Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida



Yüklə 266,45 Kb.
səhifə1/7
tarix01.03.2023
ölçüsü266,45 Kb.
#101715
  1   2   3   4   5   6   7
DIDAKTIKA - TA’LIM NAZARIYASI SIFATIDA (2)

DIDAKTIKA - TA’LIM NAZARIYASI SIFATIDA

TA`LIM TAMOYILLARI (PRINSIPLARI).

REJA:

  • · Didaktika haqida tushuncha.
  • · Ta’lim jarayoni mohiyati va vazifalari.
  • · O’qitish jarayonining ta’limiy - tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalari.
  • · Ta’lim tamoyillari

I.A.Karimov.

  •  "O’z mustaqil fikriga ega bo’lgan, o’z kuchiga, o’zi tanlagan yo’lning to’g’riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma - xilligidan cho’chimaydi, balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday g’arazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishga qodir bo’ladi".

Didaktika nima? U pedagogikaning qanday sohasi bilan shug’ullanadi?

  •  
  • Bilim jarayonining ilmiy, nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini, ya’ni ta’lim, bilim berish, o’qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo’limi didaktika- ta’lim nazariyasi shug’ullanadi.

Didaktika

  • Didaktika - grekcha so’z bo’lib, "didasko", ya’ni o’qitish, o’rgatish ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini o’rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vaziflari, o’qitish prinsiplari, shakllari haqidagi bilimlarni bayon etiladi. Didaktika pedagogikaning «nimaga o’qitish», «nimani o’qitish» va «qanday o’qitish» kabi savollariga javob izlaydi.

Ta’lim jarayoni

  • Ta’lim jarayonima’lumot mazmuni hamda unga oid faoliyat usullarini o’quvchilarning o’zlashtirishi uchun o’qitish va o’qish faoliyatlarining real aloqalashuvi, sababiyatli bog’lanishi, bir-biriga muvofiqlashuvi asosida ta’limning aktlar, zvenolar, sikllar shaklida makon va zamonda harakatlanadigan maqsadga muvofiq shirkat faoliyatidir[1].
  • Ta’limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi, ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o’stirishdir.

Yüklə 266,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə