Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob


Kibermakon tushunchasi va uning mazmun-mohiyati



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə47/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

89. Kibermakon tushunchasi va uning mazmun-mohiyati

Javob: Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi. Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan «Neuromancer» («Asabli manzaralar tasvirlovchisi», «Nervo-sochinitel») nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo‘llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub’ektiv psixologik holat sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog‘i orqali bir-biri bilan bog‘langan va bir vaqtning o‘zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o‘ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi. Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi «superkorporatsiya» texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg‘unchilikni sodir etishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda. «Kibermakon»da din niqobidagi «kiberhujum»lar tahdidi: din niqobi ostidagi ekstremistik saytlarda asosan davlat to‘ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan ISHID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o‘tish mumkin. Ularda ISHID go‘yo Islom yo‘lida «qurbon» bo‘layotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan.



Yüklə 92,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə