Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81

yurtimizning  fakat  miloddan  avvalgm  VI  asrlardan  keyingi  ijtimoiy-siyosiy  xayoti 
xakida ma`lum darajada yozma ma`lumotlarga egamiz. 
Eron, Xindiston va ayniksa, kadimgi Yunoniston va Rim manbalarida saklangan 
ma`lumotlarga  karaganda,  kadim  zamonlarda    xozirgi  O`zbekiston  xududida 
istikomat kilgan saklar, massagetlar va boshka kabilalar urugchilik tuzumini boshdan 
kechirganlar,  chorvachilik,  kisman  dexkonchilik  xamda  xunarmandchilik  bilan 
shugullanganlar. 
Miloddan  avvalgi  VI  asrda  yurtimiz  Axamoniylar  davlati  (miloddan  avvalgi 
550  –  330  yillar)  asoratiga  tushib  koldi.  Ana  shu  davrda  bu  erda  istikomat  kilgan 
xalklar  xayotida  muxim  ijtimoiy-siyosiy  o`zgarishlar  sodir  bo`ldi.  Urug  jamoalari 
orasida  tabakalanish  boshlandi:  yangidan  paydo  bo`lgan  urug  aslzodalari  serunum 
erlarni egallab oldilar, kul mexnati xamda erkin jamoa a`zolari zulm kilish yo`li bilan 
boyib  bordilar.  Shu  tarika  jamiyatning  tabakalanish  jarayoni  kuchaydi  va  kuldorlik 
jamiyati paydo bo`ldi. 
Bu  davrning  o`zisha  xos  xususiyatlaridan  biri  shuki,  miloddan  avvalgi  VII 
asrda yurtimiz xududida, masalan Balx va Xorazmda otashparastlik –zardushtlik dini 
paydo bo`ldi va keng tarkaldi. 
Axamoniylar va ularning maxalliy noiblari baribir axolini to`la itoatla tutib tura 
olmadilar.  Xalkimizning  chet  el  boskinchilariga  karshi  kurashi  kuchaydi.  Natijada 
miloddan  avvalgi  VI  asr  o`rtalariga  kelib  Xorazm  mustakillikni  ko`lga  kiritib  oldi. 
Saklar  va  massagetlar  xam  o`z  ozodligi  uchun  tinmay  kurash  olib  bordilar.  Eron 
xukmdorlari  bilan  yurtimiz  xalklari  o`rtasida  uzluksiz  davom  etgan  urushlar 
Axamoniylar  davlatini  kuchsizlantirdi  va  Eronning  Iskandar  Zulkarnayn  (miloddan 
avvalgi 336 – 323 yy.) tarafidan bosib olinishini birmuncha osonlashtirdi. 
Iskandar  Zulkarnaynning  yurishlari  (miloddan  avvalgi  334-324  yy.)  yurtimiz 
ijtimoiy-siyosiy  tarakkiyotiga  ta`sir  ko`rsatdi:  katta  er  egalari  bo`lmish  maxalliy 
aslzodalarning mavkei yanada mustaxkamlandi. 
Ma`lumki, Iskandar Zulkarnayn vafotidan (miloddan avvalgi 323 yil 13 iyun`) 
ma`lum  vakt  (taxminan  75  yil)  o`tgach,  uning  ulkan  saltanati  mayda-mayda 
davlatlarga bo`linib ketdi. 
Miloddan  avvalgi  taxminan  250  yili  Buyuk  Makedoniya  saltanatining 
Baktriyadagi  noibi  Diodot  mustakillik  e`lon  kildi  va  Yunon-Baktriya  davlatiga  asos 
soldi.  Bu  davlat  tarkibiga  Sirdaryo  bilan  Ind  daryosi  yukori  okimlarigacha  bo`lgan 
erlar va xalklar karar edi. 
Xozirgi  Turkmanistonning  janubiy  tumanlari  xam  mustakillikka  erishdi.  Bu 
erla xokimiyat tepasiga nufuzli Arshakiylar urugining boshliklari o`tkizildi. 
Miloddan  avvalgi  190  yili  Magnesiya  yonida  bo`lgan  janglarda  Rim 
ko`shinlari  Buyuk  Antiox  (miloddan  avvalgi  242-187  yy.)  ko`shinlarini  tor-mor 
keltirib,  Salavkiylar  xukmronligiga  kakshatkich  zarba  berdilar.  Bu  xol  Yunon-
Baktriya, ayniksa Parfiyaning kuchayishiga yo`l ochib berdi.      
Miloddan  avvalgi  II  asrning  40-yillarida  Parfiya  butun  Eron  va 
Mesrpotamiyaning  katta  kismini  o`ziga  karatib  olib,  yirik  kuldor  davlatga  aylandi. 
Poytaxt  Ekbatana  (Xamadon)dan  evfrat  bo`ylariga,  xozirgi  Bagdod  yonida 
joylashgan Ktesifonga ko`chirildi.   
Taxminan  o`sha  vaktlarda  Yunon-Baktriya  davlati  xam  o`z  chegaralarini 
birmuncha  kengaytirib  oldi.  Evfidem,  Demetriy  va  Eakradit  zamonida  So`gdiyona, 
Baktriya, Araxosiya (xozirgi Afgonistonning Garbiy kismini o`z ichiga olgan xudud) 


va  Ariya  (xozirgi  Afgonistonning  markaziy  kismi),  boshkacha  so`z  bilan  aytganda 
xozirgi O`zbekiston, Tojikiston, Eronning sharkiy kismi xamda Afgonistonning katta 
kismi Yunon-Baktriya davlati tarkibiga kirar edi. 
Lekin,  Yunon-Baktriyaning  ichki  axvoli  u  kadar  mustaxkam  emas  edi. 
Maxalliy  xalk  bilan  yunon-makedoniyalik  xokimlar    o`rtasidagi  ziddiyat  tobora 
chukurlashib  bordi,  chet  el  boskinchilariga  karshi  ko`zgolonlar  kuchaydi.  Xalk 
xarakati,  ayniksa,  So`gdiyonada  keskin  tus  oldi.  Natijada  miloddan  avvalgi  II  asr 
oxirlari  va  I  asr  boshlarida  So`gdiyona  mustakillikni  ko`lga  kiritishga    muvaffak 
bo`ldi.  Yunon-Baktriya  imperiyasining  boshka  o`lkalarida  xam  mustakillik  uchun 
kurash kuchaydi. 
Kadimdan Shimoliy Xitoyda istikomat kilib kelgan xunnlar miloddin avvalgi II 
asr  oxirlarida  xitoylar  tayziki  ostida  garbga  karab  chekinishga  majbur  bo`ldilar  va 
Sharkiy  Turkiston  xamda  ettisuv  voxasida  ko`chib  yurgan  skif  (xitoy  manbalarida 
yuechji,  antik  adabiyotda  toxarlar  nomi  bilan  mashxur)  va  usun`  kabilalarini  surib 
chikardilar.  Okibatda  yuechji  (toxar)  va  usunlar  So`gdiyona  va  Baktriya  xududiga 
ko`chib o`tdilar va bu erda saklar va boshka maxalliy kabilalar bilan ko`shilib, avval 
So`gd,  milodning  taxminan  128-yili  Yunon-Baktriya  davlatiga  karam  boshka 
o`lkalarni xam to Ind daryosigacha istilo kilishga muvaffak bo`ldilar. 
Shunday  kilib,  Yunon-Baktriya  davlati  o`rnida  yuechjilar  (toxarlar)  davlati 
tashkil topti. Bu davlat tarixda Kushonlar davlati nomi bilan mashxurdir. Kushonlar 
davlatiga  xozirgi  O`zbekistonning  katta  kismi,  Afgoniston,  Shimoliy  Xindiston  va 
Pokistonning  shimoliy-garbiy  kismi  karagan  bo`lib  ayniksa  Kanishka  va  uning  taxt 
vorisi  Xuvishka    xukmronlik  kilgan  yillari  kuchaydi.  Lekin  milodning  11  asri 
o`rtalarida bu davlatning xam inkirozi boshlandi va 1U asrga kelib mayda davlatlarga 
bo`linib ketdi. 
Yurtimiz  xududida  xukm  surgan  kadimiy  davlatlardan  yana  biri  Kang  va 
Fargona (Parkana)dir. 
Kang davlati tarkibiga Buxoro, Shaxrisabz, Kattako`rgon, Toshkent viloyati va 
Xorazmning  shimoliy  kismi  kirgan.  Davlat  tepasida  jabgu  (xitoy  manbalarida 
chaovu) turgan. 
Miloddin avvalgi 11-1 asrlarda Fargonada xam mustakil davlat bo`lgan. Xitoy 
manbalarida  keltirilgan  ma`lumotlarga  karaganda,  Fargonada  xunarmandchilik, 
ayniksa dexkonchilik rivoj topgan kadimiy mamlakat bo`lib, uning 70ga yakin katta-
kichik  shaxarlari  Kuba-Kuva,  Gaushan-O`zgan,  Ershi  –  Marxamat,  Go`y-Shan`  –
Koson  va  boshkalar  bo`lgan.  Maxalliy  xalk  dexkonchilik  va  bogdorchilik  bilan 
shugullangan,  arpa,  bugdoy,  sholi,  beda,  uzum,  anor,  poliz  ekinlari  va  boshkalarni 
etishtirgan. 
104-101 yillar orasida Xitoy ko`shinlari Fargonaga ikki marta bostirib kirdilar. 
Birinchi  yurish  104  yili  xitoy  ko`shinlarining  tor-mor  keltirilishi  bilan  tugadi.  
Ikkinchi marta 101 yili 60 000 kishilik xitoy ko`shini Fargonaning yirik shaxarlaridan 
Ershini  (xozirgi  Andijon  viloyatiga  karashli  Marxamat  kishlogi  o`rnida  bo`lgan) 
kamal kildilar. Lekin shaxarni ola olmadilar, sulx tuzib va ozgina o`lpon 3000 bosh ot 
olib kaytib ketishga majbur bo`ldilar. 
 
Tosh va sopolga o`yib yozilgan katibalar (mixiy yozuvlar) 
 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə