‘laqonliligi hamda kompleksliligini ta’minlaydi.Davlat va huquq nazariyasining metodi deganda, davlat va huquq masalalarini o‘rganish, ularga ilmiy yondashishning usuli, yo‘llari, tamoyillari tushuniladi. Fanning metodi amaliyotni, hayotni o‘rganuvchi nazariyadir. O‘z navbatida, har qanday nazariya, shu jumladan yuridik (huquqiy) nazariya davlat va huquqni talqin etuvchi tegishli yuridik metodning tizimli va tarkibiy ifodasidir; shuningdek nazariya metodning bilim hosil qiluvchi va yaratuvchanlik funksiyasining hosilasidir. Shu bois, har qanday huquqiy nazariya metod funksiyasiga ega va shunday vazifani bevosita yoki bilvosita bajaradi.
Yuridik fanning metodi – davlat va huquqiy voqeliklarni anglash, yuridik bilimlar hosil qiluvchi va ularni jamlovchi usullardan iborat yuridik metod. Yuridik metod huquqning tushunchasidan, tabiatidan kelib chiquvchi voqeliklarni yuridik anglash hamda ifodalash usuli hisoblanadi. Yuridik metodning xususiyati shundaki, u o‘zining bilish mantig‘i va tabiatiga ko‘ra, tushunchalarni ifodalovchi huquqiy metod, voqelik haqidagi bilimlarni huquqiy modellashtirish usuli, voqelikni davlat va huquq tushunchalari doirasida hamda nuqtayi nazaridan anglash usuli, voqelikning belgi, xususiyat, jihatlarini aynan huquqiy belgi, xususiyat, jihat sifatida tushunish usuli bo‘lib, bunda voqelik huquqiy ta’riflar, huquqiy ifodalar va huquqiy mezonlar tarzida bayon etiladi1.Boshqa fanlarning metodi kabi davlat va huquq nazariyasining metodlari ham umumiy ilmiy, maxsus va xususiy ilmiy usullarga bo‘linadi. Umumiy ilmiy metodlar – tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini o‘rganishda qo‘llaniladigan eng umumiy yondashuvlar, usullar, bilishning umumiy prinsiplaridir. Barcha fanlar uchun eng umumiy universal metod dialektikadir. Dialektika nazariyasi – voqeliklarning umumiy aloqadorligi va doimiy rivojlanish holatida bo‘lishi to‘g‘risidagi ta’limot. Dialektik metod davlat va huquqni o‘zaro aloqada, doimiy rivojlanishda, o‘zgarishda, bir tipdan ikkinchi tipga hamda bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tish, mazmunan boyish va takomillashishda, deb tushuntiradi.
Dialektik metod davlat va huquq hodisalarini tadqiq qilishda obyektiv haqiqatga erishishning asosiy omilidir. Bu metod davlat va huquqning mohiyatini jamiyatning iqtisodiy tuzumi siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalar bilan uzviy bog‘liq, deb qaraydi. Bordi-yu, davlat va huquqni iqtisodiy asosdan ajratib, tegishli tarixiy shart-sharoitdan uzilgan holda talqin etilsa, ularning mohiyatini ham, riovjlanish qonuniyatlarini ham to‘g‘ri tushunib bo‘lmaydi. Dialektik metodning asosiy talablaridan biri davlat va huquqni tarixiy voqealar bilan bog‘lab o‘rganishdir.
Davlat va huquqni o‘rganishda dialektik yondashuv talablaridan yana biri ilmiy obyektivlikdir. Ilmiy obyektivlik o‘rganilayotgan mavzuning, ya’ni davlat va huquqning jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida obyektiv zaruriyat tarzida vujudga kelganligi, uning rivojlanishi jamiyatning boshqa sohalari bilan o‘zaro bog‘liq va aloqadorlikda ekanligi, o‘z qonuniyatlari asosida rivojlanishini inobatga olishni talab etadivlat va huquq nazariyasi ish ko‘radigan umumiy metodlardan yana biri metafizikadir. «Metafizika» yunoncha so‘z bo‘lib, ma’nosi – «fizika ketidan keladigan narsa» degani.
U hozirgi paytda fanda «qotib qolgan fikr yuritish usuli» ma’nosida ishlatiladi. Ushbu metoddan foydalanib ilmiy izlanish olib boruvchilar davlat va huquq ilgaridan mavjud bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi, ular abadiy va o‘zgarmasdir, hech qanday boshqa ijtimoiy hodisalar bilan ichki aloqadorlikda emas, ular rivojlanishda emas, qanday bo‘lsa shundayligicha saqlanib qoladi, deb fikrlaydilar. Metofizika sof ilmiy, ijodiy metod emas, u davlat va huquq hodisalarining tub mohiyatini ilmiy ravishda ochib berolmaydi.
Davlat va huquq nazariyasining umumiy metodlari bilan bir qatorda uning mavzusini yoritishga yordam beruvchi maxsus va xususiy ilmiy metodlari ham mavjud. Bu metodlar quyidagilardan iborat: mantiqiy metod, tarixiy metod, sistemali – strukturali o‘rganish metodi, qiyosiy-huquqiy metod, aniqsotsiologik metod, statistik-matematik metod, , ijtimoiy-tajriba metodi va boshqalar.
II bob. Davlat va huquq nazaryasi fanining boshqa yuridik fanlar bilan mustahkam aloqas
Yuridik fanlar – ijtimoiy hodisa sifatida davlat va huquqning tushunchasi, mohiyati, tasnifi, kelib chiqishi, rivojlanishi va amal qilinishining umumiy va maxsus qonuniyatlari to‘g‘risidagi huquqiy bilimlar tizimidir.
Barcha yuridik fanlar diqqat markazida davlat va huquq asosiy o‘rin egallaydi. Ayni paytda, har bir yuridik fan davlat va huquqning muayyan tomonlarini, muayyan jihatlarini o‘rganadi. Shuning uchun huquqshunoslik fanlarining har bir tarmog‘i o‘zining mustaqil predmetiga ega. Davlat va huquq nazariyasini barcha huquqiy fanlar bilan birgalikda o‘rganish bu fanning predmeti, ahamiyati va rolini yanada oydinlashtiradi. Barcha yuridik fanlarning ham o‘rganish sohasi va umumiy obyekti – davlat va huquqdir. Har bir sohaviy huquqshunoslik fani davlat va huquq masalasiga o‘ziga xos yondashadi, ularning har biri o‘zining tadqiqot obyekti va predmetiga ega.

Yuridik fanlar quyidagi tarzda klassifikatsiya (tasnif) qilinadi:


a) tarixiy-nazariy-huquqiy fanlar (davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarixi, siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi va hokazo)
b) maxsus yoki tarmoq huquqiy fanlar (masalan, fuqarolik huquqi,jinoyat huquqi, mehnat huquqi, ma’muriy huquq, konstitutsiyaviy huquq, moliya huquqi, yer huquqi, jinoyat protsessual huquqi va boshqalar);
d) amaliy yuridik fanlar (masalan, kriminalistika, kriminologiya, sud tibbiyoti, sud statistikasi, sud buxgalteriyasi va hokazo).
Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida umumiy, fundamental va metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat va huquq nazariyasining boshqa huquqiy fanlar bilan aloqasi ana shundan kelib chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi maxsus va amaliy-huquqiy fanlarning aniq materiallariga tayanadi, ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi. Umumiy va fundamental fan sifatida huquqshunoslikning asosiy tushunchalari va qoidalarini shakllantiradi. Davlat va huquq nazariyasi metodologik fan sifatida boshqa sohaviy huquqiy fanlar uchun xususiy yuridik metodlarni va rahbariy prinsiplarni ishlab chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi bilan davlat va huquq tarixi fani bir-biri bilan chambarchas bog‘langandir. Ularning har ikkisi davlat va huquq borasida bahs yuritadi. Davlat va huquq tarixi davlat va huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonini to‘liq, xronologik tarzda o‘rganadi. Tarix va nazariya bir-birisiz bo‘lmaydi, biri ikkinchisini taqozo etadi. Davlat va huquq tarixi fani, o‘z navbatida, ayrim nazariy xulosalarni chiqaradi, nazariy prinsiplar asosida ish ko‘radi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa o‘z xulosalarini tarixiy materiallar yordamida asoslaydi, bunda u tarixiylik metodidan foydalanadi. Har qanday tarixiy faktni nazariyasiz yoritish, izohlash mumkin emas. Nazariya tarixiy voqealarga yondashish usulini belgilaydi va shu bois tarixni ilmiy o‘rganish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa huquqiy fanlar bilan ham xuddi shunday ikki yoqlama aloqadadir. Demak, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fanlari tizimida markaziy, yo‘naltiruvchi, umumlashtiruvchi ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga, barcha yuridik fanlarning yutuqlarini uyg‘unlashtiradi va ularning o‘zaro boyishiga ko‘maklashadi.

2.1 Davlat va huquq nazaryasi fanining Konstitutsiyaviy huquq fani bilan mustahkam aloqadorli


Biror-bir fan o'z holicha to'la mustaqil faoliyat ko‘rsatmaydi. Mustaqil faoliyat olib boradigan bo Isa, belgilangan vazifalarni to‘la, bekamu ko'st bajara olmaydi. Fanlarning o'zaro aloqada rivojlanishi bu qonuniyatdir.Konstitutsiyaviy huquq fani birinchi navbatda ijtimoiy fanlar tizimiga kirgani uchun shu tizimdagi fanlar bilan o'zaro munosabatda bo'lishi tabiiydir. Masalan, barcha ijtimoiy fanlarni o'rganish usullarida umumivlik mavjud bo'lganligi uchun ular bir xil tarixiy, qiyosiy, tizimli va boshqa usullardan foydalanadi. Barcha ijtimoiy fanlar oldida maxsus vazifalar bilan birga, umumiy vazifalar ham mavjud. Ya’ni, ularning barchasi komil insonni shakllantirish. shaxslarni bir-biriga hurmat ruhida tarbiyalash, vatanga sadoqat, vatanparvarlikni vujudga keltirish vazifasini o'z oldiga qo'yadi. Ana shunday umumiylikning mavjudligi ijtimoiy fanlar o'rtasida aloqa, hamkorlik bo'lishi zarurligini ko'rsatadi. Qolaversa, Konstitutsiyaviy huquq fani yuridik fanlar tizimidagi alohida bir fandir. Shuning uchun uni yuridik fanlar bilan aloqasi vanada kuchliroq va aniqroq aks etadi.Bu aloqa ayrim yuridik fanlar bilan ularga tayanish, ulardan ozuqa olish asosiga qurilsa, ayrim yuridik fanlarga tayanch bo'lish, ularga ozuqa berish shaklida namoyon bo'ladi.Birinchi guruh fanlariga “Davlat va huquq tarixi”, “Davlat va huquq nazariyasi” fanlarini kiritish mumkin. “Davlat va. huquq tarixi” fani davlat va iiuquqning vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari, Konstitutsiyalarning vujudga kelish va rivojlanish jarayonlarini o'rganadi. Konstitutsiyaviy huquq fani konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini o'rganishda tarix faniga, uning ta’limotlariga tayanadi.Konstitutsiyaviy huquq fanining “Davlat va huquq nazariyasi” fani bilan aloqasi yanada aniqroq va kengroq aks etadi. “Davlat va huquq nazariyasi” umuman davlat va huquq, uning shakllari, turlari haqida nazariy asos bilimlarni beradi. Davlat hokimiyati, uning bo'linish prinsiplari haqidagi rahbariy bilimlar ham shu fanda beriladi, ular haqida chuqur bilmasdan, huquqiy norma, huquqiy institut, ularning tuzilishi, vujudga kelishi, huquq manbalari, huquqiy munosabatlar, huquq subyektlari haqida yetarli bilim va ma’lumotga ega bo'lmay, Konstitutsiyaviy huquq o'rganadigan masalalarni o'rganib bo'lmaydi. “Davlat va huquq nazariyasi” yuqoridagi kategoriya va hodisalarni umumiy tarzda o'rgansa, Konstitutsiyaviy huquq fani ularni aynan, konstitutsiyaviy huquq doirasida o'rganadi. Masalan, ijtimoiy munosabatlar, huquqiy nor-malar, Davlat va huquq nazariyasi”da umumiy tarzda oYganilsa, konstitutsiyaviy huquq konstitutsiyaviy ijtimoiy munosabatlarni, konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni o'rganadi.Ikkinchi guruhdagi fanlar tarmoq huquqiy fanlar bo'lib, ular Konstitutsiyaviy huquq faniga tayanadi. Ya’ni, ular o'rganadigan, tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning asoslari konstitutsiyaviy huquqda belgilangan va o‘rganiladi.
2.3 Davlat va huquq nazaryasi fanining Jinoyat huquqi fani bilan mustahkam aloqadorligi
Davlat va huquq nazariyasi jinoyat huquqi o’rganadigan nazariy masalalarni tadqiq etadi biz Davlat va huquq nazariyasini o'rganmasdan turib jinoyat huquqi ni organa olmaymiz. Davlat va huquq nazariyasi barcha yuridik fanlar uchun fundamental metodologik fan hisoblanadi shu bilan birgalikda jinoyat huquqi uchunham . Yuridik fanlar o’z ahamiyati jihatidan ijtimoiy fanlar orasida ajralib turadi. Ularning har biri huquqiy normalar vositasida ijtimoiy munosabatlarning ma’lumbir sohasini tartibga soladi. Jinoyat huquqi huquqshunoslikning muhim tarmog’i hisoblanib, jinoyat va jinoyatchilik sohasining umumiy xususiyatlari, belgilari, normalari va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Jinoyat huquqi o’z normalari, institutlari bilan jinoyat huquqi sub’ektlarining xatti-harakati va harakatsizligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Ushbu huquq Jinoyat kodeksi normalarida aks etgan harakat yoki harakatsizliklarni amalga oshirishni ta’qiqlaydi. Jinoyat huquqining normalari shakllanishiga O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, xalqaro standartlar va boshqa normativ hujjatlarda aks etgan me’yorlar ta’sir ko’rsatadi. Normativ hujjatlar Jinoyat kodeksida belgilanganJinoyat huquqining boshqa fanlar bilan aloqadorligi, nafaqat ijtimoiy, balki tabiiy fanlar doirasida ham mavjud bo’ladi. Moddalarning tarkibi, xususiyatlari, ularning zararlilik darajasi, o’simliklarning biologik xossalari, inson fiziologiyasi, hududning sanitariya holati, fizika va mexanika qonuniyatlari, portlash kuchi kabi komponentlar ham borki, ularsiz jinoyatni aniqlash mumkin bo’lmay qoladi. Jinoyat huquqi qilmishni jinoyat ekanligini aniqlash, javobgarlikka tortish, jazo belgilash, javobgarlik va jazodan ozod qilish bilan bog’liq bo’lgan huquqiy munosabatlarni o’rganadi. Boshqa yuridik fanlardan o’zining ta’sir choralari va jazolarining og’irligi bilan alohida ajralib turadi. Jinoyat huquqi dialektika, analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya, qiyoslash kabi uslublardan foydalanishi jihatdan boshqa yuridik fanlar bilan umumiylikka ega. Davlat va huquq nazariyasi jinoyat huquqi o’rganadigan nazariy masalalarni tadqiq etadi. Jumladan, huquqiy munosabat, huquq normasi, javobgarlik, jazo kabi tushunchalarning nazariy asoslari jinoyat huquqi manbalariyordamida o’rganilmaydi. Shuningdek, jinoyat huquqining maxsus qismidagi normalar davlat va huquq nazariyasining o’rganish ob’ektiga kirmaydi. Konstitutsiyaviy huquq, oila huquqi, mehnat huquqi, fuqarolik huquqi ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi o’z tizimlariga ega bo’lib, ularda vakolat beruvchi normalar nisbatan ko’proqdirUshbu huquq sohalari huquqsub’ektlariga huquq va erkinliklar beradi. Majburiyat yuklovchi va ta’qiqlovchi normalar mavjudligiga qaramay, ushbu huquq sohalari fuqarolar uchun jinoyat qonunchiligi darajasida og’ir oqibatlar keltirib chiqarmaydi. Ularda huquqiy munosabatlar taraflarning teng huquqliligiga asoslanadi. Mazkur sohalardagi huquq va erkinliklarga qarshi qaratilgan tajovuzlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo’lsa, jinoyat huquqi himoyalash funktsiyasini bajarishga kirishadi.
Yuridik fanlar tizimidagi javobgarlik intizomiy, fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik shakllariga bo’linadi. Shunga mutanosib ravishda intizomiy, fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy jazolar qo’llaniladi. Ular orasida jinoiy jazolar og’ir oqibat keltirib chiqarish darajasi bo’yicha boshqalaridan keskin farqlanadi. Jinoyat huquqi boshqa yuridik fanlar uchun moddiy fan vazifasini ham bajaradi. Jumladan, jinoyat-protsessual huquqi, jinoyat-ijroiya huquqi, kriminologiya, kriminalistika fanlari o’z asoslarini jinoyat huquqidan oladi. Jinoyat huquqining normalari ushbu huquq sohalarini shakllanishi uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, jinoyat huquqi ham mazkur fanlarsiz o’z mohiyatiga ega bo’lmaydi.
Yüklə 23,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə