Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə8/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

Javob: Zardushtiylik. Spitama qabilasidan bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra "boqiy yulduz" va "chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan") ushbu dinning asoschisi hisoblanadi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga Axura-Mazda (yunoncha, Ormuzd –"Donishmandlik sohibi") tomonidan berilgan. Zardushtning yashagan davri va joyi haqida turli taxminlar mavjud. Tadqiqotchi M.Boysning ta’kidlashicha, u mil. avv. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Uning fikricha, Zardusht o‘z da’vatini Kishtosib Lafrost ismli podshoh davrida boshlagan. Bunga u zamonaviy zardushtiylarning hozirgacha mil.avv. 1738 yil shoh Vishtasp tomonidan qabul qilingan "fasli" kalendaridan foydalanib kelayotganlarini dalil qilib ko‘rasatadi. Zardushtiylikning vatani masalasida ikki xil qarash mavjud. Jumladan, ayrim olimlar zardushtiylik Qadimgi Eron hududida keng tarqalgani, "Avesto"ning sharhlari pahlaviy tilida yozilganidan kelib chiqib, uning vatani Midiya (hozirgi Eron hududi) deb hisoblasalar, ko‘pchilik tarixchilar esa "Avesto"da Xorazm Zardushtning vatani, Axura-Mazda bilan aloqa bog‘langan va ozarxurra (muqaddas olov) birinchi bor yoqilgan joy ekani qayd qilinganiga asoslanib, Xorazmni e’tirof etadilar. Zardushtiylikning muqaddas manbasi "Avesto" ("Apastak", "Ovisto", "Ovusto", "Abisto", "Avasto" -"joriy qilingan qat’iy qoidalar") sanskrit tiliga yaqin o‘ziga xos (avesto tili) tilida yozilgan. Uning "Gat"lar nomli qismi Zardusht qalamiga mansub deb hisoblanadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Xorazm, Gava (So‘g‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx), Orol dengizi (Vorukasha yoki Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) kabi nomlarning tilga olingani "Avesto" O‘rta Osiyoda mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida vujudga kelganini tasdiqlaydi. Dastlab "Avesto" matnlari og‘zaki ravishda saqlanib kelgan. Uning eng qadimiy qismlari II ming yillik oxiri I ming yillik boshlariga oid bo‘lib, keyingi asrlarda uning tarkibi turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar bilan to‘ldirilib borilgan. Milodiy uchinchi asrda qonunlardan iborat Avestoning sharhi "Zend" (parfiyoncha, "sharhlangan matn") yozilgan. Zamonaviy zardushtiylarning fikriga ko‘ra, "Avesto"ning to‘liq qismi etib kelmagan bo‘lsa-da, uning dastlabki yozma nusxasi 12 ming qora mol terisiga bitilgan edi. Abu Rayhon Beruniy "Podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar (Aleksandr Makedonlik) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. SHuning uchun o‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi", deb aytgan so‘zlari yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. "Avesto" mil. avv. I asrda Arshakiylar sulolasi davrida ilk marta oromiy alifbosida ko‘chirilgan. SHopur II (243-273) va Xusrav I (531-579) zamonlarida uning nusxalari yaratilgan. IX asrda yozilgan "Denkart" ("Imon faoliyati", Sosoniylar hukmronligi davrida yozilgan qomusiy lug‘at bo‘lib, u o‘z ichiga badiiy va tarixiy ma’lumotlarni olgan. Dastavval 9 bo‘limdan iborat bo‘lgan, keyinchalik uning 2 qismi yo‘qotilgan. Abbosiy xalifa al-Ma’mun ibn Horun arRashid (813-833) davrida Aturfarnbag (Aturfat ibn Hamat) tomonidan to‘plangan) asari "Avesto"ning 21 qismdan iborat bo‘lganini qayd etadi. Dindorlar kundalik faoliyati uchun uning ixchamlashtirilgan shakli - "Kichik Avesto" ("Xurdak Avesto") yaratilgan.


  1. Markaziy Osiyoda Moniylik (manixeylik) va Shomonlik.

Javob: Moniylik. Dualistik dinlarning eng yirigi bo‘lgan moniylikka Surayk ibn Fatak (216-276) tomonidan asos solingan. Uning arabiylashtirilgan to‘liq nomi X-asr arab manbalarida Moniy - Surayk ibn Fatak shaklida zikr qilingan. Ushbu din qadimgi Bobil dinlari, yahudiylik, xristianlik, buddaviylik va zardushtiylikning diniy ta’limotlari asosida vujudga kelgan. O‘z davrida Moniylik G‘arbda Rimgacha, SHarqda Xitoy va Hindistongacha bo‘lgan hududda keng yoyilgan va yuqori nufuzga ega bo‘lgan. II-III asrlarda Fors davlati Zardushtiylik dinining kuchli bosimi ostida edi. SHunday bo‘lsada, Moniy xristian - yahudiy ta’limotlari asosida ulg‘aygan. Uning ota-onasi (Fatak va Maryam) asli Parfiya sarkardalari avlodlaridan bo‘lgan. Moniyning yoshligi gnostiklar (ilk xristianlikda xudo va dunyoning yaratilishi haqidagi ta’limotni yaratishga uringan diniy - falsafiy oqim) ibodatxonasida o‘tgan va 12 yoshga to‘lganid a o‘ziga il ohiy xabar (vahiy) kelganini ma’lum qilgan. O‘ziga xabar bergan ilohning nomini Moniy ya’ni "ikki mohiyat (Nur va zulmat, yaxshilik va yomonlik) ruhi" deb atagan. SHunga ko‘ra, uning ta’limotini ikkixudolik g‘oyasi (gnostik dualizm)ga asoslangan deb aytiladi. SHundan so‘ng unga Moniy - "Ruh" laqabi berilgan. 241 yil Moniy 24 yoshga etganda unga o‘z ilohidan yana vahiy kelgan va nihoyat o‘z ta’limotini ochiq va baralla targ‘ib qilish vaqti etganini bildirgan. SHundan so‘ng Moniy yangi dinga asos solishga qaror qilgan va o‘zining diniy targ‘ibot ishlarini boshlagan. 242 yilda Fors davlati shohi SHopur I ning taxtga o‘tirish va toj kiyish marosimi paytida Moniy birinchi marta o‘z ta’limotini ommaviy bayon etib, va’z aytgan. SHundan so‘ng Moniy SHopur I ning vafotiga qadar (273 yil) mamlakatda o‘zining diniy targ‘ibotini olib bordi. U o‘zini shu dinning asoschisi va payg‘ambari deb bilgan va butun Fors davlati, Hindiston, Old va O‘rta Osiyo bo‘ylab safarlar uyushtirgan. U o‘z safarlari davomida zardushtiylik, hinduiylik, yahudiylik, buddaviylik va xristianlik dinlari faollari bilan muloqotlar uyushtirgan hamda ularning ta’limoti, ibodatxonalarining faoliyati va targ‘ibot uslublarini o‘rganib, o‘z ta’limotining targ‘ibot - tashviqot ishlarida foydalangan. SHunday bo‘lsada Moniy, o‘z faoliyatini qatl qilingunga qadar Fors mamlakati hududidagina amalga oshirgan. Moniy o‘zini Zardusht, Siddhartha Gautama (Budda) va Iso Masihlarning izdoshi deb biladi. SHunga asoslanib Moniylikni, sinkretik (qorishiq) xarakterga ega deyiladi. Ammo ayrim ma’lumotlarda Moniy o‘zining ilk targ‘ibotini aynan Mesopatamiyada emas, balki Hindistonning shimoliy-sharqiy qismlarida boshlagani aytiladi. CHunki Moniy, u erda jahon dinlaridan biri bo‘lgan buddaviylik ta’limotini o‘rganish bilan bir paytda, o‘zning targ‘ibotchilik ishlarini ham boshlab yuborgan edi, deyiladi. 275 yilda mamlakatda yuqori nufuzga ega bo‘lgan Maglar (zardushtiylik ruhoniylari)ning qistovi bilan Fors davlatining yangi shohi Bahrom I Moniyni zindonga tashlashga farmon bergan va 276 yilda katl ettirgan. SHundan so‘ng Moniy izdoshlarining ba’zilari qiynoqlarga mahkum etilgan, ayrimlari mamlakatdan badarg‘a qilingan. Aksariyat qismi esa g‘arbda Rim imperiyasi, sharqda esa Hitoy, Uyg‘uriston hamda ularning atrofidagi davlatlarda panoh topib, moniylik ta’limotini rivojlantirganlar. Moniyning ta’limotida Nur va Zulmat o‘rtasidagi azaliy kurash asosiy o‘rinni egallaydi. Uning mazmun-mohiyati esa, Nurning Zulmat ustidan g‘alaba qozonishiga ishonishdir. Moniylik mahalliy dinlar — zardushtiylik, buddaviylik va xristianlik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Moniy o‘zini avvalgi dinlarning "to‘g‘rilovchi payg‘ambari" deb e’lon qilgan. U xristianlikdan messionizm va "Masih" e’tiqodini o‘zlashtirgan. Borliqning 2 substansiya asosi — yorug‘lik, yaxshilik va ruh olami bilan zulmat, yovuzlik va moddiyat olamining o‘zaro kurashini e’tirof etuvchi zardushtiylik dualizmi moniylikning asosini tashkil etadi. Ularning e’tiqodicha, birinchi olamda Nur (Xudo), ikkinchisida — Zulmat (SHayton) xukmronlik qiladi. Inson ikki unsurdan - Nur farzandi bo‘lgan ruh va Zulmat farzandi hisoblanmish jismdan iborat mavjudotdir. SHuning uchun inson Zulmat kuchlariga qarshi kurashda Nur kuchlariga yordam berishi lozim deb qaraladi. Ushbu ikki olam o‘rtasidagi kurash falokat bilan tugaydi, natijada moddiyat halokatga uchrab, ruh g‘alaba qozonadi. Moniylik ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo yovuzlik dunyosi deb qaralgan va patsifizm (urushmaslik) hamda mol-dunyo yig‘maslik muhim o‘rin tutgan. Moniylik o‘z e’tiqod qiluvchilaridan mol-mulklaridan 1/10 hissa xayri-sadaqa berishni, bir kecha kunduzda to‘rt mahal ibodat qilishni, yolg‘onchilik, qotillik, o‘g‘irlik, zino, baxillik, sehrgarlik va unga ishonishni, butparastlik kabi amallardan uzoq yurish talab qilgan.



  1. Yüklə 92,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə