Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob


Mazhabsizlik va uning oqibatlari



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə15/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

Mazhabsizlik va uning oqibatlari.

Javob: Mazhabsizlik g‘oyasi deyarli 12 asrdan ortiq vaqt mobaynida yashagan minglab ulamolarning butun umrlarini sarflab olgan ilmlari va qoldirgan meroslarini, yozgan asarlarini bekorga chiqaradi. SHu bilan birga asrlar davomida amal qilinib kelinayotgan an’analar noto‘g‘ri, ularga amal qilgan musulmonlar esa adashgan ekan degan xulosaga olib keladi. Bundan tashqari musulmonlar birligini xavf ostiga oladi. Zero Muhammad payg‘ambar (a.s.) hadislarida: «Alloh ummatimni zalolatda jamlamaydi», «Musulmonlar yaxshi deb bilgan narsa
Allohning huzurida ham yaxshidir» (hadislarni Hokim Naysapuriy rivoyat qilgan), deyilgan. Mazhablar ham musulmonlarning birligi. Olimlar butun umrini shariat ilmiga bag‘ishlab, undagi o‘ta nozik masalalarni o‘rganish uchun o‘nlab yil umrlarini o‘tkazganlar, Qur’on va hadislarda uchraydigan va barcha insonlar tushunishi qiyin bo‘lgan joylarni fahmlash va tushunishga oson shaklga keltirib so‘ngi xulosalarni berganlar. Mazhabsizlik g‘oyasini soxta salafiylar ilgari surmoqda. Ularning fikricha, fiqhiy mazhablar tomnidan ishlab chiqilgan qoidalarni to‘g‘ri tushunish usuli sifatida tan olinmaydi, balki shariat ahkomlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga tadbiq etish lozim deb hisolanadi. Boshqacha qilib aytganda, mazhabsizlarning da’vosi bo‘yicha har bir kishi, o‘zi Qur’ondan yoki hadisdan hukm olishi mumkin. CHunki mujtahidlarning xulosasi boshqalar uchun asos bo‘la olmaydi, har bir odam o‘zi fatvo berishi mumkin. Ularning g‘oyasiga amal qilinadigan bo‘lsa, barcha Qur’on va hadisdan hukm olishga o‘tsa, jamiyatdagi boshqa sohalar izdan chiqib ketadi. CHunonchi tibbiyot, arxitektura va hokazo soha egalari ham o‘zlari mustaqil tarzda Qur’on yoki hadislarni o‘rganib o‘z masalalarini xal etishlari lozim bo‘lib qolar edi. Mazhabsizlarning aytayotgan da’volaridan yana biri faqat sahih hadisga amal qilish lozim, chunki mujtahidlar har xil fatvo chiqarganlar, shuning uchun bu bo‘linish hisoblanadi deydilar. Aslida mazhablardagi bir masalaga turlicha qarash mujtahidning o‘sha masalani qanday tushunishiga bog‘liq. Arab tili boy til bo‘lgani sababli, bir olim Qur’ondagi so‘zning bir ma’nosini qabul qilgan bo‘lsa, ikkinchi mujtahid boshqa ma’nosini olgan. Hukm ham shunga yarasha bo‘lgan. Hadislardan hukm olish ham shunga yarasha bo‘lgan. Bir mujtahid bir hadisni olgan va unga qarshi bo‘lgan hadisni esa, hukmi o‘chgan deb bilan, boshqa mujtahid esa, o‘sha hadisni hukmi o‘chmagan deb qabul qilgan. Bulardan tashqari payg‘ambar tomonidan sahobalarga ham o‘z o‘rniga qarab turlicha masalahatlar berilgan. Sahobalar esa, turli joylarga tarqalib, borgan joylarida o‘zlari bilgan ilm bilan boshqalarni tanishtirganlar. SHu va boshqa sabablar bilan mazhablar orasida bir masalaga turlicha fatvolar berish kelib chiqqan. SHunday bo‘lsada mazhablar bir birlarining hukmlarini xato deb hisoblamaydilar va o‘sha boshqa hukmni hurmat qiladilar


  1. Yüklə 92,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə