103
shlarini aldash yo‘li bilan ularning mol-mulklariga egalik
qilishga urinmoqdalar.
Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo‘layotgan
voqealarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qolmasligining
qattiq nazorat qilinishi ular faoliyatidan jamoatchilikning
bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda.
Ugandadagi
«Oxirat kuni»
sektasi boshliqlarining fao
-
liyati bunga misol bo‘ladi. Oxiratni 1999-yilning 31-de-
kabriga «belgilagan» ushbu sekta rahbarlari o‘z tarafdor-
larini mol-mulklarini sotish, tushgan mablag‘ni ularga
berishga va shu yo‘l bilan gunohlardan forig‘ bo‘lishga
chaqirgan.
Qiyomatning 2001-yil 1-yanvarga «ko‘chi-
rilishi» sekta rahbarlariga nisbatan shubha uyg‘onishi-
ga olib kelgan.
Shundan so‘ng rahbarlar Kanungu qish-
log‘ida 500 dan ortiq o‘z tarafdorlarini aldab binoga
qamab, ustilaridan o‘t qo‘yib yuborganlar. Ma’lumotlarga
ko‘ra, yana to‘rt joyda ommaviy qabrlar topilgan. Bu sek
-
taning qurbonlari 1000 dan ortiq bo‘lgani qayd qilingan.
Dostları ilə paylaş: