Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari



Yüklə 32 Kb.
səhifə1/7
tarix25.02.2022
ölçüsü32 Kb.
#84115
  1   2   3   4   5   6   7
Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshla


Aim.uz

Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari.

 

Reja:



1. Dukkakdoshlar  oilasiga tasnif.

2. Mimozagullilar oilasiga tasnif.

3. Kapalakgullilar oilasiga tasnif.

4. Kapalakgullilar oilasining ba’zi vakillari to‘g‘risida tushuncha

5. Sezalpinlar oilasiga tasnif.

6. Soyabonguldoshlar oilasiga tasnif.

7. Valerianadoshlar oilasiga tasnif.

8. Ituzumdoshlar  oilasiga tasnif.

9. Labguldoshlar oilasiga tasnif.

10. Astraguldoshlar oilasiga tasnif.

 

Dukkaklilar (Leguminosae) oilasi.

 

       Bu tartibga kiradigan o‘simliklar  daraxtlar, lianalar, butalar  va o‘tlar holida  bo‘lib, odatda qatorma-qator turadigan yonbargli murakkab barglar chiqaradi. Gullari pentamer (ba’zan tetramer), zigomorf yoki aktinomorf bo‘lib, dumaloq gulqo‘rg‘oni besh a’zoli doiralardan tashkil topgan androtsey va bir a’zoli ginetsey bor. Gul tugunchasi yuqori  tomonda, bir uyada, plansetasi  chetda joylashgan. Bu  tartibga o‘simliklarning eng tipik belgisi mevalarning loviya shaklida (yoki loviyaga  o‘xshaydigan boshqa shaklda) bo‘lishidir.



 

Mimozagullilar (Mimosaceae) oilasi.

 

       Bu oilaga kiradigan  o‘simliklar  asosan  daraxtlar  xolida  bo‘lib, yonbarglari bor, patsimon yoki qo‘shpatsimon murakkab barglar chiqaradi. Gullari aktinomorf ahyon-ahyonda zigomorf va mayda-mayda bo‘lib, kallak yoki boshoqsimon   to‘pgul   hosil   qiladi. Gulqo‘rg‘onidan  ochiq  rangli uzun-uzun otalik iplari chiqib turadi, o‘sha  iplarning  ochiq  rangi(sariq, pushti yoki  qizil) changlovchi  hashoratlarni  jalb qiladi. Gulqo‘rg‘oni qo‘shaloq yoki gultoji taraqqiy qilmay qolganligi natijasida ba’zan  oddiy bo‘ladi. Kosachabarg  asosan  beshta (lekin, ko‘pincha to‘rtta, uchta yoki oltita) bo‘lib, bir-biriga qo‘shilib, goho qo‘shilmay o‘sadi. Gulbarglarining soni kosacha barglarning soniga baravar, ular qo‘shilmagan yoki ba’zan bir-biriga birmuncha o‘sgan bo‘ladi. Otaliklarining  soni  turlicha. Ba’zi avlodlarida ularning  soni kosachabarglar soniga baravar bo‘lsa, ba’zilarida ikki marta ko‘p, yoki bir talay. Otalik iplari goho mutlaqo erkin tursa, goho qo‘shilib o‘sib naycha hosil qiladi, yoki gultoj bilan qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Birdan-bir meva bargchasi ustki tugunchali bir uyali onalik hosil  qiladi. Mevasi  loviya  shaklida bo‘lib, ochiladi yoki bir urug‘i bo‘g‘imlariga bo‘linib ketadi.



       Mimozagullilar oilasining vakillari ikkala yarim sharning tropik va subtropik zonalarida keng tarqalgandir. Bu oilaning eng katta akatsiya (Acacia) avlodiga taxminan  500  tacha  tur kiradi, ularning yarmidan ko‘prog‘i Avstraliyada tarqalgan. Avstraliyada o‘sadigan akatsiyalar ko‘pincha plastinkalari hiyla yoki tamoman reduksiyalangan, bandi vertikal tekislikda keng tortgan barglar chiqaradi (fillodiy), bu assimilyatsiya qiladigan yuza  yetarli darajada keng bo‘lgani holda bug‘lanishning haddan tashqari kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Acacia avlodining turlari Afrikada  ham keng tarqalgan  bo‘lib, barglarini  to‘kadigan tropik daraxtlari o‘rmonlarda uchraydi va savannalarga manzara  berishda  xissa  qo‘shadi. Afrika akatsiyalari ba’zan  tepasidan  bosilgandek  bo‘lib ko‘rinadigan g‘alati shox-shabba chiqaradi, soyabon akatsiya deb shuni aytiladi. Ba’zi akatsiyalarning yonbarglari  tikanga  aylangan, ular  ichi kavak bo‘lishi ham mumkin, ichi kavak shunday tikanlar chumolilarga in bo‘ladi. Chumolilar  barglarning uchida bo‘ladigan yassiqsimon alohida ortiqlar to‘qimasi (oziqli tanalar) bilan oziqlanadi, o‘sha tanalarda azotli moddalar bilan moy bo‘ladi. Talaygina akatsiyalar  gulli  moddasini  beradi, ayniqsa  senegal akatsiyasi (Acacia arabica)va boshqa ba’zi turlari shu jihatdan juda qadirli va qimmatli maxsulot beradi. Akatsiyalardan olinadigan gummi texnikada Gummu arabicium deb ataladi. (gummi arab degan sirach nomi shundan olingan) Akatsiyalarning po‘stlog‘ida oshlovchi moddalar ko‘p (bu moddalar import qilinib yuvropaga keltiriladi).

 


Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə