Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81


Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi 
 
 
Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti 
 
 
Tarix kafedrasi 
 
 
 
 
 
 
Manbashunoslik fanidan 
 
Ma`ruzalar matni 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nukus 2012 
 


Kirish 
 
  Uzbekiston  istikloli  (1991)  yurtimizda  ijtimoiy  fikr  erkinligi  uchun  keng 
imkoniyatlar  yaratdi.  Biz  o`zimizning  boy  va  kadimiy  tariximizni  kaytadan  kashf 
etish  imkoniga  ega  buldik.  Respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov  tugri 
ta`kidlaganidek,  Uzlikni  anglash  tarixni  bilishdan  boshlanadi.  Isbottalab  bo`lmagan 
ushbu xakikat davlat siyosati darajasiga ko`tarilishi zarur. 
  Sunggi  yillarda  manbashunoslik  fanidan  bir  necha  darslik  va  kullanmalar 
yaratilgan bulib, ular kuyidagilardan iborat, B.A. Axmedovning «Uzbekiston xalklari 
tarixi  manbalari»  (1991),  T.S.Saidkulovning  «Uzbekiston  tarixi  tarixnavisligidan 
lavxalar» (1993, uzbek va rus tillarida), A. Xabibullaevning «Adabiy manbashunoslik 
va  matnshunoslik»  (2000),  B.A.  Axmedovning    «Uzbekiston    tarixi  manbalari» 
(2001), 
«Manbashunoslikdan 
ma`ruzalar 
majmuasi» 
(2001, 
tuzuvchi 
A.A.Madraimov). 
  Bu  darslik  va  kullanmalarda  tarixiy  manbashunoslik  umumiy  tarzda  eritilgan 
mukammal  darslik  va  ukuv kullanmasi  yaratish  yilidagi  birinchi  kadamdir.  Tarixchi 
manbashunoslar  uchun  juda  kerakli  bulib  ular  «Cobranie  vostochnix  rukopisey 
Akademiy  nauk  Uzbekistana.  Istoriya.  ”  (Sostaviteli  D.Yu.Yusupova,  R.P.Djalilova. 
1998)  nomli – katalog chop etilgan. Bu va boshka manbashunoslikka oid bajarilgan 
tadkikotlar,  yozma  manbalar,  tarjimalarning  chop  etilishi,  tarix  fanini  o`kitish 
bobidagi  metodik  tajribalarni  umumlashtirilgan  ko`llanmalar  bizning  ushbu 
bakalaviatura uchun mo`ljallangan “Tarixiy manbashunoslik”(Ma`ruzalar va metodik 
tavsiyalar) nomli o`kuv ko`llanmani yaratishga asos bo`lib xizmat kildi. Unga mazkur 
fanni  o`kitish  soxasidagi  Nizomiy  nomidagi  TDPU  Tarix  fakul`tetidagi 
“Manbashunoslik 
va 
tarix 
o`kitish 
metodikasi” 
kafedrasining 
professor 
o`kituvchilarining amaliy tajribasi asos kilib olindi. 
  Ushbu  o`kuv  ko`llanma  Oliy  o`kuv  yurtlari  uchun  kabul  kilingan  Davlat 
Standartlariga muvofik tayyorlangan.  
  Xar bir ma`ruza boshida mavzu nomi, darsning mazmuni, uning rejasi, asosiy 
tushunchalar  beriladi.  Asosiy  matnda  ma`ruza  mavzui  rejaga  muvofik  atroflicha 
yoritilib,  uning  so`nggida  mavzuga  oid  asosiy  va  yordamchi  manba  va  adabiyotlar 
ro`yxati, ma`ruza materialini mustaxkamlash uchun beriladigan savollar ilova etildi. 
  Biz yaratgan ushbu o`kuv ko`llanma ilk tajriba bo`lgani sababli unda turli baxs, 
munozara  va  fikrlarni  paydo  kiladigan  o`rinlar  mavjud.  Shuning  uchun  o`kuv 
ko`llanmasi yuzasidan bildiraladigan fikr va muloxazalar uchun tuzuvchilar oldindan 
o`z minnatdorchiligimizni izxor etamiz. 
Ushbu o`kuv ko`llanmasi ko`lyozmasi bilan tanishib ularni foydali maslaxatlarni 
bergani 
uchun 
A.O`rinboev, 
S.V.Teleukulov, 
D.Yusupovaga 
o`z 
minnatdorchiligimizni bildiramiz.    
 
 


1-Mavzu. Manbashunoslik fanining predmeti, maksad va vazifalari 
   
Reja: 
1. Manbashunoslik fanini o`rganishdan maksad. 
2. Manbashunoslik fanining predmeti va vazifalari. 
3. Manbalar turlari. 
4. Manbashunoslikka oid adabiyotlarni taxlili. 
 
Asosiy  tushunchalar:  manba,  tarixiy  manba,  birlamchi  manba,  asl  nusxa, 
avtograf,  bitik,  bitma,  yozma  yodgorlik,  ko`lyozma,  ko`lyozma  kitob,  toshbosma, 
litografik  kitob,  nashr,  ommaviy  nashr,  ilmiy  akademik  nashr,  faksimile, 
arxeografiya,  asosiy  arab  yozuvlari,  ro`yxatga  olish,  tavsifga  olish,  tasniflash  –
kataloglashtirish, fixrist – katalog, kartochka, annotatsiya, monografik tavsif. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati: 
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch» T., 2008.  
2. B. A. Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “O`kituvchi”. 2001.  
3.  T.  S.  Saidkulov.  O`rta  Osiyo  xalklari  tarixining  tarxnavisligidan  lavxalar.  - 
Toshkent: “O`kituvchi”. 1993. 
4.  Sobranie  vostochnix  rukopisey  Akademii  nauk  Respubliki  Uzbekistan.  Istoriya. 
Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. 
5.  Rukopisnaya  kniga  v  kul`turax  narodov  Vostoka.  Kniga  pervaya.-Moskva: 
‘’Nauka’’. 1987. 
 
Manbashunoslik fanini o`rganishdan maksad 
Manbashunoslik  fanini  o`rganishdan  maksad  talabalarda  ushbu  fan  soxasi 
to`grisida umumiy tushuncha xosil kilish va ularda kizikish uygotish va O`zbekiston 
tarixini manbalar asosida mustakil o`rganishga xarakat kildirishdan iborat. 
Tarixiy  fakt  va  vokealar  bayoni  inson  xarakteri,  ma`lumot  beruvchi  shaxs, 
gurux, firka, sulola, mazxab va mamlakatlar manfaati yo`lida turlicha talkin kilinishi 
mumkin.  
  Masalan,  O`zbekiston  yakin  tarixi  mamlakatimizning  X1X  asr  ikkinchi  yarmi 
va  XX  asr  boshlaridagi  siyosiy  vokealar  turli  davrlarda,  manbalarda  va  turli 
mualliflar tomonidan turlicha talkin kilinmokda. Bular o`z davrida yaratilgan yozma 
yodgorliklar,  tarixiy  xujjatlar  va  solnomalarda  kanday  bayon  kilingan?  Sho`ro 
davrida kanday tushuntirildi?  
Va  nixoyati  mustakillik  sharoitida  tarixiy  adolatni  tiklash,  manbalar  asosida 
xolis  va  ob`ektiv  bo`lib  o`tgan  vokealarni  bilishimiz  mumkin  va  kerak.  Bu  esa 
manbashunoslik  fanisiz,  manbalarga  ilmiy  yondoshuvsiz  mumkin  emas.  Chunki, 
o`sha davrdagi yozma yodgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi yozuvimizda, bir 
kismi rus tilida xam bitilgan va o`sha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega. 
Xulosa,  manbashunoslik  fani  yurtimiz  tarixi    to`grisida  xolis  va  ob`ektiv  bilim 
olishga,  o`zligimizni  anglashga,  boy  va  kadimiy  madaniyatimizni  bilishga  xizmat 
kiluvchi tarix fanining muxim soxalaridan biridir. 
Manbashunoslik  fani  tarix  ilmining  asosiy  va  muxim  soxalaridan  biri  bo`lib, 
turli  (moddiy,  etnografik,  yozma  va  boshka)  manbalarni  o`rganish  xamda  ulardan 
ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jixatlarini o`rganadi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə