93
rim o‘zbek filmlarida ham milliy qadriyatlarimizni buzi
-
sh kabi sahnalashtirilgan voqealar («Yor-yor» filmidagi
to‘y sahnasida «горька» deb qichqirish kabi holatlar)
zo‘rma-zo‘raki kiritilgan.
Bu esa sovetlar tomonidan «
Millatni yo‘q qilish
uchun, uni tilini, urf-odatini yo‘q qilishning o‘zi kifoya
»
g‘oyasining singdirilishi deb tushunish kerak.
Bunday mafkuraviy tahdidlar bugungi kunda tashqa
-
ridan badiiy filmlar orqali kirib kelayotganligini ko‘ri
-
shimiz mumkin. Bu filmlar uchun mablag‘ tikkan
homiylar shu filmlar orqali o‘zlarining g‘arazli maq
-
sadlarini amalga oshirishni ko‘zlaydilar.
IJODIY FAOLIYAT
Birinchi hikoya
1. Quyidagi hikoyani o‘qing. Aziz ukala
-
rini qanday chalg‘itishi mumkin?
2. Azizning faoliyatiga baho bering.
3. Siz nima qilgan bo‘lardingiz?
Azizning ota-onasi kechki tadbirga taklif
etilganliklari uchun unga ukasi va singlisiga
qarab turishini, o‘z vaqtida ovqatlarishini
,
kompyuter bilan band bo‘lib, ukalariga e’ti-
borsiz bo‘lmasligini qattiq tayinlab ketishdi. Azizning singlisi hali 4 yoshga
ham kirmagan. Ukasi esa 6 yosh. Bolalar televizorda berilayotgan multi-
filmlarni tamosha qilib, «ertak-ertak» o‘ynashmoqchi bo‘lishdi. Azizning
singlisi, akasiga «men Oppog‘oyim bo‘laman, men ko‘zimni yumib turaman,
siz meni labimdan o‘pib tiriltirasiz», desa, akasi «yo‘q men maxluqman, sen
Sohibjamol bo‘lasan, meni labimdan o‘pib tiriltirasan», deb bir-biri bilan
janjallashib qoldilar... Ularning bu janjalini kuzatib turgan Aziz, tezda borib
telivizorni o‘chirdi. Ularga "hech qanaqa multfilm yo‘q", deb jahl qildi-yu,
ammo ukalarini nima bilan band qilishni bilmay qoldi...
Parchala,
hukm sur! Qan
-
day beorlik!
Birlashtir, ye-
takla! Eng go‘zal
boylik!
Dostları ilə paylaş: