Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob


Dinlardagi muqaddas manbalar: “Quroni Karim”, “Injil”, “Tavrot



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə11/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

Dinlardagi muqaddas manbalar: “Quroni Karim”, “Injil”, “Tavrot




  1. Islom: tarixi va shakllanishi .

Javob: Islom so‘zining lug‘aviy ma’nosini quyidagicha sharhlash mumkin: 1) ixlos, turli sifatlardan salomat bo‘lish; 2) sulh va omonlik; 3) itoat va buysinish. Islomning paydo bo‘lishi tahlil etish tarixiy davrning xususiyatlari, arab qabilalari o‘rtasida hukmrom bo‘lgan ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni va ularning diniy g‘oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi. Arabiston yarim oroli noqo‘lay iqlim sharoitiga ega bo‘lgan qum sahrolardan va tog‘lardan iborat bo‘lib, uning aholisi V-VI asarlarida ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanar edi. YArim orolning cheksiz sahrolarda yashavchi ko‘chmanchi, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi arab qabilalari - bundan ham ogir sharoitda yashar edilar. Ular taraqqiyot jihatidan ancha orqada qolgan, hali urug‘chilik, qabilachilik tuzumida edilar. YArim orolning g‘arbiy qismida qizil dengiz qiryooqlari bo‘ylab cho‘zilgan va qadimdan hijoz deb nom olgan joylar bu davrlarda bir muncha iqtisodiy jihatdan rivojlangan bo‘lib, bu rivojlanish qismi suvli vohalardagi dehqonchilik asosan janubdan shimolga o‘tgan qadimiy karvon yo‘li bilan bog‘liq edi. Tarixiy manbalardagi ma’lumotlariga qaraganda, VI asir YAmandan SHimolga Suriya, Misr va falastinga olib berilgan karvon bo‘lib faqat bu davrlarning o‘zlariga emas, balki janubda YAman orqali habashiston va hindiston, SHimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va Eronning ham bir-biri bilan bog‘laydigan o‘z davri uchun yirik va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan savdo yo‘li edi. hijozdagi ayrim aholi yashaydigan manzillar, yo‘l ustida joylashgan Makka, Madina, Toif shaharlari VI asrda ancha rivojlangan. Bular shuningdek ko‘chmanchi arab qabilalarining savdo munosabatlariga jalb etuvchi markazlar sifatida ham xizmat qilar edilar. Makka diniy markaz va savdo markazi sifatida Arab qabilalari orasida e’tiborli edi. Makka markazida joylashgan Ka’ba islomda eng «muqaddas» hisoblangan va «Ollohning uyi» (Bayto‘lloh) sajdagoh hisoblangan. Undagi qora tosh (hajarl-asvod) va uch yuz oltmish sanam arab qabilalari uchun e’tiqod ma’nbaiga aylangan. Ziyoratga kelish oylari muqaddas hisoblanib, bu vaqtlar ichida qabilalar o‘rtasidagi urush va janjallar to‘xtatilar edi. V-VI asirlarda Makkada quraysh nomli arab qabilasi hukmron bo‘lib, qurayshlarning yuqori tabaqalari savdo-sotiq bilan ancha boyib ketgan, bu erda pul muammolari, sudxurlik keng rivojlangan, shuningdek qul savdosi va qo‘rollarning mehnatidan foydalanish ancha kengaygan edi. Bu davrlarda YAmanni qo‘lga kiritish uchun Vizantiya va Eron o‘rtasida kurash avj olgan edi. YAman sosoniylar hukmronligi ostida o‘tgan davrlarda (572-628) Eron ko‘rfazi orqali hindistonga boriladigan yo‘li tez rivojlana boshladi va shu munosabat bilan hijoz orqali o‘tgan yo‘l inkirozga uchraydi. Bu hol faqat hijoz shaharlarigina emas, balki barcha arab qabilalari hayotiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va umuman Arabiston buyicha ijtimoiy-iqtisodiy tanazulning boshlanishiga sabab bo‘ladi. Undan qutilish uchun yangicha g‘oyalar kerak bo‘lib qoladi



  1. Yüklə 92,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə