|
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligiham muayyan o‘xshashliklar kuzatiladiki, ulami milliy adabiyotlarDilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish olham muayyan o‘xshashliklar kuzatiladiki, ulami milliy adabiyotlar
taraqqiyotidagi stadial umumiylik deb yuritiladi. Fikrimizni
oydinlashtirish uchun konkret misolga murojaat qilaylik. Masalan,
asrimiz boshidagi Turkiston ijtimoiy-tarixiy sharoitining milliy
adabiyotimiz taraqqiyotiga ta’sirini yorqinroq tasavvur qilish uchun,
fikrimizcha, uni Yevropa adabiyoti tarixi bilan muqoyasa qilish
foydalidir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, jadidchilik harakati o‘zining
ko‘p jihatlari bilan XYIII asrda Yevropada keng quloch yoygan
ma’rifatchilik harakatiga o‘xshashdir. Har ikki harakatga xos mushtarak
nuqtalarga bir qur nazar solinsayoq, bizningcha, bu fikrimizda jon
borligi anglashiladi. Avvalo shuki, har ikki harakat ham feodal asoslar
yemirilib, ularning o‘mida kapitalistik munosabatlar qaror topa
boshlagan paytda maydonga kelgan. Ya’ni har ikki harakatning yuzaga
kelishini zaruratga aylantirgan ijtimoiy tarixiy sharoitning o‘xshash!igi
ulardagi o'xshashlikni keltirib chiqargan. Feodal ijtimoiy
munosabatlardan farqli ravishda, kapitalistik munosabatlar
jamiyatning har bir a’zosi uchun teng imkoniyatlar ochishi bilan
xarakterlanadi. Yangi sharoitda endi insonning ijtimoiy kelib chiqishi
emas, aqlu zakovati, tadbirkorligiyu omilkorligi uning taqdirini va
jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi. Ko‘rinadiki, yangicha ijtimoiy
munosabatlar shaxsning ijtimoiy maqomini o‘zgartirdi, shaxs endi
o‘zini ijtimoiy shaxs sifatida - jamiyatning va o‘zining hayotiga faol
ta’sir ko‘rsata oladigan unsur sifatida anglay boshlaydi. Shaxs
maqomining o'zgarishi bilan feodal-monarxik tartiblaming eskirgani,
jamiyat hayotini isloh etish zarurati tobora ravshan ko‘zga tashlana
Dostları ilə paylaş: |
|
|