Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81

Tarixiy,  geo-kosmografik,  agiografik  xamda  biografik  asarlarda  rasmiy 
xujjatlarga nisbatan tarixiy vokea va xodisalar keng va to`la yoritiladi. Shuning bilan 
bir katorda ularda faktik materialning boyligi ko`zga tashlanadi. 
Arxeografiya  -  yozma  manbalarni  ilk  tavsifga  olish  yoki  ularni  kidirib  topib, 
birinchi  marta  tavsiflash,  ilmiy  muomalaga  olib  kirishni  nazarda  tutadi.  Bu  ilmiy  
yo`nalish  Respublikamiz  Fanlar  Akadnmiyasining  Abu  Rayxon  Beruniy  va  sobik 
Ko`lyozmalar  Institutida  boshlangan  bo`lib  ma`lum  davrgacha  Fargona  vodiysi, 
Samarkand,  Buxoro  va  Xorazm  viloyatlariga  kator  arxeografik  ekspeditsiyalar 
uyushtirilgan  bo`lib,  ularda  A.  Murodov,  A.Irisov,  I.Abdullaev,  A.Axmedov, 
B.Xasanov,  O.Jalilov,  M.Xakimov,    Yu.  Tursunov  va  boshkalar  ishtirok  etganlar. 
Bular  natijasida  bir  kancha  nodir  ko`lyozmalar  va  xujjatlar  aniklanib,  davlat 
xazinalariga olib kelingan. 
Xamid  Sulaymon  (vaf.1979)  Angliya,  Frantsiya  (1868)  va  Xindiston 
kutubxonalariga  (1976-1977)  arxeografik  ekspeditsiyalar  uyushtirgan  edi  va  buning 
natijasida kator yozma manbalar to`grisida ma`lumotlar, ayrimlarining mikrofil`m va 
fotokopiyalari yuotimizga keltirilgan edi. 
  Xozirgi  paytda  Sharkshunoslik  instituti  va  Islom  universiteti  koshida  shark 
ko`lyozmalarini  kabul  kilish  arzeografik  komissiyalari  mavjud  bo`lib,  ularda  axoli 
o`rtasida mavjud yozma manbalarni kiymatini aniklashga kodir mutaxassislar bor. 
Tarixiy manbalarni aniklash, tanlash va taxlil etish 
Nazariy  manbashunoslikda  eng  zarur  tarixiy  manbalarni  aniklash,  tanlash  va 
nixoyat uni ilmiy taxlil kilish xar kanday katta kichik tadkikotning dastlabki boskichi 
xisoblanadi. 
  Tanlangan  mavzuning  ilmiy  xamda  nazariy  jixatdan  to`gri  xal  etilishi  ko`p 
jixatdan xar kanday tadkikotning asosi, poydevorini tashkil etadigan manbaning sifat 
va salmogiga, ya`ni mukammalligiga va faktik materialga boyligiga boglikdir. 
  Manbashunoslik talablaridan biri shuki, biror mavzuni tadkik etishda bir emas, 
balki  bir  necha  manbalar  turiga  –  rasmiy  xujjatlar,  solnomalar,  geo-kosmografik, 
agiografik  va biografik  asarlarga  asoslanib,  ulardagi  ma`lumotlarkiyosiy  solishtirilib 
taxlil  etilsa  ilmiy  tadkikot    saviyasi  oshib,  xulosa  va  umumlashmalar  ishonarli  va 
asosli bo`lib, uning ilmiy axamiyati xam katta bo`lishi shubxasizdir. 
  Tadkikot uchun yozma  manbalarning kaysi biri asosiy va kaysilari yordamchi 
rol` o`ynashi tanlangan mavzuning xarakteriga boglikdir. Masalan, iktisodiy-ijtimoiy 
masalalarni  o`rganishda  rasmiy  xujjatlar  asosiy  birlamchi  manba  rolini  o`taydigan 
bo`lsa,  siyosiy  xamda  madaniy  xayotni  yoritib  berishda  solnomalar  –  tarixiy  asarlar 
va  biografik  tazkiralar  xamda  adabiy-badiiy  asarlar  etakchi  o`rinda  turadilar.  Lekin 
shunga  karamay,  ilmiy  tadkikot  olib  borishda  fakat  asosiy  xisoblangan  birgina 
birlamchi  manba  bilan  kifoyalanib  kolmay,  imkon  kadar  boshka  ikkinchi  darajali 
manbalarga murojaat etish, ularni xam tadkikotga jalb etish maksadga muvofikdir. 
  Manbashunos olimlarning tajribasi shuni ko`rsatadiki, aksariyat tarixiy asarlar 
ijtimoiy-iktisodiy masalalar xamda madaniy xayotga oid kimmatli ma`lumotlarga boy 
bo`ladi.  Rasmiy  xujjatlarda  va  biografik  asarlarda  esa  siyosiy  tarixga  oid  kimmatli 
faktlarni, tarixiy asarda yo`k ma`lumotlarni uchratish mumkin. 


  Manbashunoslikdagi  ilmiy  ishda  ko`p  va  turli  tipdagi  manbalarga  asoslanib, 
tadkik  etilmish  mavzuga  oid  barcha  manbalarni  ishga  jalb  etish  bo`dajak  ilmiy 
asarning  kiymatini  va  axamiyatini  belgilovchi  asosiy  va  xal  kiluvchi  omillardan 
biridir. 
Amaliy  manbashunoslik  (yo`nalishi)  bevosita  yozma  manbalarni  nazariy 
manbashunoslik tavsiyasiga binoan o`rganish, izlab topish, tavsif etish va o`zi topgan, 
mavzu uchun yangi va kerakli ma`lumotlarni ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda 
tutadi. 
Amaliy  manbashunoslikda  tadkikotchi  o`zi  uchun  tanlab  olgan  biror  mavzuga 
oid manbalarni tanlab olgandan keyin ularning xar birini tashki yoki moddiy –texnik 
belgilari va ichki mazmuniga ko`ra guruxlarga ajratib ilmiy taxlil etishi lozim. 
 
Manbalarni tashki belgilari moddiy-texnik ma`lumotlariga karab taxlil 
etish 
  Manbalarni  tashki  belgilari  yoki  moddiy-texnik  ma`lumotlari  deganda 
ko`lyozma  kitob  yoxud  xujjat  bitilgan  kogozning  o`lchami,  kogozi,  varaklar  soni, 
mukovasi,matn o`lchami, xati, siyoxi, xattoti, asar nomi, muallifi, kitobat tarixi, joyi 
kabi  ma`lumotlar  nazarda  tutiladi.  Bu  ma`lumotlar  asar  yozilish  sabablari,  uning 
yozilgan  joyi  va  o`sha  vaktdagi  texnik  tarakkiyot  va  ijtimoiy-sisiy  muxitni 
o`rganishda muxim axamiyatga ega. Bu ma`lumotlarni aniklamay turib, asarda bayon 
etilgan  vokealar  xakida,  umuman  asar  xakida  to`gri  va  to`la  tasavvurga  ega  bo`lish, 
uning xususida fikr bildirish mumkin emas. 
  Ko`lyozma  kitoblarning  muallifi,  asar  nomi,  yozilgan vakti  va  joyini  aniklash 
kiyin.  Chunki  kadimgi  ko`lyozmalarda  bugungi  kundagi  kitoblardagi  kabi 
mukovaning  o`zidayok asar  nomi,  muallif  nomi,  kitob boshlanishi va oxiridagi  kabi 
zaruriy  ma`lumotlar  keltirilmagan.  Ba`zi  xollarda  asar  oxiri-xotimada  uning 
ko`chirilgan vakti va joyi xamda kotibning nomi kayd etiladi, xalos.  
Ma`lumotlar  keltirilmagan  takdirda,  asarning  matni,  yozilish  va  kitobati  tarixi, 
kogozi,  xati  xamda  tili  va  til  uslubiga  karab  taxminan  aniklanadi.  Bunday 
ma`lumotlarni aniklash tadkikotchidan katta xayotiy tajriba va yuksak malakani talab 
kiladi  va  bu  ancha  kiyin  va  mas`uliyatli  ishdir.  Bunday  masalalarni  mashxur  kitob 
bilimdoni  Ibodulla  Odilov,  Abdukodir  Murodov,  Abdulla  Nosirov  kabi  yuksak 
malakali  mutaxassislargina  bir  necha  yozma  manbalarni  solishtirish,  kiyoslash 
asosida xal kilishi mumkin.  
Asar  muallifi  va  uning  shaxsini  aniklash  ko`lyozma  kitobning  ilmiy  taxlil 
etishda katta axamiyatga ega. Bu asarning yaratilish tarixi va uning yozilishiga sabab 
bo`lgan ijtimoiy-siyosiy muxitni aniklab olish uchun xam zururdir.  
Odatda, kadimgi ko`lyozma asarlarda ko`p xollarda muallifning ismi ma`lum va 
ko`zga  tashlanadigan  joyda,  masalan,  asarning  boshi  yoki  oxirida  kayd  etilmaydi. 
Ba`zan  u  mukaddima  kismida,  yoki  asar  o`rtasida,  vokealar  bayoni  orasida  biron 
masala  yuzasidan  tilga  olinadi.  Ko`p  xollarda  esa  muallif  o`zining  xakikiy  ismini 
aytmay,  “fakiru  xakir”,  “ojiz  va  xoksor”,  “bu  garib  banda”  deb  atash  bilangina 
kifoyalanadi.  Bunday  xollarda  asar  varakma-varak,  satrma-satr,  aloxida  e`tibor  va 
sinchkovlik  bilan  o`rganilishi  lozim.  Shunday  xam  bo`ladiki,  asarning  biron  erida 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə