Dukkakli don ekinlarini maysalari, bargi, dukkagi va urug’iga qarab aniqlash



Yüklə 284,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix12.04.2022
ölçüsü284,09 Kb.
#85348
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 

 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI



 

BIOLOGIYA YO’NALISHI 

III –bosqich

 

 talabasi



  

Odilov Islomjonning 

 

TUPROQSHUNOSLIK VA O`SIMLIKSHUNOSLIK   



ASOSLARI FANIDAN 

 

“DUKKAKLI DON EKINLARINI MAYSALARI,  BARGI, 



DUKKAGI VA URUG’IGA QARAB ANIQLASH” 

 

MAVZUSIDAGI 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Namangan 2014 


DUKKAKLI DON EKINLARINI MAYSALARI,  BARGI, DUKKAGI VA 

URUG’IGA QARAB ANIQLASH 

 

Reja: 

1. Dukkakli ekinlarni xalq xo’jaligidagi axamiyati va tarqalishi  

2. Ko’k no’xatni xalq xo’jaligidagi axamiyati xosildorligi va maydoni. 

3. Ko’k no’xatning biologik xususiyatlari. 

4. Ko’k no’xatni yetishtirish texnologiyasi. 

 

Xalq  xo’jaligidagi  ahamiyati

.  Dukkakli  don  ekinlari  dehqonchilikda  uchta 

asosiy  vazifani:  o’simlik  oqsili  masalasini,  don  yetishtirishni  ko’paytirishni  va 

tuproq unumdorligini oshirishni hal etishga yordam beradi.  

Dukkakli  don  ekinlari  oqsilning  miqdori  bilan  emas,  balki  ularning  sifati 

bilan  ham  farq  qiladi.  Dukkakli  ekinlarning  doni  mollar  uchun  qimmatli 

kontsentrat  oziq  hisoblanadi,  pichani,  silosi  va  ko’kati  juda  to’yimli  bo’ladi. 

Dukkakli don ekinlarining urug’i, poyasi va bargida donli ekinlarinikiga qaraganda 

2-3  baravar  ko’p  oqsil  bo’ladi.  SHuning  uchun  yem-xashakning  oqsil  tarkibini 

yaxshilash  maqsadida  dukkakli  don  ekinlari  boshqa  ekinlarga  aralashtirib  ham 

ekiladi. Soya va lyupin urug’ida oqsil ayniqsa ko’p 30-50% bo’ladi. Dukkakli don 

ekinlarining poxoli va to’ponida 8-14% gacha, don ekinlari poxolida esa faqat 3-

4%  oqsil  bo’ladi.  Bahzi  dukkakli  don  ekinlarining  urug’ida  odam  va  hayvonlar 

uchun zarur bo’lgan barcha aminokislotalar, shu jumladan, zaruriy aminokislotalar 

bo’ladi  (lizin,  metionin,  triptofan).  Urug’i  tarkibida  zaruriy  aminokislotalarning 

miqdori  va  ularning  nisbatiga  ko’ra,  soya  birinchi  o’rinda  turadi.  Dukkakli  don 

o’simliklari  tarkibidagi  oqsil  miqdori  ularning  navi,  tuproq-iqlim  sharoitiga  va 

agrotexnikaviy  xususiyatlariga  juda  bog’liq  bo’ladi.  Dukkakli  don  ekinlarining 

urug’ida va ayniqsa vegetativ organlarida vitaminlardan (A, V, V

2

, S) ham bo’ladi. 



Dukkakli  ekinlarning  agrotexnikaviy  ahamiyati  shundaki,  ular  yerda  ko’p 

miqdorda organik moddalar to’playdi, dehqonchilikdagi azot balansini yaxshilaydi 

va  ularning  ayrimlari  (lyupin,  no’xat  va  xashaki  dukkaklilar)  qiyin  eriydigan 

fosfatlarni o’zlashtiriladigan shaklga aylantiradi. 

Dukkakli  o’simliklar  ildizlaridagi  tuganaklarida  bo’ladigan  tuganak 

bakteriyalar  yordamida  atmosfera  azotini  biriktirib  olib,  azot  bilan  tuproqni 

boyitadi. 

M.V.Fedorov  mahlumotlariga  ko’ra,  lyupin  400  kg  gacha,  beda  150  kg, 

yung’ichqa  130  kg,  no’xat  va  vika  100  kg,  soya  150  kg  atmosfera  azotini 

o’zlashtiradi. 

Dunyo  dehqonchiligida  dukkakli  don  ekinlari  135  mln 

  gektar  atrofida 



ekiladi.  

Dukkakli  don  ekinlari  Xindiston,  Xitoy  va  Amerikada  keng  tarqalgan. 

Respublikamizda  dukkakli  don  ekinlari  1998  yili  22,2  ming 

  ga  atrofida  ekiladi. 



O’zbekistonda ko’proq mosh, jaydari no’xat, soya, oddiy no’xat, loviya ekiladi. 

Dukkakli  don  ekinlarining  botanik  xususiyatlari.

  Dukkakli  don  ekinlari 

bargining tuzilishiga ko’ra 3 ta kichik gruppaga bo’linadi. 



1.  patsimon  bargli  o’simliklar  (ko’k  no’xat,  yasmiq,  burchoq,  no’xat, 

dukkaklar). 

2. Uchta bargli o’simliklar (loviya, soya). 

3. panjasimon bargli o’simliklar (lyupin).  

Bu  guruhdagi  o’simliklar  dastlabki  o’sish  xususiyatiga  va  shunga  muvofiq 

agrotexnikaviy  xususiyatlariga  ko’ra  bir-biridan  farq  qiladi.  Birinchi  guruhga 

kiruvchi  o’simliklar  urug’palla  ustki  bo’g’imi  (epikotilg’)  hisobiga  o’sadi  va 

shuning  uchun  urug’pallasini  tuproq  yuzasiga  olib  chiqmaydi.  Ularni  urug’ini 

ancha  chuqur  ekish  va  maysalar  paydo  bo’lgach  hamda  paydo  bo’lgandan  keyin 

boronalash  mumkin.  Ikkinchi  va  uchinchi  gruppa  o’simliklari  dastlab  urug’palla 

ostki bo’g’imi (gipokotilg’) ning cho’zilishi tufayli o’sadi va urug’pallasini tuproq 

yuzasiga  olib  chiqadi.  Ular  urug’ini  birmuncha  yuza  ekish  va  faqat  maysa 

chiqargandan keyin juda ehtiyotlik bilan baronalash mumkin. 

 

Dukkakli  don  ekinlarining  ildiz  sistemasi  yerga  2  metr  gacha  chuqur 

kiradigan  asosiy  o’q  ildizdan  va  tarmoqlangan  yon  ildizchalardan  iborat. 

Dukkaklilar ildizida seziladigan shish, yahni tuganaklar bo’lib, ularda havo azotini 

o’zlashtiruvchi bakteriyalar joylashadi. 

Dukkakli  don  ekinlari  poyasining  mexanikaviy  mustahkamligi  turlicha 

bo’ladi.  No’xat,  dukkaklar,  lyupinda,  loviya  va  soyaning  buta  shaklidagi 

formalarining poyasi vertikal holatda bo’ladi. Ko’k no’xat, vika, burchoq, yasmiq 

va  loviyaning  poyasi  yetilish  vaqtiga  kelib  yotib  qoladi.  Bunday  hol  sodir 

bo’lmasligi  uchun  dukkakli  don  ekinlari  ko’pincha  poyasi  pishiq  boshqa  ekinlar 

bilan qo’shib ekiladi, shunda ular gajaklari bilan o’sha ekinlarga chirmashib o’sadi. 

Dukkakli  don  ekinlarining  gullari  kapalaksimon  bo’lib  har  xil  (oq,  pushti, 

qizil, binafsha) rangdagi 5 ta gultoji bargidan iborat. Ustki gultoji bargi yirik bo’lib 

yelkan,  pastki  2  tasi  birlashgan-qayiqcha,  yonidagi  2  tasi  qanotga  o’xshash  yoki 

eshkak deb ataladi. Har qaysi gulda 10 tadan changchisi  va 1 ta urug’chi bo’ladi. 

To’pguli shingil yoki boshchaga o’rnashgan. Dukkakli ekinlarning gullari aksariyat 

hollarda barg qo’ltiqlarida, 1-2 tadan joylashadi, ayrim turlarida shingil shaklidagi 

gul to’plam hosil bo’ladi.  

Mevasi har xil kattalikda, shakli ham har xil dukkak, har bir dukkakda 1 ta 

yoki  bir  nechta  urug’  bo’ladi.  Urug’larining  shakli,  rangi,  kattaligi  ham  har  xil, 

1000 ta urug’ining og’irligi 40 g-1,500 g keladi. Urug’i ikki palladan iborat bo’lib, 

ustki qismi po’st bilan o’ralgan. 



Biologik  xususiyatlari.

  Dukkakli  don  ekinlari  vegetatsiya  davrining 

uzoqligiga qarab 2 guruhga, vegetatsiya davri qisqa va uzoq bo’lgan o’simliklarga 

bo’linadi. 

Birinchi guruhga-ko’k no’xat, yasmiq va burchoq: 

Ikkinchi guruhga-xashaki dukkaklar, no’xat, loviya, soya kiradi.  

Har qaysi ekinning ertapishar va kechpishar navlari ham bo’ladi. Dukkakli 

don  o’simliklarining  o’sishning  turli  davrlarida  temperaturaga  talabi  turlicha 

bo’ladi.  Ko’k  no’xat,  yasmiq  va  burchoq  sovuqqa  ancha  chidaydi.  Ularning 

maysasi  4-5

0

S

 



dayoq  paydo  bo’ladi.  Bular  erta  ekiladigan  ekinlardir.  Lyupin, 

xashaki  dukkak  va  no’xatga  ancha  ko’proq  issiq  zarur  (bular  o’rta  muddatda 

ekiladigan ekinlardir). Soya bilan loviya juda issiqsevar o’simliklar bo’lib, ularning 



maysalanishi  uchun  temperatura  10-13

0

S  bo’lishi  kerak.  Bular  kech  ekiladigan 



ekinlardir.  

Dukkakli don ekinlari boshqa g’alla ekinlariga qaraganda namni ko’p talab 

qiladi.  Masalan:  urug’i  unib  chiqishi  uchun  o’z  vazniga  nisbatan  110-140%  nam 

talab  qiladi,  transpiratsiya  koeffitsenti  400-800  gacha  o’zgarib  turadi.  Soya, 

xashaki  dukkaklar  va  lyupin  namga  juda  talabchan  bo’ladi.  SHuning  uchun  ular 

nam  yetarli  bo’lgan  rayonlarda  ekiladi.  No’xat  va  burchoq  qurg’oqchilikka 

chidamli ekinlar guruhiga kiradi. Yasmiq, ko’k no’xat va loviyaning bahzi navlari 

ham qurg’oqchilikka chidaydi. 

 

Yorug’likka talabiga ko’ra dukkakli don ekinlari 3 guruhga bo’linadi:  



1.  Uzun  kun  o’simliklari-ko’k  no’xat,  yasmiq,  burchoq,  lyupin  va  xashaki 

dukkaklar. Yorug’ kun uzayishi bilan ularning vegetatsiya davri qisqaradi. 

2.  Qisqa  kun  o’simliklari-soya  va  loviya  (moshning  bahzi  turlari).  Yorug’ 

kun qisqarishi bilan ularning vegetatsiya davri qisqaradi. 

3. Neytral o’simliklar-loviya va no’xatning ko’p navlari. 

 

Yuqorida aytilgan  tahrifga ko’ra  shimolga  tomon  dukkakli don  ekinlaridan 



no’xat va vika birmuncha janubga tamon yasmiq ekish mumkin. 

 

Tarkibida yetarli miqdorda R, K va Sa bo’lgan kuchsiz kislotali yoki neytral 



soz va qumloq tuproqli yerlar dukkakli don ekinlari uchun juda qulay hisoblanadi. 

Juda  sernam,  sizot  suvlari  yuza  joylashgan  va  yengil  qumoq  tuproqli  yerlar 

dukkakli don ekinlari uchun yaroqsiz bo’ladi. Lyupin bundan mustasno, u kislotali 

va  qumli  tuproqli  yerlarda  yaxshi  o’sadi,  lekin  tuproqda  ohak  ko’p  bo’lishi  unga 

salbiy  tahsir  etadi.  Qumli  tuproqli  yerlarda  yem-xashak  uchun  ko’k  no’xat  ekish 

ham    mumkin.  Asosiy  o’g’it  sifatida  dukkakli  don  ekinlariga  fosfor  va  kaliy 

solinadi. Ular o’simliklarning rivojlanishini yaxshilash bilan birga azot to’plovchi 

bakteriyalar faoliyatini kuchaytiradi. 

 

Azotli  o’g’itlarni  dukkakli  don  ekinlariga  solish  mumkin  emas,  chunki 



ularning o’zi havo azotini o’zlashtiradi, solingan azotli o’g’itlar azot fiksatsiyasini 

bo’shashtiradi  deb  hisoblanar  edi.  Lekin  keyingi  vaqtda  ko’pgina  tadqiqotchilar 

dukkakli  don  ekinlari  azot  fiksatsiyalash  xususiyatiga  qaramasdan,  ildizida 

tuganaklar  hosil  bo’lguncha  dastlabki  o’sish  davrida  kichikroq  dozada  azotga 

(gektariga  30  kg)  talabchan  bo’ladi  deb  hisoblaydilar.  Lekin  bu  masala  dukkakli 

don  ekinlarini  yetishtirish  sharoiti  va  tuproqning  unumdorligini  hisobga  olgan 

holda ko’rib chiqiladi.    

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Yüklə 284,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə