Davlat va jamiyat qurilishi / Suverenitet. Konstitutsiya]


XXVI bob. Mudofaa va xavfsizlik



Yüklə 435 Kb.
səhifə65/65
tarix29.03.2022
ölçüsü435 Kb.
#84849
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
UzR Konstitutsiyasi (22.01.2021)

XXVI bob. Mudofaa va xavfsizlik

125-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) .

126-modda.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli kuchlariga ega.



OLTINChI BO‘LIM. KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TARTIBI

Oldingi tahrirga qarang.

127-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri).

(127-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)

128-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.


(“Xalq so‘zi” gazetasi, 1992-yil 15-dekabr, 243 (494)-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 343-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 152-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2011-y., 16-son, 159-modda; 2014-y., 16-son, 176-modda; 2017-y., 14-son, 213-modda, 22-son, 406-modda, 35-son, 914-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Yüklə 435 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə