Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Tayanch tushunchalar


Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə11/12
tarix19.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#153432
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Didaktika- ma ruza

Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili o’qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o’quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo’llash usullarini ongli va faol egallab olishlari lozim. Bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog’liq: o’quv motivlari, o’quvchilarning faollik darajasi, o’quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil etilishi, o’qituvchi tomonidan qo’llanuvchi ta’lim metodlari va vositalarining samaradorligi va boshqalar. O’quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Mazkur tamoyil o’quvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi
Ta’limda bilim ko’nikma va malakalarni puxta va mustahkam o’zlashtirish tamoyili muhim didaktik talab va qoidalarni, ya’ni o’quvchilar tomonidan tizimli va ongli o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o’z turmush faoliyatlarida qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Ta’limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an’anaviy hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo’yiladi. Chuqur, mustahkam bilimning asosiy belgisi eng fundamental g’oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni tushunish, chuqur o’zlashtirish, o’rganilayotgan materiallar mazmunini puxta anglashdan iborat. Ta’limning tushunarliligi tamoyili o’quvchilarning mavjud imkoniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog’lig’iga yomon ta’sir etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi.
Ta’limning tushunarli bo’lishi o’quvchilarning yoshi, bilish imkoniyatlarini hisobga olib o’qishning mazmunini to’g’ri aniqlash demakdir, ya’ni, har bir o’quv fani bo’yicha o’quvchilar egallab olishi zarur bo’lgan bilim, amaliy ko’nikma va malakalari hajmini to’g’ri aniqlashdir. Bu tamoyil o’quv jarayonini o’quvchilarda qiyinchiliklarni engish istagini hosil qiluvchi va shaxsiy muvaffaqiyatlarining natijalaridan quvonish tuyg’usini yuzaga keltirishga yo’naltirilganligini ifodalaydi. Bu bolalarda ko’zga tashlanuvchi qattiq hayajonlanish, shuningdek, o’quv masalalarini echishdagi ishonchsizlikni yo’qotishga yordam beradi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə