Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob


Hinduiylik zamirida yuzaga kelgan oqimlar



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə46/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

88. Hinduiylik zamirida yuzaga kelgan oqimlar

Javob: Hinduiylik doirasida "Xalqaro Krishnani anglash jamiyati" lar noan`anaviy oqimlar hisoblanadi.

Xalqaro Krishnanianglash jamiyati SHrila Bxaktivedanta Svami Prabxupada nomi bilan tanilgan asli hindistonlik Abxay CHaran De (1896-1977) tomonidan tashkil etilgan. U 1947 yilda "Veda" falsafasi bilimdoni sifatida "Bxaktivedanta" (sanskr. "sodiqlik", "fidokorona xizmat") unvoniga sazovor bo‘ladi. Sanskrit tilidan ingliz tiliga ko‘pgina "Veda" matnlari, jumladan, "Bxagavadgita" ("Xudo qo‘shiqlari")ni sharhlar bilan tarjima qildi. 1959 yilda 63 yoshida dunyodan voz kechishga ahd qiladi va Svami ("Aql va hissiyotlar egasi") unvoniga erishadi.

Krishnachilik (vayshnavizm) odam qiyofasidagi xudo Krishna (Vishnu)ga e’tiqod qilishga asoslangan hinduiylikning ikki asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Krishnachilikning muqaddas yozuvlariga "Bxagavatgita"dan tashqari boshqa "Veda" matnlari ham kiradi. Krishnachilik yakkaxudolikka, ya’ni yagona va mutloq xudo – Krishnani tan olishga asoslanadi. U abadiy, yaratilmagan va cheksiz shakllarga kirish qobiliyatiga ega. Krishnachilik ta’limotiga ko‘ra, olam ruhiy va moddiy dunyoga bo‘linadi. Insonning ruhi tanasiga nisbatan birlamchidir. Krishnachilar ruhni rivojlantirib ichki komillikka erishish va shu yo‘l bilan xudoga qo‘shilishni oliy maqsad, deb biladilar.



"Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"da o‘z ergashuvchilarining mol-mulklarini jamiyat hisobiga xayr-ehson qilishlari hamda ibodatxonada ruhoniylik vazifasiga o‘tishlari rag‘batlantiriladi. Bu ta’limotni qabul qilgan har bir kishiga yangi - sanskritcha nom beriladi. Jamoa a’zolari sari, dxoti va boshqa hind milliy liboslarini kiyadilar. Krishnachilar tomonidan missionerlik faoliyati o‘tgan asrning 70-yillarida boshlangan. Ular tomonidan amalga oshiriladigan targ‘ibotchilik harakatining o‘ziga xos xususiyatlari qatorida ko‘chalarda ibodat kiyimlarida yurib qo‘shiqlar aytish va adabiyotlarini tarqatish, "Hayot uchun ozuqa" deb nomlanadigan, bepul oziq-ovqat tarqatish aksiyalari o‘tkazilishini ko‘rsatish mumkin. Bunday harakatlarning asosiy ob’ektlari sifatida odatda talabalar, maktab o‘quvchilari, qariyalar va mehribonlik uylarida istiqomat qiluvchilar tanlab olinadi.


Yüklə 92,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə