Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob


Din sohasidagi davlat siyosati



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə2/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

Din sohasidagi davlat siyosati

Javob: Dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatida dindorlarning huquqiy maqomi va davlat tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda diniy konfessiyalar haqidagi qonunlarning hayotga tatbiq etilishidek ikki muhim jihat ham bor. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z echimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me’yoriy talablarga to‘la javob beradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31- moddasida, jumladan, shunday deyiladi:
“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”4. Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan: - dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish; - diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; - diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; - ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati; - dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish5. Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi. ech qaysi din o‘zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlarining barchasini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u din bo‘lmay qoladi. Xuddi shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida diniy-siyosiy partiyalar tuzish taqiqlangan6. O‘zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladi. CHunki, konstitutsiyaviy dunyoviy-ma’rifiy davlatda vijdon erkinligi qonuni diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.



  1. Yüklə 92,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə