Devoni hikmat Ahmad Yassaviyning



Yüklə 62,81 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix05.04.2023
ölçüsü62,81 Kb.
#104275
Devoni hikmat - Vikipediya



Devoni hikmat

Devoni hikmat
“ — Ahmad Yassaviyning
sheʼrlarini oʻz ichiga olgan majmua. Asl
nusxasi saqlanmagan. 19-asrdan
boshlab Toshkent, Buxoro, Kogon, Qozon,
Istanbul sh.larida bir necha bor nashr
etilgan. Mavjud qoʻlyozma va bosma
nusxalar bir-biridan farq qiladi. Ahmad
Yassaviy „Devoni hikmat“ ni shu nom
bilan kitob tarzida tartib bermagan. Uni
Yassaviyning murid va izdoshlari
tuzishgan. Yaʼni ustozlarining hikmatlarini


bir joyga jamlab, unga „Devoni hikmat“
nomini berishgan. Yassaviylik tariqatiga
kirganlar uchun „Devoni hikmat“dagi
sheʼrlarni oʻqib yod olish, hatto qobiliyati
yetadiganlar uchun shunday shaklda
sheʼrlar yozish tariqatning daxlsiz
talablaridan hisoblangan. Yassaviylik
tariqati koʻplab shoirlarni yetishtirib
chiqarishda oʻziga xos maktab vazifasini
bajargan. „Devoni hikmat“dagi hamma
sheʼrlar ham Yassaviyga mansub emas.
Unda Yassaviy izdoshlarining ijod
namunalari ham kiritilgan. Asar poetik
jihatdan xalq qushiklariga yaqin. Shu bois
u xalq ommasi orasida keng tarqalgan.
Natijada Yassaviy hikmatlari ogʻizdan-
ogʻizga kuchib, kitobdan-kitobga oʻtib, oʻz


asl tilini va uslubini oʻzgartirgan, ammo
ularning asosiy gʻoyaviy mazmuni
saqlanib qolgan.
„Devoni hikmat“ islom dini asoslaridan
bahs etuvchi, shariatning ahkomi va ahli
sunnatning aqidalaridan saboq beruvchi,
tasavvuf sirlari va tariqatning odobu
arkoni yoritilgan qomusiy harakterdagi
asardir. Unda ilohiy ishq gʻoyasi va
didaktik mazmun yoʻnalishi yetakchilik
qiladi. „Devoni hikmat“da munojot,
qasida, munozara janri talablariga
muvofiq keladigan sheʼrlar bilan bir
qatorda, „Meʼrojnoma“ (Hazrat
Muhammad alayhissalom madh etilgan
manzuma) ham oʻrin olgan.


Yassaviy tariqati turli davrlarda va turli
joylarda Ahmad Yassaviyning koʻplab
shogirdlari va muxlislari tomonidan
davom ettirilgan. Sulaymon Boqirgʻoniy,
Bobo Mochin, Shamsiddin Oʻzgandiy
Xudoydod, Qul Nasimiy, Ubaydiy va b.
tasavvuf shoirlar „Devoni hikmat“ taʼsirida
bir qator asarlar yozgan. Shu bois
„Devoni hikmat“ faqat Yassaviyniki
boʻlmay, Yassaviy tariqatining bir necha
asrlik umumiy bir adabiy yodgorligi
hisoblanadi.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ibrohim Haqqul, Ahmad Yassaviy, T.,
2001.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 11-Mart 2023, 06:18 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Devoni_hikmat&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Devoni_hikmat&oldid=3608624
" dan olindi


boʻlsa).

Yüklə 62,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə