Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o’simliklar xom ashyosini yig’ish, quritish standart holatiga keltirish, idishlarga joylashtirish, transport voitalari bilan jo’natish, saqlash. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix29.03.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#103503
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o



 
Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o’simliklar xom ashyosini 
yig’ish, quritish standart holatiga keltirish, idishlarga joylashtirish, transport voitalari 
bilan jo’natish, saqlash.
Ma’ruza rejasi:
 
1. Dorivor o‘simliklar xom ashyosini tayyorlash ishini uyushtirish. 
2. Dorivor o‘simliklar xom ashyosini yig‘ish. 
3. Yig‘ilgan xom ashyoni quritish. 
4. Yig‘ilgan xom ashyoni standart holga keltirish. 
5. Xom ashyoni idishlarga joylashtirish (qadoqlash). 
6. Xom ashyolarni transport vositalari bilan jo‘natish. 
7. Xom ashyoni saqlash. 
 
Tayanch iboralar
:
dorivor o‘simliklar xom ashyosini tayyorlash, quritish, standart xoliga 
keltirish, qadoqlash ,asosiy dorivor o‘simliklar ro‘yxati. 
O‘zbekiston tibbiyotida qo‘llaniladigan dorivor vositalarning 38-40% ini o‘simliklardan 
olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba’zi og‘ir kasalliklarni davolashda ishlatiladigan muhim 
ahamiyatli ayrim dorivor preparatlarni (yurak glikozidlar, qator alkaloidlar, terpenlar, saponinlar, 
steroid va fenolli birikmalar va boshqa biologik faol moddalar) shu vaqtgacha sintez yo‘li bilan 
olib bo‘lmadi. Ularni olish manbai hozircha faqat o‘simliklar bo‘lib qolmoqda. 
Farmatsevtika sanoati va dorixonalar ehtiyojini qondirish maqsadida har yili katta miqdorda 
dorivor o‘simliklar mahsuloti tayyorlanadi. Mahsulotlar asosan yovvoyi holda o‘sadigan dorivor 
o‘simliklardan yig‘iladi. Yil sayin dorivor o‘simliklar mahsulotiga bo‘lgan talab oshmoqda. 
Shuning uchun tayyorlanadigan mahsulotning miqdori ham oshmoqda. 
Yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning zahirasi har qancha ko‘p bo‘lmasin, yildan-
yilga ko‘payib borayotgan tayyorlash miqdorini qondirish hamda tabiiy sharoitda o‘sadigan 
o‘simliklarni saqlab qolish uchun ularni yig‘ishni to‘g‘ri uyushtirilishi kerak hamda 
mahsulotlarning tayyorlashni ilmiy asoslangan qat’iy rejaga rioya qilingan holda olib borish 
zarurdir. 
Dorivor o‘simliklarni tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi: 
1. Dorivor o‘simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish. 


2. Mahsulotni yig‘ish. 
3. Yig‘ilgan mahsulotni quritish. 
4. Yig‘ilgan mahsulotni standart holiga keltirish. 
5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash). 
6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jo‘natish. 
7. Dorivor mahsulotlarni saqlash. 
Dorivor o‘simliklarni tayyorlashni o‘z vaqtida to‘g‘ri uyushtirish juda katta ahamiyatga 
ega. Dorivor o‘simliklarni tayyorlashni uyushtirishda quyidagilar bajariladi va tashkil qilinadi: 
- ma’lum tuman buyicha dorivor o‘simliklarning tayyorlash rejasini bilish va uni tumanda 
yig‘ish mumkin bo‘lgan dorivor mahsulot miqdoriga solishtirgan holda aniqlash; 
- ro‘znoma va radio orqali xalq o‘rtasida qanday dorivor o‘simliklar qachon, qanday qilib, qaerda 
yig‘ilishi, quritilishi, sotib olish bahosi hamda qaerda topshirilishi lozimligi to‘g‘risida to‘liq 
axborot beradigan tegishli tushuntirish ishini olib borish; 
- xuddi shu ko‘rsatilgan masalalarni to‘liq aks ettiradigan varaqalar chop ettirish va uni aholi 
ko‘p yig‘iladigan, hammaga yaxshi ko‘rinadigan erlarga osib qo‘yish; 
- dorixona qoshida dorivor o‘simliklar tayyorlovchilar uchun qisqa muddatli o‘qish (tushuntirish) 
ni tashkil etish; 
- dorivor o‘simliklar ko‘p o‘sadigan joyini va zahirasini aniqlash; 
- dorivor mahsulotni yig‘iladigan erni aniqlash; dorivor mahsulot yig‘iladigan joyni tanlaganda 
iloji boricha transport vositasi (avtomashina) boradigan va aholi yashaydigan erdan olis 
bo‘lmasligini hisobga olish kerak. CHunki dorivor mahsulotlarni yig‘ishga ishdan bo‘sh bo‘lgan 
erli aholi, maktab o‘quvchilari va pensionerlar jalb etiladi; 
- dorivor mahsulotlarni tayyorlashni tashkil etish; 
- yig‘ilgan dorivor mahsulotni tayyorlangan joyda quritishni tashkil qilish. Agarda mahsulotni 
yig‘ilgan joyida quritishni iloji bo‘lmasa, u holda uni zudlik bilan quritiladigan erga transport 
vositasida etkazish va quritishni tashkil etish. 
Dorivor o‘simliklar mahsulotini tayyorlash tegishli, vakolatli tashkilotlar tasdiqlagan qat’iy reja 
bo‘yicha olib boriladi. Bu ishni rejalashda dorivor o‘simliklarni tabiiy o‘sish joyida yo‘q bo‘lib 
ketmasligini va ularni muhofaza qilishning boshqa tadbirlari hisobga olingan bo‘lishi kerak: 
- rejalangan miqdordan ortiqcha tayyorlamaslik; 
- dorivor o‘simlik mahsulotini faqat ko‘rsatilgan va rejalangan daladan yig‘ish hamda 
yig‘iladigan dalani har yili qoidaga binoan almashtirib turish; 
- dorivor mahsulotni yig‘ish rejasi uni ekspluatatsian zahirasidan ortiqcha bo‘lmasligiga rioya 
qilish; 


- ko‘p yillik o‘tli o‘simliklarning dorivor mahsulot sifatida uning er ustki qismidan 
foydalaniladigan bo‘lsa, uni ildizi bilan sug‘urib olmaslik, ya’ni bu dorivor o‘simlikni tabiiy 
sharoitda yuq bo‘lib ketishining oldini olish va boshqalar. 
Dorivor o‘simliklarni tayyorlash, qayta ishlash hamda o‘stirish bilan quyidagi idoralar 
shug‘ullanadi: 
O‘zbekiston respublika mahkamasi - «O‘zbekbirlashuv»ning yovvoyi holda o‘sadigan 
o‘simliklar mahsuloti tayyorlavchi Bosh boshqarmasi respublikada dorivor o‘simliklar 
mahsulotlarini tayyorlash ishlarini rejalaydi, dorivor mahsulot miqdorini va yig‘iladigan 
dalalarni aniqlaydi hamda rahbarlik qiladi. 
«Dori-darmon» davlat aksiyanerlik jamiyati har yili 21 tur dorivor o‘simliklardan 60-70 tonnaga 
yaqin miqdorda mahsulotlar tayyorlaydi. Jumladan, dalachoy, achchiq shuvoq, bo‘ymodaron, 
zubturum, oqqaldirmoq, gazanda, dala qirqbo‘g‘imi, mayda gulli tog‘rayxon, makkajo‘hori 
onalik ustunchasi, na’matak mevasi va boshqalar. 
Dorivor o‘simliklarni yig‘ish bilan yana qishloq xo‘jalik vazirligi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga 
tegishli “Shifobaxsh” ICHB va boshqa tashkilotlar. Bu idoralar o‘zlariga biriktirilgan xududlarda 
o‘sadigan dorivor o‘simlik mahsulotlarini yig‘adi va tegishli korxonalarga topshiradi. 
Dorivor o‘simliklarning xom ashyo qismlarini yig‘ish ularda tasir etuvchi moddalarning eng 
ko‘p miqdorda to‘plagan davrida olib boriladi. O‘sishikni rivojlanish (ontogenez) jaraenida 
o‘rganish natijasida uning tarkibidagi biologik faol moddalarning zng ko‘p miqdorda 
to‘planishiga qarab, xom ashyoni optimal yig‘ish muddati belgilanadi. Dorivor xom ashyoni 
yig‘ish muddati taqvim davrlarda ifodalansada, lekin ular fakat umumiy yo‘llanma sifatida 
keltiriladi. Ba’zan ularni yig‘ib rivojlanish fazasi bilan tug‘ri kelmasligi xam mumkin. 
O‘simliklar rivojlanishi bir necha faktorlarga bog‘lik: o‘simlik o‘sadigan geografik zonaga, 
o‘simliklarning o‘ziga xos
 
xususiyatlariga, yilning materiologik sharoitiga, tuprok sharoitiga va 
bosh-kalar. Masalan, chuchukmiya ildizini tayerlash Uralda may oyidan oktyabrgacha, 
Dog‘istonda martdan iyungacha, Turkistonda oktyabrdan ap-relgacha va x.k. muddatlarda olib 
boriladi. 
SHuning uchun yig‘ish davrini aniq belgilashda (tashqi belgilarga qarab) rivojlanish fazalarini 
nazarga olish kerak. Bu fazalar ayrim o‘simlik turlari uchun bir xil bo‘lmay, uni belgilash 
o‘simlikning turli organlarida biologik faol moddalarning maksimal miqdorda to‘planishiga 
bogliq. Ba’zi o‘simlik vakillarining alohida kismlari yig‘iladi, o‘simlikni xom ashyo qismi 
yig‘ilganda, iloji boricha kerak bo‘lmagan qismlari kam aralashgan, begona o‘simliklar umuman 
aralashmagan xolda, to‘g‘ri yig‘ilishi kerak. Xom ashyoni aloxida turlari kunning xar xil 
soatlarida yig‘ilishi mumkin. Asosan ochiq xavoda,
 
kunduzgi soatlarda xom ashyoki yig‘ish 
kulay. Xom ashyoni erta saxarlab yoki kuyosh botgandan so‘ng, ya’ni o‘simlikda shudring 
bo‘lgan vaqtda yig‘ish tavsiya etilmaydi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə