|
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li JavobMutaasiblik, diniy ekstremizm, fundamentalizm, xalqaro terrorizm tushunchalarining g`oyaviy ildizlari
|
səhifə | 23/49 | tarix | 27.01.2022 | ölçüsü | 92,63 Kb. | | #83171 |
| Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li JavobMutaasiblik, diniy ekstremizm, fundamentalizm, xalqaro terrorizm tushunchalarining g`oyaviy ildizlari
Javob: Mutaassiblik (arab. – «g‘uluv ketish», «chuqur ketish») o‘z fikr-mulohaza va dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassiblik g‘oyalarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro‘yobga chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Hozirgi davrda ko‘plab ekstremistik uyushmalar va mutaassib harakatlar turli dinlar, shu jumladan, islom, xristianlik, yahudiylik dinlari ta’limotlaridan foydalanmoqdalar. diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. Mutaassiblik diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. SHu o‘rin qayd etish joizki, ko‘p manbalarda «aqidaparastlik» so‘zi hozirgi voqelikdan kelib chiqib «mutaassiblik» so‘zi bilan almashtirilgan holda istefoda etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |
|
|