Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81

Ijtimoiy-siyosiy,  ayniksa,  iktisodiy  munosabatlarga  oid  masalalarni  o`rganishda 
rasmiy  xujjatlar,  moliyaviy  -  xisobot  daftarlari  va  yozishmalarning  axamiyati 
benixoya kattadir. Rasmiy xujjatlar ijtimoiy-siyosiy xayotni ma`lum  yuridik shaklda 
bevosita  va  ko`p  xollallarda  aynan  kayd  etishi  bilan  kimmatlidir.  Lekin  ularning 
orasida,  ayniksa,  rasmiy  yozishmalarda  soxtalari  xam  uchrab  turadi.  Shuning  uchun 
xam  ulardan  foydalanilganda  dikkat-e`tibor  va  zo`r  extiyotkorlik  talab  kilinadi. 
Xujjatlar  ustida  ish  olib  borganda,  undan  biron  ijtimoiy-siyosiy  vokea  yoki  faktni 
talkin etish uchun foydalanish jarayonida, bittasi bilan kifoyalanmasdan, o`xshash bir 
necha  xujjat,  manbalarni  ko`shib  o`rganmok  zarur,  chunki  bitta  xujjatda  fakat  bir 
kelishuv  yoki  fakt  ustida  gap  boradi.    Shuning  uchun  fakat  bir  xujjat  bilan  ma`lum 
ijtimoiy-siyosiy masala ustada kat`iy fikr yuritib, umumlashtirib kat`iy xulosaga kelib 
bo`lmaydi. Tarixiy, geo-kosmografik, xamda biografik asarlar to`grisida shuni aytish 
kerakki,  ular  xukmron  sinfning  topshirigi  bilan  yozilgan  va  shu  tufayli  ularning 
saxifalarida ko`prok podshoxlar va xonlarning, amirlar va yirik ruxoniylarning xayoti 
va faoliyati yoritilgan, moddiy boylik yaratuvchi mexnatkash xalkning tarixi esa ko`p 
xollarda chetlab o`tilgan. 
 
Mojaz  rasm-miniatyuralar.
  X-XIX  asrlar  davomida  ko`lyozma  kitoblarini 
ziynatlash  uchun  yaratilgan  nafis  mo``jaz  rasmlar  xam  tarixiy  manba  bo`lib  xizmat 
kiladi.  Yurtimiz  tarixi  va  moddiy  ashyolar,  xanarmandchilik,  kiyim-kechak, 
me`morlik 
obidalari 
va 
umuman 
moddiy 
madaniyatimiz 
xususiyatlarini 
o`rganmokchi  bo`lsak,  nafis  mo``jaz  tasviriy  san`at  namunalari-  miniatyura  rasmlar 
kimmatli  manba  rolini  o`taydi.  Chunki  ularda  tarixiy  ashyolar  tasviri  aynan,  ba`zan 
badiiy ijod xususiyatlariga moslashtirilgan xolda aks ettiriladi. 
  Masalan,  buyuk  musavvir  ustod  Kamoliddin  Bexzodning  “Samarkanddagi 
Bibixonim masjidining masjida kurilishi” nomli mashxur rasmini eslatish kifoya. Bu 
rasmda  XU  asrdagi  kurilish  jarayoni,  unda  ishtirok  etayotgan  ustalar  to`grisida 
mukammal  tasavvur  beriladi.  Bunday  rasmlardan  tarixni  o`rganishda  tasviriy  vosita 
sifatida  unumli  foydalanish  mumkin.  Biz  so`nggi  yillarda  chop  etilgan  manbalarda 
ulardan shunchaki befark foydalanishlarini ko`rishimiz mumkin. Umuman, bizgacha 
etib  kelgan  kadimgi  devoriy  rasmlar  va  ko`lyozma  kitoblarga  ishlangan  xamda 
aloxida murakka`lardagi rasmlar axamiyati juda katta. 
 
Manbashunoslikk
Manbashunoslikk
Manbashunoslikk
Manbashunoslikka  oid  adabiyotlarni  taxlili. 
a  oid  adabiyotlarni  taxlili. 
a  oid  adabiyotlarni  taxlili. 
a  oid  adabiyotlarni  taxlili.  Bizning  tariximiz  juda 
boy,  yozma  yodgorliklarimiz  ko`p  bo`lishiga  karamay,  o`z  madaniy 
merosimizni  butun  boyligini  namoyish  etadigan,  uning  o`ziga  xos 
xususiyatlari  va  jaxon  madaniyati  xazinasiga  xissa  bo`lib  ko`shilganlarini 
aloxida ko`rsatdigan  manbashunoslik  fani  soxasida  yaratilgan  mukammal 
dasrlik va ko`llanmaga ega emasmiz. Lekin yurtimizda tarix fani soxasida 
olib borilgan deyarli uch ming yildan  uzokrok davr davomida to`plangan 
tajriba umumlashtirilgani yo`k.     
Xozircha  mavjud  darslik  va  ko`llanmalar  ichida  akademik  B.Axmedovning 
“O`zbekiston  tarixi  manbalari”  darsligi  ikkinchi  nashrini  eng  mukammal  deb  tan 
olishimiz  mumkin.  Kimmatli  ma`lumotlar  jamlangani  bilan  ajralib  turgan  bu  asar 
yanada mukammal darslik uchun asos bo`lib xizmat kiladi. 
A.Xabibullaevning  “Adabiy  manbashunoslik  va  matnshunoslik”  ko`llanmasida 
xam  kator  ijobiy  xususiyatlar  mavjud  bo`lib,  ulardan  tarixiy  manbashunoslik 
bo`yicha darslik tuzishda foydalanish mumkin. 


A.A.Madraimov  tomonidan  tuzilgan  “Manbashunoslikdan    ma`ruzalar 
majmuasi”da  ilk  bor  arab,  fors  va  turk  tilidagi  tarixiy  manbalar  xususiyatlarini 
xarakterlashga xarakat kilingan va  manbalalar to`grisidagi  ma`lumotlar  manba  nomi 
ostida berilishi bilan ajralib turadi. 
Manbashunoslik  fani  ko`p  asrlik  an`anaga  ega  bo`lsa-da,  yurtimiz 
manbashunosligi  yukorida  zikr  etilgan  asarlarda  umumlashtirishga  xarakat  kilindi. 
Manbashunoslikni  o`rganish  uchun  birinchi  galda  tarixga  oid  ilmiy  tadkikotlar, 
yozma  yodgorliklar nashrlari  va  birlamchi  yozma  manbalar bilan  bevosita  ishlashga 
to`gri  keladi.  Bu  soxada  Ya.Gulomov,  B.A.Axmedov,  A.O`.  O`rinboev  kabi  yirik 
olimlar asarlari, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayxon Beruniy 
nomidagi  Sharkshunoslik  institutida  saklanayotgan ko`lyozmalar  tavsifini o`z  ichiga 
olgan  11  jildlik  monografik  katalog  xamda  maxsus  katalog  –  fixristlar,  tadkikotlar 
bo`lgusi manbashunoslar uchun namuna bo`lib xizmat kilishi mumkin. 
Talabalar  yordamchi  manba  sifatida  entsiklopedik  komuslardan  foydalanish 
mumkin.  Manbashunoslikni  yaxshi  egallash uchun talaba  bir necha til,  ayniksa arab 
yozuvidagi  turkiy  til  va  garb  tillaridan  ingliz,  nemis  va  frantsuz  tillaridan  birini 
yaxshi  bilishi  kerak.  Bu  soxada  rus  tili  xam  ma`lum  mavkega  ega.  Manbashunoslik 
tarix fanining bir kator yordamchi soxalari –   paleografiya, diplomatika, geral`dika, 
sfragistika,  epigrafika,  numizmatika,  metrologiya  va  xronologiya    ko`dga  kiritgan 
yutuklariga tayanadi. 
  Paleografiya  (yunon.  Paleo  -  kadimiy,  grapxo  –  yozaman;  kadimiy  yozuv) 
kadimiy ko`lyozma asarlarning kogozi, mukovasi, siyoxi, yozuvi va yozish usullarini 
tekshiradi. 
  Diplomatika  (yunon.  Diploma  –  ikki  buklangan  kogoz;  xujjat)  rasmiy 
xujjatlarni o`rganish va taxlil kilish bilan shugullanadi. 
  Geral`dika (yunon. Geral`d –gerb, belgi, nishon) kadimiy gerblar, turli-tuman 
nishon va belgilarni (masalan, kadimgi turkiy kabilalarning tamgalari) o`rganadi. 
  Sfragistika  (yunon.  Spragis  –muxr)  kadimiy  muxrlar  (podshoxlar,  xonlar, 
amirlar va kozilar muxrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi. 
  Epigrafika  –  (yunon.  Epi  –ustida,  tepasida,  grapxo  –  yozuv;  biron  narsa; 
buyum  ustidagi  yozuv)  tosh,  metall  buyumlar,  yogoch  va  boshka  kattik  buyumlar 
ustiga o`yib yozilgan kadimgi bitiklarni o`rganadi. 
  Numizmatika  (lotin.  Numis  –pul)  kadimiy  pullarni,  ashyosi,  shakli,  vazni, 
yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaktini tekshiradi. 
  Metrologiya  (yunon.  Metron  -o`lchov,  logos    tushuncha  –  bilim;  o`lchovlar 
xakida  tushuncha)  o`tmishda  turli  mamlakat  va  xalklar  orasida  amalda  bo`lgan 
ogirlik, masofa va satx o`lchovlarini o`rganadi. 
  Xronologiya  (yunon.  Xronos  –  vakt,  logos    -  tushuncha,  bilim;  vakt  xakida 
tushuncha)  kadimgi  xalklar  orasida  va  mamlakatlarda  amalda  bo`lgan  yil  xisobi  va 
takvimni  o`rganuvchi  soxa.  Abu  Rayxon  Beruniyning  “Osor  ul-bokiya”  (“Kadimgi 
xalklardan  kolgan  yodgorliklar”)  nomli  asari  turli  takvimlarni  o`rganishga 
bagishlangani uchun evropada “Xronologiya” nomi bilan mashxur. 
Mavzuni mustahkamlash uchun beriladigan savollar: 
1.
 
Manbashunoslik maqsadi nimadan iborat? 
2.
 
Manbashunoslikning asosiy mavzui va vazifalari nimadan iborat? 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə