Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari


Qo‘shimcha suyuqliklar yordamida maydalanadigan dori moddalari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə10/10
tarix08.03.2018
ölçüsü0,73 Mb.
#30797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Qo‘shimcha suyuqliklar yordamida maydalanadigan dori moddalari

6-jadval

Hidli dori moddalari



7-jadval

Bo‘yovchi dori moddalari


8-jadval

O‘zaro namlanib va suyuqlanib qoluvchi

poroshoklar aralashmasi
2. HAB DORILAR

9-jadval

Hab dorilar tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar


3. SUYUQ DORI ТURLARI
3.1. Chin eritmalar

10-jadval


Eruvchanlik
11-jadval

Ba’zi antibiotiklarning og‘irligi va ta’sir

birligi orasidagi bog‘liqlik
12-jadval

Dorivor moddalarning hajm oshish koeffitsiyenti
13-jadval

Standart farmakopeya eritmalari

3.2. Yuqori molekulyar birikmalarning eritmalari (YMB) va kolloid eritmalar

14-jadval

Kolloid preparatlar
3.3. Suspenziya va emulsiyalar

15-jadval

Suspenziyalar tayyorlashda qo‘llaniladigan

dorivor moddalar

16-jadval

Birlamchi moyli emulsiyalarni

tayyorlash usullari

Emulsiya turini aniqlash usullari

1. Parafinli plastinka usuli.

2. Suyultirish usuli.

3. Bo‘yash usuli.

4. Elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha.
4. Aseptik sharoitni talab Qiluvchi

dori turlari



4.1. In’eksion dori turlari

17-jadval
18-jadval
Dori moddalarining natriy xlorid, natriy nitrat, natriy sulfat, glyukoza bo‘yicha izotonik ekvivalentlari (grammlarda) va 1% li eritmalarining muzlash harorati depressiyasi (graduslarda)

O‘zbekiston Respublikasi SSV ning

2000 yil «21» aprel 195-sonli

buyrug‘iga 2-ilova

19-jadval
Dorixonalarda tayyorlanadigan dorilarning

saqlash muddatlari va sterillash sharoitlari


Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan

dori vositalarining tashqi bezagiga doir qoidalar to‘g‘risida

O‘zRSSV ning 2002 yil 15 aprel 177-sonli buyrug‘i
Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq ishlab chiqilib, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda qo‘llaniladi.
I Umumiy qoidalar
1.Mazkur qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha dorixona muassasalari uchun taaluqlidir.

2. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda tegishli yorliqlardan foydalaniladi, ularni qo‘llanilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi hamda tegishli rangdagi hoshiyalari bilan farqlanadi.

a) sirtqi — to‘q sariq rangli;

b) ichish uchun — yashil rangli;

d) ko‘z tomchisi — pushti rangli;

e) ko‘z surtmasi — pushti rangli;

f) in’eksiya uchun — ko‘k rangli.

3. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarning barchasida quyidagi shartli belgi va yozuvlar bo‘lishi kerak:

a) emblema (ilon o‘ralgan vaza);

b) dorixonaning nomi;

d) dorining nomi;

e) qo‘llash usuli;

f) «bolalardan ehtiyot qiling»;

g) «salqin va yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlansin»

— deb yozilgan ogohlantiruvchi yozuvlar;

h) sirtqi — ishlatiladigan surtma dorilar yorlig‘ida «surtma» degan, «ichish uchun» ishlatiladigan poroshoklar yorlig‘ida «poroshok» degan yozuv, «ko‘z tomchisi» dorisi yorli­g‘ida tomchi va ko‘zning rasmi, «ko‘z surtmasi» dorisi yorli­g‘ida ko‘zning rasmi; «in’eksiya» uchun ishlatiladigan dori­lar yorlig‘ida «sterillangan» degan yozuv hamda ignali shpris rasmi bo‘ladi.

4. Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni talab qilinadigan dori vositalariga asosiy yorliqdan tashqari, qo‘shimcha ogohlantiruvchi yozuvlar ham yopishtiriladi (1-sonli ilova). Ular quyidagi matnda davlat tilida yoziladi va tegishli ajratish ranglarga bo‘yaladi:

a) «qo‘llashdan oldin chayqatilsin» — asosi oq rangda, harflari yashil;

b) «yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlansin» — asosi ko‘k rangda, harflari oq;

d) «salqin joyda saqlansin» — asosi havo rangda, harflari oq;

e) «bolalar uchun» — asosi yashil rangda, harflari oq;

f) «ehtiyotlik bilan!» — asosi oq rangda, harflari qizil;

g) «yurak dorisi» — asosi to‘q sariq rangda, harflari oq;

h) «olovdan saqlaning» — asosi qizil rangda, harflari oq.

5. Yorliqlar dori vositalari solinadigan idish hajmiga va turiga qarab quyidagi o‘lchamlarda bo‘ladi:

a) hajmi 10 ml/dan—100ml bo‘lgan idishlar uchun—63x30 mm;

b) hajmi 100 ml/dan—200ml bo‘lgan idishlar uchun—90x48 mm;

d) hajmi 200ml/dan katta bo‘lgan idishlar uchun—120x65 mm;

e) dorilarga ishlatiladigan karton quti, qog‘oz paketlar uchun — 70x50 mm;

f) hajmi 10 gr/dan — 30 gr bo‘lgan bankalar uchun — 66x20 mm;

g) hajmi 30 gr/dan katta bo‘lgan bankalar uchun — 81x27 mm;

6. Ogohlantiruvchi yozuvlar yorliqlarining o‘lchami — 10x50 mm.

7. Sham dorilar, tibbiyot qalamchalari va burun tomchisini tashqi bezashda «sirtqi» yorlig‘i ishlatiladi va dori turi qo‘lda yozib qo‘yiladi.

8. Dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarni tipografiya usulida tayyorlash yoki tegishli shtamp­­lardan foydalanish mumkin. Ularning matni davlat tilida yoziladi. Shtamplardan foydalanilganda yorliqlar umumiy qoidalarning 2-bandiga binoan tegishli ajratish ranglariga bo‘yaladi.

9. Yorliqda dori vositasining nomi lotin alifbosida, bemorning ismi sharifi, buyurtma raqami, qo‘llash usuli, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, seriyasi, tahlili, bahosi, tayyorlagan, tekshirgan va ruxsat bergan mutaxassislarning familiyasi davlat tilida qo‘l bilan yoziladi.
II Dorixona muassasalari tomonidan yakka tartibda tayyorlanadigan

dori vositalarining tashqi bezagi
10. Yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarda umumiy qoidalarning 3 bandida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak (2- sonli ilova):
a) _______-buyurtma raqami;

b) bemor (f.i.sh.)_____________________;

d) tayyorlangan sana__________________;

e) bahosi ____________;


11. Yorliqlarda dori turini qo‘llashning batafsil usuli quyidagicha ifodalanadi:
a) sirtqi va ko‘z surtmasi dori turlari yorliqlarida qo‘llash usulini qo‘lda yozib qo‘yish uchun joy qoldiriladi;

b) ichishga qo‘llaniladigan suyuq dorilar uchun:

________qoshiqda, ovqatdan________,____mahal;

d) ichishga qo‘llaniladigan poroshoklar uchun:

_______o‘ramdan, ovqatdan______,____mahal;

e) ko‘z tomchilari uchun:

____,ko‘zga,_____tomchidan____mahal;

f) in’eksiyaga ishlatiladigan dori turlari uchun: yaroqlilik muddati______,seriyasi_____,tahlili_____.


III Dorixona muassasalari tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yiladigan

dori vositalarining tashqi bezagi
12. Oldindan tayyorlab qo‘yiladigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarda umumiy qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak (3-sonli ilova):

a) tayyorlangan sana __________;

b) yaroqlilik muddati__________;

d) seriyasi_________;

e) tahlili_________;

f) bahosi_______;


13. Dorilarning yorliqlariga qo‘yilgan seriya va tahlil raqami, qadoqlash va kimyoviy tahlil kitoblaridagi tegishli tartib raqamlariga mos holda son bilan yoziladi.
IV. Davolash profilaktika muassasalari uchun dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan dori vositalarining tashqi bezagi
14. Davolash profilaktika muassasalari (DPM) uchun dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalari yorliqlarida umumiy qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak (4-sonli ilova):

a) DPM nomi;

b) bo‘limning nomi;

d) tayyorlangan sana_______;

e) yaroqlilik muddati______;

f) seriyasi_________;

g) tahlili_________;

h) tayyorladi_________;

i) tekshirdi_________;

j) ruxsat berdi_________.


FOYDALANILGAN ADABIYOТLAR
1. Алюшин М.Т., Артемьев А.И., Тракман Ю.Г. «Синтетические полимеры в отечественной фармацевтической практике» - М.: Медицина, 1974. -153с.

2. I.K.Azizov O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalasi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar. Farmatsevtika jurnali, 2004. 10-b.

3. Благовидова Ю.А., Иванова В.М. «Руководство к практическим занятиям по аптечной технологии лекарств»- М.: Медицина,1972. -237с.

4. Белова О.И., Карчевская В.В., Кудакова Н.А., Соколова Л.Ф. «Технология изготовления стерильных растворов в условиях аптек» - М.: Медицина, 1982. -143с.

5. Гендролис А.Ю. «Глазные лекарственные формы в фармации» - М.: Медицина, 1988. -256 с.

6. Государственная фармакопея СССР. -10-е изд.-М.: Медицина, 1968. -1079с.

7. Государственная фармакопея СССР. -11-е изд.-М.: Медицина, 1990. -Т.2. -397с.

8. Грецкий В.М., Хоменок В.С. «Руководство к практическим занятиям по технологии лекарств» - М.: Медицина, 1984. -352с.

9. «Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishlarga joylanadigan dori vositalarining tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida» SSV ning buyrug‘i. 2002 yil 15 aprel, 177-son bilan ro‘yxatga olingan. 10 b.

10. Ibn Sino. Тib qonunlari II kitob - Т.: O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1956. -368 b.

11. Ibn Sino. Тib qonunlari V kitob - Т.: O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1961. -408 b.

12. Z.Ya.Mamatmusayeva, I.M. Mansurxanova, M.M. Miralimov «Retseptlar yozishda qiyinchilik tug‘diradigan va birga qo‘shib bo‘lmaydigan ayrim dorilar texnologiyasini takomillashtirish», «Kimyo va farmatsiya» jurnali - Т.: «Fan» nashriyoti, N1, 1992, 37 bet.

13. Машковский М.Д. «Лекарственные средства», М.: Медицина, 1985. -Т. 1-2.

14. М.М.Миралимов, З.Я.Маматмусаева «Технология лекарственных препаратов из растений» - Т.: Ибн Сино, 1993. -71с.

15. M.M. Miralimov, Sh.N. Sharipov, F.N. Zufarov va boshqalar. «Dorixonada dori turlarini tayyorlash bo‘yicha amaliy qo‘llanma» T.: 1990.—236 b.

16. М.М.Миралимов, Н.Н.Нишонов, З.А.Назарова, Фрик Л.П. «Спра­вочник по технологии лекарств» - Т.: Ибн Сино, 1991. -238с.

17. Муравьев И.А. «Технология лекарств» 3-е изд. -М.: Медицина, 1980., Т. 1.-391с., Т.2.-703с.

18. Муравьев И.А. «Технология лекарственных форм» - М.: Медицина, 1988. - 479с.

19. Nazarova Z.O.,Nazirov Z.N., Тureeva G.M., va boshqalar. «Provizor-texnologlar uchun dori turlari texnologiyasidan qo‘llanma» - Т.: Ibn Sino, 1991. -226 b.

20. Z.N.Nazirov «Dori turlari texnologiyasi»- Т.: Meditsina,1976.-318 b.

21. Z.N.Nazirov, F.N.Zufarov, I.M.Mansurxanova, Sh.N.Sharipov «Murakkab dorilarning tarkibi va ishlatilishi» - Т.: Meditsina, 1984. -138 b.

22. Перцев И.М.,Чаговец Р.К. «Руководство к лабораторным занятиям по аптечной технологии лекарственных форм» - Киев, «Вища школа», 1987. -229с.

23. Приказ МЗ РУз от 17 июня 1996 года за № 489 «О порядке хранения, учета, прописывания, отпуска, применения и усиления контроля использования ядовитых, наркотических и психотропных лекарственных средств» Ташкент -1997 г.

24. Руководство к практическим занятиям по аптечной технологии лекарственных форм. Под ред. Проф. Кондратьевой Т.С. - М.:Медицина, 1986. -286с.

25. Справочное пособие по аптечной технологии лекарств. Синев Д.Н., Марченко Л.Г., Синева Т.Д. Санкт-Питербург-2001. -315с.

26. Синев Д.Н., Гуревич И.Я. «Пособия для фармацевтов аптек» - М.: Медицина, 1982. -350с.

27. Технология лекарственных форм. Под. ред. проф. Ивановой Л.А. - М.: Медицина, 1991. -Т.1-2.

28. Тенцова А.И. «Справочник фармацевта» - М.: Медицина, 1981. -384с.

29. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. «Технология лекарств» Харьков, изд. НФАУ, «Золотые станицы» 2002. -702 с.

30. A.N.Yunusxodjayev, M.A.Saidov. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan dori vositalari tashqi bezagini tartibga solish ishlari haqida. Kimyo va farmatsiya, 2002, №2, 3—5 b.

31. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dorixona muassasalarida steril va aseptik dorilar tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma»ni tasdiqlash to‘g‘risidagi 2003 yil 28 aprel 198-sonli buyrug‘i.

32. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000 yil 21 apreldagi 195- sonli buyrug‘iga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida 2003 yil 4 iyul 318-sonli buyrug‘i.

33. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma»ni tasdiqlash to‘g‘risidagi 2002 yil 29 dekabr 582-sonli buyrug‘i.

34. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika muassasalari dorixonalari ishini yaxshilash to‘g‘risida 2001 yil 5 sentyabr 400-sonli buyrug‘i.



35. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati II - kitob. A.N.Yunusxojayev tahriri ostida. -Т.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2001y,332-b.

36. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati III - kitob. A.N.Yunusxojayev tahriri ostida. -Т.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2001y, 433-b.
Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə