Din,dinning tarixiy shakllari va mohiyati



Yüklə 23,7 Kb.
tarix07.12.2017
ölçüsü23,7 Kb.

DIN,DINNING TARIXIY SHAKLLARI VA MOHIYATI.

R e j a :

1. Din va diniy jamoa tushunchalari.

2. Ibtidoiy dinlarning shakllari.



3. O'rta Osiyo xalqlari tarixida din.
DIN VA DINIY JAMOA TUSHUNCHALARI.

«Din» tushunchasi ifoda etgan ijtimoiy hodisa ko'p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayon ifodasidir. Undan o'tmishdagi g'oyat og'ir va hozirgi murakkab sharoitlarda har xil ijtimoiy-siyosiy harakatlar turli maqsadlar yo'lida foydalanishga intilganlar. DIN tushunchasi o'zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo'lib, ishonch, inonmoq ma'nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o'ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning bir turidir. E'TIQOD so'zi ham arab tilidan kirib kelgan bo'lib, chuqur, mustahkam ishonch ma'nosini anglatadi. Demaq diniy e'tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslaq ishonish tushuniladi. Iloo'iyot, ya'ni diniy ta'limot nuqtai nazardan «din», «diniy e'tiqod» tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma'nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo'lgan, uni go'yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir «tugri», «haqiqiy», «odil» hayot yullarini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslaq karashlar, ta'limotlar majmuidan iboratdir. Islomgacha «din» so'zining o'rniga «tangri yo'li», «unga ishonch» iboralari qo'llanilgan bo'lsa kerak. Turkiy elatlarning islomgacha bo'lgan diniy e'tiqodlariga binoan «tangri» butun olamni, insonni yaratgan, «yuksaklik», «eng baland», «bahaybat» degan ma'nolarni ham anglatgan. Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqiqiy ta'limot olamning mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini o'rganishda minglab yillar mobaynida uning bag'rida qo'lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. qolaversa, din bag'rida shakllangan ma'naviy, jumladan axloqiy qadriyatlarning vujudga kelish sabablari, ularning kishilarga ijobiy ta'sirchanlik masalalari ilmiy jihatdan o'rganish va bu ma'naviy-ahloqiy qadriyatlardan foydalanish ko'proq ahamiyatga ega bo'lmoqda. Ma'lumki, diniy olng ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, uning mavjudligi ham ijtimoiy borliq bilan belgilanadi. Kishilarning ijtimoiy, ma'naviy hayoti moddiy asosga (bazisga) bog'liq. Ijtimoiy xayot jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikning muayyan ko'rinishi bo'lgan hukmron ishlab chiqarish usulining taraqqiyot darajasiga asoslanadi. Demaq ijtimoiy borliq, bir tomondan, jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikni, ikkinchi jihatdan, jamiyat a'zolari orasidagi o'zaro munosabatni qamrab oladi. Diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida ana shu munosabatning muayyan shakllarining in'ikosidir. Dindor o'z tasavvurida o'zining toat-ibodatga oid harakatlari orqali ilohiy kuch bilan bevosita aloqa bog'lanish o'rnatadi. Din muayyan ta'limotlar, his-tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo'lganligi uchun ular dinning elementlari (qismlari) deb ataladi. Bu tarkibiy qismlar bir-birlari bilan uzviy bog'liqdir; dinning mavjudligi bu tarkibiy qismlarning hammasini taqozo qiladi. Dinning tarkibiy qismlari orasida diniy ong, diniy tasavvurlar yetakchi o'rin egallaydi. Binobarin, diniy marosimlar, diniy psixologiya, diniy birlashmalar esa diniy tasavvurlarni mustahkamlaydi va uzoq davrlarda yashashi uchun xizmat qiladi. Diniy ong bir-biri bilan bog'liq, o'zaro muayyan darajada ijobiy mustaqil bo'lgan diniy mafkura va diniy psixikadan iborat. Diniy mafkuraning vujudga kelishi va shakllanishi sinfiy jamiyatda ro'y bergan aqliy meo'natning jismoniy mehnatdan ajralishi va buning natijasida vujudga kelgan dastlabki qohinlar, keyinchalik ruhoniylar faoliyatlari bilan bog'liq. Ular o'z g'oyaviy faoliyatlarida diniy mafkurani yaratadilar va buni asoslash, targ'ib qilish bilan shug'ullanadilar. Diniy psixologiya – ruhiy holat bo'lib diniy mafkuradan ancha oldin vujudga kelgan. U oddiy dindorlarning his-tuyg'ulari bilan boghliq odatlari, kayfiyatlaridan tashkil topadi. Diniy mafkura diniy psixik holatni g'oyalar bilan mustahkamlasa, bunisi diniy mafkurani his-tuyg'ular, odatlar vositasida chuqurlashtiradi. Hozirgi davrda oddiy dindorlarning xatti-harakatlaridagi islomga xos bo'lmagan ibtidoiy dinlarning qoldiqlari bunga misol bo'la oladi. Bularga pol ochirish, kinna soldirish, issiq-sovuq qildirish, va h.k.lar kiradi. Dinning ta'rifi, uning tarkibiy qismlari, diniy ong darajalarini bilishning ilmiy, amaliy ahamiyati shundaki, u kishilar hayotidagi diniy va diniy bulmagan xarakatlarni bir-biridan farqlash, ularga alohidaalohida yondashish imkonini beradi. Jamiyat moddiy hayot sharoitlarining ta'siri ostida vujudga kelgan din tarixiy va ijtimoiy shodisadir. U ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida, ma'lum bir sabablarga binoan vujudga kelgan. Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o'rtasidagi va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo'linadi. Bu aloqalarning ob'yekti va sub'yekti diniy jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang'ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 1)diniy e'tiqod. Maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyo'usi; 4) jamoa a'zolari orasidagi uzaro taqsimlangan mavqei va vazifalarning birligi. Diniy jamoalarning to'zilishi an'analar va urf-odatlar, huquq yoki umumiy dasturlar, qoida, fatvolar bilan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy va norasmiy guruhlarga:- «Jamoa kengashi», «ruhoniylar», «qavmlar» va «va'zxonlar»ga, diniy va xujaliq moliya ishlari bilan shug'ullanuvchi guruhlarga bo'linadi. O'rta Osiyo xalqlari mslomgacha e'tiqod qilgan zardushtiylikda diniy qarash va tasavvurlar dunyoviy ishlarga faol munosabatda bo'lishga chaqirilgan. Xususan, bu dinda chorva mollarini boqish, dehqonchilik bilan shug'ullanish dindorlikning asosiy belgisi, vazifasi darajasiga kutarilgan. Taqvodorlikning asosiy belgisi chorvaga, oilaga ega bulish va don ekishdir. Dan ekkan kishi taqvodorlik urug'ini ekadi. Bunga ixlos kuyish 10 ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik g'ilishga teng deb hisoblangan. Bu zardushtiylikning muhim ijobiy tomoni edi. Bu dinda mehnat juda ulug'langanyu u faqatgina moddiy ne'matlar manbai bulmay, balki birinchi navbatda, ahloqiy sog'lom va ezgulik manbai bo'lgani uchun ham yuksak qadrlangan. Bu vaziyat muayyan shaklda boshqa dinlarda ham bor. Chunonchi, hadislarda bayon qilingan ota-ona va farzandlar, boshqa millat vakillari bilan bog'liq fikrlar, qarashlar ham bunga yorqin misol bo'la oladi.
IBTIDOIY DINLARNING SHAKLLARI.

Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to'la shakllangan diniy sistemaga ega bulmagan. Ularda boshlang'ich diniy tasavvurlargina bulgan, xolos. Dinning ana shunday ibtidoiy shakllari urug'chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bulgan. Ibtidoiy odamlarning diniy e'tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonliq magiya(sehrgarlik) shakllarida tarqalgan; ularning elementlarim hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi. T O T YE M I Z M - hindlar tilidagi «O totem»(uning urug'i) degan so'zdan kelib chiqqan. Totemizm ibtidoiy g'oyat sodda diniy e'tiqodning bir turi bo'lib, qadimgi zamondagi urug'-qabila a'zolarining muayyan bir hayvon, o'simlik bilan g'ayri-tabiiy aloqasi, yaqinligi, qon qarindoshligi bo'lgan deb, bu hayvon va o'simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog'liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har bir qabila yoki urug' o'z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko'zda tutib, ba'zi hayvonlarni ovlar va ular haqida yetarli ma'lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning urug' bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo'lsa keraq degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba'zi hayvonlar, keyinchalik esa o'simlikning ba'zi navlari ham muayyan urug' a'zolarining ajdodi – totemidir, degan tasavvur shakllanishiga olib kelgan. Shu boisdan keyinchalik urug' a'zolari totemning «yordamiga» ko'z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o'z homiylari deb hisoblaganlar, sehr yo'li bilan unga ta'sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, e'zozlangan, uni otib o'ldirish, iste'mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya'ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o'simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda iste'mol kilish mumkin bulgan. Urug' a'zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o'tadi va u kelgusida ham urug'ning homiysi bo'lib qoladi degan tasavvur bulgan. Totemizm e'tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning nomlaridan payqash mumkin. Ular urug'larni konkret hayvonlar (kenguru, oq ho'kiz, qora ho'kiz kabi ayrim o'simliklar) nomi bilan ataganlar. Totemizining elementlarini hozirgi dinlarda ham ko'rish mumkin. Masalan, hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilon kabilar muqaddas hayvonlar hisoblangan. O'zbeklarda qaldirg'och, musicha, laylaq ko'k qarg'ani muqaddas qushlar deb e'zozlash ham totemizmning ko'rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu jumladan o'zbeklarda muchalga qarab vaqt xisobini chiqarish totem e'tiqodi bilan bog'liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini ya'ni tug'ilgan kunidan boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo'lgan. Muchal mo'g'ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng talqalgan yil hisobi bo'lib, unda yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo'lbars (palang), quyon (xargusht), baliq (naxang), ilon (mor), ot (asp), qo'y (go'sfand), maymun (hamduna), tovuq (murg'), to'ng'iz (xo'k) shular jumlasiga kiritilgan. A N I M I Z M - (lotincha – animus – jon, ruh demakdir). qadimgi zamon dinlaridan biri, kishi ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi. Animistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi tushunchalarning shakllanishida ma'lum rol o'ynab kelgan. Animizm har bir kishida uning hayoti va ongining manbai bo'lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, Shimoliy Amerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grenlandiyada esa nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Animizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur o'rganish, jon va ruhlarning tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan fikrlar paydo bo'lishi munosabati bilan tarkib topgan. Shu davrda jonning o'lmasligi haqidagi tasavvur paydo bo'lgan. Chunki qadimgi odamlar o'z tanalarining to'zilishi to'g'risida to'liq bir tushunchaga ega bo'lmay, hattoki uyqu va tush ko'rishining sabablarini ham izohlay olmaganlar. Shundan sung ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir kuch bo'lib, odam o'lgandan so'ng u kuch, ya'ni jon tanadan chiqib ketadi degan tasavvur hosil bulgan. Shuning uchun ular o'zlari bilan bir qatorda hayvon, o'simliq hatto mehnat qurollari, keyinchaliq suv, o'rmon, momaqaldiroq va boshqalarda ham jon bor, degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda gilozoizi deb ataydilar. Jon va ruhlarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon barcha kishilarda bo'lib, xudo eng oliy ruh xisoblanadi. Farishta, shayton kabilar haqidagi tasavvurlar o'z mohiyatiga ko'ra murakkablashtirilgan animizmdir. Odam o'lgandan so'ng tanadan chiqib ketadigan jon bor, degan tasavvur chuqurlasha borgan. Demaq odam o'lganda jon chiqib ketib, yashay berar ekan, uning o'zi abadiy yashaydi degan tushuncha paydo bo'lgan. Abadiy ruh to'g'risidagi tasavvur ana shu yo'sinda shakllangan. Ruhlarga ishonish arvohlarga ishonishni keltirib chiqargan. O'zbeklarda arvohlar hahidagi tasavvurlar, ularni eslab payshanba oqshomi arafasida chiroq ёqish, qabrstonlarga borib Qur'on suralaridan o'qish animizmga bo'lgan e'tiqodning shaklidir. F YE T I SH I Z M - (fetish – fransuz tilidagi «fetiko» - yasalgan tumor, but, sanam degan so'zlardan olingan) moddiy buyumlarda g'ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz narsalarga sig'inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar – tog', qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va hokazolarda g'ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo bulgan. O'zlari vujudga keltirgan bunday kuchlarga o'zlari sig'ina boshlaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri bo'lgan fetishizm barcha halqlarda diniy tasavvurlar shakllanishi bilan uzviy bog'liqdir. Fetishizm politeistik (kup xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik) dinlarida hozirgacha saqlanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) sig'inish, islomda esa turli o'simlik turlarini – sedana, ko'ztikan, qalampirmunchoq, achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan – yong'oq, chinor, archa va boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta'siri yoki yordami bo'lishi mumkin degan tasavvur paydo bo'lgan. Bunday xususiyatni tog'-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g'ayritabiiy fikrlar shakllangan. Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba'zi soddadil, mutaassiblarning turli tumor, ko'zmunchoq va hokazolarni taqib yurishlari, daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is chiqarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish, ularning mo''jizaviy kuchiga ishonish fetishizmning diniy e'tiqoddagi eng xarakterli ko'rinishi va qoldig'idir. SH O M O N I Z M - ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo bo'lgan animistik e'tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e'tiqodlardan biri. Uning o'ziga xos xususiyati – kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda bo'la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. Shomonlarga, shuningdeq kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o'lganlarni oxiratga uzatish, tabiatga xoxlagancha o'zgarishlar qilish kabi xususiyatlar taqaladi. O'tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do'mbirasi yoki mo''jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-rusmlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan. Shomonizm o'tmish dinlar sarqiti sifatida ba'zi hollarda uchrab turadi. M A G I YA (sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g'ayritabiiy yo'l bilan ta'sir ko'rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir. Sehrgarlik xarakatining shakllari turlicha bo'lib, ular turmushning xar hil sohalarida qullanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiharish magiyasi, dushmanni yengish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ibtidoiy odamlar hayotida alohida o'rin egallagan, ya'ni ular tirikchilikka kerak bo'lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki xodisaga bog'lih bo'lgan magik xarakatlarni bajarganlar. Ibtidoiy jamoa ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining darajasi pastligi, kishilar hayotining urug' va qabila munosabatlari tor doirasi bilan cheklanganligi, tabiat kuchlari oldidagi ojizlik dinning ilk shakllarida o'z in'ikosini topgan. Bu ojizlik ibtidoiy odamning sodda, yuzaki tasavvurlariga asoslangan soxta, sehrgarlik usullarini qullanishga majbur etgan. Ojizlik qadimgi odamlarning har doim mu'jizaga ishonish bilan xayoldagina maqsadga erishishiga madad bergan. Ibtidoiy dinlardagi xayoliy in'ikos mahsuli bo'lgan tog', suv, bo'ron, quyosh, momaqaldiroq xudosi kabi tasavvurlar turli-tuman bulsa-da, ular oliy va past tabaqalarga ajratilgan emas. Bunday ajratish jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida o'tilgandan so'ng yuz bera boshladi.
O'RTA OSIYO XALQLARI TARIXIDA DIN.

Markaziy Osiyo xalqlari shakllanish tarixining murakkab va o'ziga xos tomonlari mavjuddir. Bu vaziyat ularning diniy e'tiqodlarida ham o'z aksini topgan. Bu tarixiy jarayonning mazmunini dinning qadimgi shakllari va elementlari, zardushtiyliq monixeyliq buddizm, xristianliq yahudiylik va islomdan tashkil topgan dinlarning tarixi tashkil qiladi. qayd qilingan bu dinlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida oldinma-ketin o'rin olgan. Bu hudud xalqlarining dastlabki manzilgohlari Farg'ona vodiysi tosh davrida, ya'ni eramizgacha bo'lgan 1 mln. – 500 minginchi yillarda vujudga kela boshlagan. Quyi paleolit davridayoq (eramizgacha bo'lgan 10 ming yillar) bu yerlarda Teshiktosh, Sherobod va boshqa makonlar) ma'naviy madaniyatini shakllanganligini ifoda etuvchi qoyalarga o'yib tasvirlangan rasmlarYU xaykaltaroshlikning eng oddiy turlari paydo bo'la boshlagandi. Ibtidoiy odamlar o'simlik va hayvonlarning ramziy ifodalarini xayoliy tarzda o'zaro biriktirgan, uyg'unlashtirgan; bu ilk badiiy asarlar voqelikni insonning real va hayoliy o'zlashtirishlarini o'zida ifoda etgan; shu bilan birga bular diniy qarashlarning ham vujudga kela boshlaganligini ham bildirgan. Keyinchaliq nealit davrida «muqaddas» hayvonlarga, ona-xudoga bag'ishlangan xaykallar, toat-ibodatlar, diniy urf-odatlar bilan bog'liq buyumlar paydo bula boshlagan. Sharq xalqlarining qadimgi diniy qarashlarida samoviy jismlarga, hodisalarga itoat qilishlar ham keng o'rin olgan. Bu borada yulduzlar harakatiga keng o'rin berilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining «Tangri»ga ishonishi, samoviy jism va hodisalarni muqaddaslashtirishlar bilan bog'liq qadimgi bir qancha diniy tasavvurlarning o'zaro uyg'unlashuvining natijasidir. Ko'pgina turkiy xalqlarda Tangri xudo sifatida osmonga, yerga, oyga nisbatan ham qo'llanilgan. Bu vaziyat osmon, yer, suv, tog' xudolarini u davrlarda birbiridan ajratilmaganligidan dalolat beradi. Sharq xalqlari orasida ajdodlar ruhlariga sig'inishlar, ulardan madadlar kutishlar, yer, inson salomatligi uchun foydali bo'lgan chashma va buloqlarni muqaddaslashtirishlar, ular bilan bog'liq qurbonliklar qilishlar hanuzgacha uchrab turadi. Tog' balandliklari, dovonlari, so'qmoqlari bilan bog'liq ruhlar eng kuchli va qudratli ruhlar hisoblangan. Ular sharafiga bag'ishlangan tosh buyumlari, muqaddas tepaliklar, sun'iy to'siqlar, ayrim hollarda esa xom g'ishtlardan qurilgan gumbaz tom bilan yopilgan maxsus inshootlar barpo qilingan. Odatda bular atrofiga tog' echki va quylarning shohlari terib qo'yilgan, uzun tayoqlarga bir tutam jun, latta, paxta va yovvoyi qo'toslarning dumlari osib qqo'yilgan. Hozirgi davrda ham bunday «muqaddas joylar»da, garchi hech kim dafn qilinmagan bo'lsa ham, mozorlar deb atalaveradi. Bular islom bilan bog'liq marosimchiliq toat-ibodatlarning tarkibiy qismiga aylanib qolgan. Dinning qadimiy shakllariga ona xudo (Onaxit) bilan bog'liq tasavvurlar ham kiradi. Ona xudo hosildorlikning, mo'l-ko'lchilikning ramziy ifodasi, oila o'chog'ini, yangi yosh avlodning homiysi ham xisoblangan. O'zbeklardagi Anbar ona, qirg'izlardagi Umoy enelar shular jumlasiga mansubdir. Dehqonlarga «Bobo dehqon» haqidagi tasavvur ham shular qatoriga kiradi. O'rta Osiyo xalqlarining ilk qarashlari tarixi totemistik qarashlar bilan bog'liqdir. Bu qarashlar asosan yirtqichlarni muqaddaslashtirish orqali namoyon bo'ladi. Muayyan insonlar guruhlari hayvon turidan kelib chiqqan deb faraz qilish totemistik qarashlarning asosiy mazmunidir. Masalan, it, buri, kiyik yoki bug'u, burgutlar turkiy xalqlarning bosh totemlari hisoblangan. Ular muayyan urug'larning asoschisi va homiysi deb bilingan. Markaziy Osiyo xalqlarining ilk diniy qarashlarida tuya va otlarni muqaddaslashtirish keng o'rin olgan. Bu jarayon eramizdan oldingi davrlarda kuchmanchilik turmush tarzi va u bilan bog'liq xujalik ishlarining shakllanishi tufayli yanada rivojlangan. Eramizning III-IV asrlaridan boshlab 300 yildan kuproq davr mobaynida qadimgi Buxoroda zarb etilgan tangalarda, garchi turli-tuman ko'rinishlarda bo'lsa ham, tuyaning tasvirlari chop etilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining diniy qarashlarida bunday xayvon shakllaridagi muqaddaslashtirishlarning g'oldiqlari uzoq davrlar mobaynida saqlanib qolgan. Fetishizm, animizm va boshqa shu kabilardan iborat bo'lgan qadimgi xalqlarning ilk diniy qarashlarni urug'chilik tuzumining yemirilishi va uning o'rnida sinfiy tabaqaviy jamiyat tashkil topishi jarayonida o'zgarib borgan. Ovchilik bilan bog'liq sehrgarliq afsungarlik va totemistik xislatlarga ega bo'lgan qarash va harakatlar, keyinchalik ruhlar yoki shaytonlar haqidagi tasavvurlarga, hamma narsa va hodisalarni, odamlarni ikkilantirishga, ya'ni bir-biriga nisbatan mustaqil moddiy va ruhiy tomonlari bor degan qarashlarni vujudga keltirgan. Kishilik jamiyatining ilk bosqichlarida; toat-ibodatlar bilan bog'liq ijtimoiy hayotda jamoaning, urug'ining hamma a'zolari bir xil shakllarda qatnashganlar. Chunki bu bosqichlarda urug'dosh va qabiladoshlar orasida ijtimoiy tenglik hukm surgan. Keyinchalik urug'chilik-qabilachilik tuzumining yemirilish davrida, mas'ul kishilar uchun maxsus joylar, ruhoniylikni kasb-hunar qilib olgan kishilar toifasiga (kohinlar, sehrgarlar va boshqalar) vujudga kelgan. Diniy tasavvurlarning ilk shakllari Markaziy Osiyo xalqlarining keyingi diniy qarashlarining tarkibiy qismlarida tarixiy sharoitlar ta'sirida o'zgargan xolda saqlangan: ularning san'ati, madaniyati va turmushiga ham muayyan darajada ta'sir ko'rsatgan.

Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar : 1. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda.-T.: O'zbekiston, 1999. 2. Mustaqillik izohli lug'ati.-T.: «Fan», 1998, 53-54, 74-75, 155-157 betlar. 3. Islom. Spravochnik.-T.: 1989. 4. Dinshunoslik asoslari.-T.: O'zbekiston, 1995, 11-19 betlar.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə