Diologik nutq shakli, unda munosabatlarni ifodalash usullari, unda nutq madaniyatiga e’tibor berish



Yüklə 45,61 Kb.
tarix23.01.2018
ölçüsü45,61 Kb.

Aim.uz

Diologik nutq shakli, unda munosabatlarni ifodalash usullari, unda nutq madaniyatiga e’tibor berish
I.Davlat ta`lim standarti: DTS 2000 yil 16 oktabr Vazirlar mahkamasining 400 son qaroriga asosan.

  1. Oquv reja: 2001 yil 20 iyul umumta`lim fanlar bloki

  2. O`quv dastur 2001 yil 31 iyul Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish bo`limi

  3. Mavzu: Nutqiy faoliyat turlari

II.Maqsadlar:

  1. Ta`limiy: Talabalarni dialogik matn va uning turlari bilan

tanishtirish.

  1. Tarbiyaviy: Talabalarni vatanparvarlik va insoniylik ruhida tarbiyalash. Milliy istiqlol g`oyasini singdirish.

  2. Rivojlantiruvchi: Talabalarning dunyoqarash va mustaqil fiklash doirasini kengaytirish va rivojlantirish

III. Yangi mavzuni o`rgatisjda DTS tomonidan qo`yilgan talavblar.

  • Nutqiy faoliyatning shakl va ko`rinishlarini bilish.

Dars turi: Yangi bilim berish, malaka hosil qilish

Uslublar: Suhbat ma`ruza bahs munozara, hamkorlida ishlash.

Jixoz: Mavzuga oid plakar tarqatma, audio kasseta.

IV. Tashkiliy qism (5 daqiqa).



  1. Uy vazifasini so`rash (10 daqiqa).

  1. Nutqiy muomala shakllari haqida savollarga javob berish.

  2. Yozilgan matnlarni o`qib berish.

  1. Yangi mavzuga o`tish:

Diologik nutq shakli, unda munosabatlarni ifodalash usullari, unda nutq madaniyatiga etibor berish.

V. Yangi mavzu mohiyatini yetkazishda qo`yilgan talablar:



  1. Fanlar bilan bo`g`lanish: tarix, ona tili va adabiyot, falsafa.

  2. Milliy qadriyatlar milliy urf odat va an`analar, ajdodlarimiz ibratli hayotiga bog`liq holda matnlar tuzish.

  3. Ekologik tarbiya: atrof muhitning go`zal tasvirini aytish orqali tabiyatga mehr uyg`otish.

  4. Mehnatga mehr uyg`otish: Mehnat va mehnatsevarlik, hunar haqida gapiriladi.

  5. O`rganilayotgan mavzuning kundalik hayotidagi o`rni: so`zlashuvda mavzuning ahamiyati aytiladi.

VI. Mustahkamlash (30 daqiqa).

  1. Mavzu bo`yicha savol - javob

  2. Dioladik matn tuzish va uni tahlil qilish.

  3. Hamkorlikda ishlash uslubi bo`yicha o`yinlar, boshqotirmalar tashkil qilish.

VII. Xulosa: Diolog uning turlari, replika nurqiy muvozat shakllari bilan tanishdik.

VIII. Baholash: dars davomida va mustahkamlash qismida faol ishtirok etgan talabalar ball asosida baholanadi (5 daqiqa).

IX. Uyga vazifa (5 daqiqa).


  1. Mavzuni o`zlashtirish

  2. Intervyu shaklida diologik matn tuzish.




  1. Tashkiliy qism (5 daqiqa).

  1. Salomlashish, davomadni aniqlash sinf tozaligini ko`zdan kechirish.

  2. Guruhni darsga tayyorlash.

  1. O`tilgan mavzuni so`rash (5 daqiqa).

Dars boshlanishi bilanoq sinf ikki guruhga ajratiladi va guruhlar kamlanadi.

Masalan: ”Mehr- oshkora”


“Muruvvat pinxona” -

Darsda talabalar baholanishi ham noa`nanaviy usulda bo`lib, har bir javobga qarab talabalarga qizil, sariq, yashil kartochkalar berib boriladi.



  1. O`tilgan mavzu bo`yicha tarqatmalar quyidagicha bo`lishi mumkin.

Tarqatma № 1




  1. Nutq deb nimaga aytiladi?

  2. Rahbar va xizmatchi o`rtasida qanday muomala madaniyati bo`lishi lozim?

Tarqatma № 2




  1. Til va nutq orasidagi farq nimadan iborat?

  2. Nutqiy muomala shakllariga nimalar kiradi?

Tarqatma № 3




  1. Adabiy til qanday ko`rinishlarga ega?

  2. Mantiqiy nutq qanday bo`ladi?

Tarqatma № 4




  1. til va tafakkurning bo`g`liqligi va farqi nimada?

  2. Nutqiy savodxonlik deganda nima tushuniladi?

O`tilgan mavzu xulosalanadi, darsga faol ishtirok etgan talabalarga kartochkalar berib rag`batlantirib boriladi.



  1. yangi mavzu bayoni: (20 daqiqa).

Reja:


  1. Diolog haqida ma`lumot

  2. Diologik matn turlari

  3. Diologik matnlarda gap qurilishi

Diolog grek tilidan olingan bo`lib (Dio – ikki, logos – so`z, nutq). Ikki kishi orasidagi fikr axborot almashinuvi degan ma`noni anglatadi. Diolog ikki yoki undan ortiq shaxs orasidagi uzluksiz nutq shakllaridan biri. U og`zaki nutqning keng tarqaklgan turi sanaladi. Unda har bir kishi so`zlovchi va tinglovchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

So`zlovchi va tinglovchi nutqlari replika deyiladi. Replika birinchi shaxs tomonidan suhbatga tortish, chorlash yoki murojaat replikasi.II shaxs tomonidan esa javob replikasi xarakteriga ega bo`ladi. 1 – replika so`rog`i, 2 - replika yuzaga kelishining asosiy omili sanaladi. Replikalar chegarasi birinchi replikaning tugallanish, ikkinchi replikaning boshlanish nuqtalari bilan belgilanadi.

Diologda javob replikasining mazmuni, xarakteri murojaat replikasida qaysi so`zga mantiqiy urg`u tushganligiga bog`liq bo`ladi.

Mantiqiy urg`u gapdagi fikriy jihatdan ahamiyatli bo`lgan so`zning kuchli talaffuz qilinishidir. Bunda so`zlovchi gap ichidagi ba`zi so`zlarning ma`nosini yanada ta`kidlab, kuchaytirib ko`rsatish uchun uni boshqa so`zlarga nisbatdan kuchliroq ohang biklan talaffuz etadi. Nutqda mantiqiy urg`yu tushgan so`z ovozni balandlatish, pastlatish, pauza qilish kabi vositalar bilan ajratib aytilgani uchun tinglovchining diqatini tez tortadi.

Replikada diologik matnda to`liq yoki to`liqsiz gap shakllarida uchraydi. Diologlarda intinatsiya muhim ahamiyatga ega. So`zlovchining o`z hisiyotini ifodalashi uchun ovoz tonini o`zgartirishi, mua`yan istak, niyat harakat natijasida yuzaga keluvchi ovoz tovlanishlari intonatsiyadir. Uning yordamida turli ma`nolar ifodalanadi.

Taklif, munnatdorchilik. Tabrik, taajjub yoki hayratlanish, tilak-istak mazmunidagi diolog replikalarida quyidagi nutqiy mulozanat so`z va iboralari uchraydi.
Taklif.


  • Men sizni … taklif etmoqchiman

  • ruxsat bering

  • keling …

  • marhamat …

Minnatdorchilik.



  • rahmat, sizdan minnatdorman

  • boshim osmonga yetdi

  • hursandman

  • sizga minnatdorchilik bildiraman

Tabrik.


  • chin qalbimdan tabriklayman

  • muborak bo`lsin

  • qutlayman

  • ruhsat eting

Taajjub, hayratlanish.



  • rostdanmi?

  • nahotki?

  • Taajjub

  • aqil bovar qilmaydi

  • nega endi

Diologlar so`zlovchi tomonidan, ya`ni muallif tomondan ham berilishi mumkin. Dramatik asarlardagi qahramonlar diologi persanajlarning asl maqsadlari, niyatlari, intilishlarini, his – tuyg`ularini, fikr va tushunchalarini, ruhiy kechinmalarining va ularning bir birlari - bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarini ochib berishga, asardagi voqealarning rivojlanib borishiga yordam beradi. Ya`ni diolog qahramon xarakterini oxchib berishiga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. Ishtirokchilar diologlari avtor gapi (nutq) shaklida berilib qo`shtirniqqa olinmaydi.


Savol - javob diologlari


Diolog o`zaro almashinib keluvchi replikalarning ifodasi ekanligini ta`kidlab o`tdik. Replikalar mazmunidan kelib chiqqan holda diologlarning savol-javob, xabar, baxs –munozara xarakteridagi diologlarga bo`linishi mumkin.
So`rash surushtirish diologlari.

Murujaar replikasi savolni, javob replikasi esa qo`yildan savolining javobini ifodalab keladi. Qayta so`rash diologida esa javob replikasi murojaat replikasi mazmunini echiishga xizmat qiluvchi savolni ifodalab keladi. Masalan:

  • Sen Abdulla Qodiriyning “Mexrobdan chayon” ramanini o`qidingmi?

  • Yo`q hali. Roman nima haqida?

  • Muqaddas dargohda namunaviy kishilar haqida.

Intervyu. Xorakteridagi diologlar savol - javob diologlariga misol bo`ladi. Intervyu muxbirning suhbatdoshi bilan ahborot olish maqsadida o`tkazadigan muloqotidir. Intervyu gazeta, radio televidinye uchun mo`jallangan bo`ladi. Intervyu o`tkazishdan oldin suhbat mavzusi bitiladigan savollar tayorlab qo`yiladi.
Xabar diologlari.

Ta`kidlab o`tkanimizdek, kishi fikri yoki maqsadini ikkinchi bir kishiga so`zlar vositasiga yetkazib, o`zaro fikr almashadi, aloqada bo`ladi, kayfiyatni ifoda etadi. Diologik nutq buning yaqqol namunasidir. Fikr almashuv, aloqa bog`lash diologning xabar turiga kiradi.

Xabar diologlarida har bir replika o`zidan oldingisi uchun javob o`zidan keyingisi uchun murojaat replikasi bo`lib xizmat qiladi. Xabar diologlarida murojaat va javob replikalarida biror voqea hodisa, narsa to`g`risida xabar beriladi,tinchlantirish, kechirish ma`nolari ifodalanadi.
Axborot – almashuv diologlari.

Bunday dialoglarda suhbatdoshlar o`zaro axborot almashadilar, o`z hissiyotlarini bayon etadilar, insonlar, voqea – hodisalarga baho beradilar.
Baxs - munozara diologi.

Bunday diologda murojaat replikasi savol yoki xabarni, javob replikasi esa qarama – qarshi nuqtan nazar bayon etilgan e`tirozni ifodalaydi.

Munozara xarakterdagi nutqn polilog shaklida, ya`ni, bir necha kishinng suhbati tarzida bo`lishi mumkin. Unda ishtirokchilarning bahslari o`z ifodasini topadi. Unda ritorik so`roq gaplar, his-hayajon faplar uchraydi.

Diologik nutq nutq uslublarining barchasida uchraydi. Masalan: so`zlashuv uslubida publitsistikada: intervyu, badiiyda: “Farxod va Shirin”dan Farxod va Xusrav munozarasi misol bo`la oladi.
Mustahkamlash (30 daqiqa)

Darsning bu qismida “Mehr oshkora” va “Muruvvat pinhona” guruhlari shartlar asosida o`zaro bellashadi.

1 – topshiriq.

Yozilgan diolog matnlarni o`qib berish. Ular “bog`da”, kinoda “do`stim bilan” “kollejda” mavzularida bo`lishi mumkin.

2 – topshriq.

O`tilgan mavzuni mustahkamlovchi testlar.


TEST: I - variant


  1. Nutq nima?

  1. Nutq – aloq shakli

  2. Nutq – fikrni so`z orqali ifodalash qobiyati, mahorati.

  3. Nutq – milliy madaniyatning bir shakli.

  4. Nutq – zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan i`nikosi.



  1. Diolog nima?

  1. ikki kishi orasidagi turlicha mazmundagi fikr axborot almashinuvi.

  2. Bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi.

  3. Fikrni so`z bilan ifodalash.

  4. Aa va b javob to`g`ri.




  1. Adabiy til qoidasi qaysi javobda mukammal ifodalangan?

  1. Adabiy til shevalarga asoslangan tildir.

  2. Adabiy til so`zlashuv tilining yozma shakli.

  3. Adabiy til umumxalq tilining madaniy shakli.

  4. Adabiy til ishlangan qoidalashgan, me`yorlashgan tildir.



  1. Qaysi qatorda faqat tilshunoslikka oid atamalar berilgan?

m) o`zak, ildiz, ko`paytma

n) hujayra,gap, so`z.

o) hol, undalma, so`z birikmasi

p) hosil, volt, tovish




  1. “Al hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo momot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”.

Ushbu satrlar kimning asaridan olingan?

q) Oybek “Navoiy”

r) A. Avloniy “turkiy guliston yohud axloq”

t) Qodiriy “O`tgan kunlar’

s) Behbudiy “Padakush”

II – variant.


  1. Adabiy til qaysi shaklda namoyon bo`ladi?

p) og`zaki

q) yozma


r) yozma rasmiy

s) p va q javoblari to`g`ri




  1. diologning turlari qaysi qatorda to`g`ri berilgan?

o) savol – javob, marfologiya, fanetika

  1. kirish, asosiy xulosa

p) savol – javob, xabar baxs munozara

  1. omonim antonim




  1. O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qachon qabul qilingan?

  1. 1991 yil 1 sentabr

  2. 1992 yil 8 dekabr

  3. 1989 yil 21 oktabr

  4. 1989 yil noyabr




  1. Yozuv adabiy tilning qaysi shakli uchun xos?

  1. og`zaki adabiy til uchun

  2. yozma adabiy til uchun

  3. faqat rasmiy til uchun

  4. adabiy til uchun yozuvning ahamiyati yo`q.




  1. Insonni so`z ayladi judo hayvondin,

Bilkim, guhari sharifroq yo`q ondin.

misralari muallifi kim/



  1. Navoiy

  2. Sakkokiy

  3. Lutfiy

  4. Yassaviy

Agar talaba test topshiriqlarini to`g`ri bajarsa, I variant “bahor”, II variantda “Sport ” so`zi hosil bo`ladi. Ular bu so`zlarni izohlab beradi.

3 - topshiriq

“Intervyu “ nomi bilan ataladi bunda har bir guruh talabalari tayorlanishi uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.

1 guruh - jurnalistlar

2 guruh – intervyu beruvchilar

Jurnalistlar beradigan savollarini, intervyu beruchilar esa javoblarni o`ylab oladilar. Mavzular quyidagicha bo`lishi mumkin.

“tadbirkorlik”, fermer, talaba, hunarmand, o`qutuvchi …


V Baholash

Dars davomida faol ishtirok etgan talabalarning rangli kartochlari jamlanadi va natija ball sifatida e`lon qilinadi.

VI Uyga vazifa

1.Dialogik matn tuzish

2. Keyingi mavzuga tay`yorlanish
Adabiyotlar.

Asosiy adabiyotlar
1.M. Aminov, A. Madvaliyev

O`zbek tilida ish yuritish (Toshkent 2000 yil)


2. E.Qilichev, B. Qilichev

Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari (Toshkent 2001 yil “O`qituvchi”)


Qo`shimcha adabiyotlar.


  1. A.Rafiyev, N.G`ulomova

Ona tili va adabiyoti (Toshkent 2002 yil “O`qituvchi”)


  1. A.Nurmonov, A.Sobirov

Hozirgi o`zbek adaboyiy tili (Toshkent 2002 yil)
3. Ma`rifat ro`znomasi.



Aim.uz




Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə